A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini


Istiqlol va inson kamoloti



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

Istiqlol va inson kamoloti. 
Mustaqillik yillarida inson tabi- 
atini chuqurroq o‘rganish va undagi salbiy mayllarni bartaraf 
etishga yordam beradigan falsafiy qarashlarga ehtiyoj vujudga 
keldi. Shuni ta ’kidlash joizki, ayrim kishilar millat, Vatan, xalq 
manfaatlariga zid ravishda jamiyatdagi mavjud qonun-qoida va 
me’yorlarni poymol etib, ko‘proq g'arazli maqsadlarini amalga 
oshirishga va turli ixtiloflarni keltirib chiqarishga harakat qiladi. 
Shunday niyatlar yo‘lida hatto jinoiy guruhlarga birlashadilar, 
jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan davlat 
dasturlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladilar. Shuningdek
ular milliy totuvlik, tinchlik va barqarorlikka raxna soladi, 
m a’naviy-axloqiy m uhitni buzadi, kishilarning ijtimoiy ado- 
latga bo‘lgan ishonchini susaytiradi, barkamol insonni voyaga 
yetkazishga qarshilik ko‘rsatadi. U lar turli ziddiyatlarni keltirib 
chiqaruvchi firibgarlar, hokimiyatga intiluvchi ekstremistlar, 
korrupsiya va jinoyatchilik olami vakillari, giyohvand, poraxo‘r, 
terrorchi va shuhratparastlar kabi jamiyat uchun noxush odam- 
lardir.
Insonni falsafiy bilish va tahlil etishda ana shunday kishilar 
mavjudligini e’tiborga olish muhimdir. Demokratik jamiyat inson 
huquqlarini ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yar ekan, 
bunday kishilarni tarbiyalashga, ularni ijtimoiy foydali mehnatga 
jalb etishga, kishilar ongida milliy manfaat va ijtimoiy qadriyat- 
larni rivojlantirishga alohida e’tibor beradi.
Shaxs erkinligi va tarixiy zarurat bir-biri bilan uzviy bog‘liq 
tushunchalardir. M amlakatimizning taraqqiyot yo‘lida paydo 
bo‘lgan qiyinchilik va muammolar mohiyatini anglash shaxsni 
o‘z bilimi va mahoratini oshirishga, yuksak g‘oyalarga sodiq
186


bo‘lib yashash va ularni jadal amalga oshirishga undaydi. Bo- 
zor munosabatlariga o‘tish sharoitida inson qobiliyatlari to‘laroq 
namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy tabaqalanish jarayonida kishilarning 
boy va qashshoq guruhlarga ajralishi tabiiy qonuniy jarayondir. 
0 ‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning 
eng m uhim xususiyati — aholining muayyan qismining ijtimoiy 
himoyalanishida, ko‘p bolali oilalar, nafaqaxo‘rlar, talabalar va 
nogironlarning davlat tom onidan himoyalanishida, ijtimoiy ado- 
latning qaror topishida yaqqol namoyon bo‘lyapti. Kishilarning 
boqimandalik kayfiyati, tafakkur turg‘unligidan ozod bo‘lishlari, 
o‘zgargan yangi iqtisodiy sharoitga moslashishlari, o‘z bilimi va 
mahoratini oshirishlari uchun g‘amxo‘rlik qilish iqtisodiy islo­
hotlarning insonparvarlik yo‘nalishga ega ekanligidan dalolat 
beradi.
Bunday fazilatlar falsafa va boshqa ijtimoiy fanlarni o‘rganish 
va umuman, ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadi. Zamonaviy 
bilim va yuksak insoniy fazilatlarni egallash orqali 0 ‘zbekistonda 
ozod va obod jamiyat qurish vazifalari uyg‘unligini ta’minlashga 
erishish butun ta’lim-tarbiya ishimizning bosh mezoni va uning 
oldida turgan muhim vazifadir.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish