vofiq, o‘z hayotini yo‘lga qo‘yishi va shart-sharoitlami muayyan
darajada o‘ziga bo‘ysundirishi mumkin, deb hisoblanadi.
Shaxs doim o‘zini o‘zi namoyon etishga intiladi, u o‘zgarmas
va taniqlidir. Shu ma’noda, shaxs tasodifiy tarzda namoyon
bo‘luvchi sifatlar
va xususiyatlar majmuyi emas, balki yaxlit va
uyg‘un jonzot, degan flkr o‘rinli.
Hozirgi zamon falsafasining yo‘nalishlaridan biri — persona-
lizm shaxsda kishilik taraqqiyotining eng muhim yutug‘ini va
uning asosiy ma’nosini ko‘radi. Shaxs dunyoni o‘zlashtiruvchi
o‘ziga xos betakror subyektivlikdir. U butun vujudi bilan barka-
mollikka intiladi va har tomonlama uyg‘un shaxslar jamiyatida
yashashga haqlidir.
Shaxs kechinmalari muqarrar tarzda u qabul qilgan qadriyat
lar bilan belgilanadi. Individga esa hayot faoliyatining instinktiv
omillari ko‘proq xosdir. M.Sheler
individning bunday mayllari
qatoriga ochlik, jinsiy mayl va hokimiyat instinktini kiritadi.
Ammo faol inson hayotining har bir hodisasi vital va ma’naviy
asoslar birligi sifatida namoyon bo‘ladi.
Individ omma vakili sifatida amal qiladi. Uning hammaga
o‘xshashligi uning muqarrar xossasidir. Bunda individning shaxs-
sizlashuvi shu qadar kuchli bo‘lishi mumkinki, u nom o‘rniga
tartib raqami yoki ko‘rsatish olmoshi bilan «u, bu, boshqa» deb
atalishi mumkin. Industrial standartlashgan dunyoda ijtimoiy
vazifa va funksiyalar individual xulq-atvorda yo‘l qo‘yiladigan
xatti-harakatlarni ancha qattiq tartibga soladi. Tizim qabul qi-
lingan andazadan har qanday tarzda chetga
chiqish hollari bilan
murosa qila olmasligini ochiq-oydin namoyish etadi. Raqobatga
asoslangan bozor munosabatlari sharoitida «ishlab chiqarish —
ayirboshlash — iste’mol» tizimiga mukkasidan ketgan odam o‘zi
ham tovarga — yaxshi narxga pullash mumkin bo‘lgan tashqi si
fatlar majmuyiga aylanadi. Narx baland bo‘lishi uchun esa qabul
qilingan andazaga rioya etish va Erix Fromm ta’biri bilan ayt-
ganda, «chiroyli o‘ram»ga ega, xushchaqchaq, sog‘lom, izzattalab
va faol bo‘lishi kerak.
Buni bugungi sportchilar, ayniqsa mashhur
futbolchilar misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Shu nuqtayi na-
zardan, Ronaldu, Messi, Neymar kabi futbolchilarning bir necha
183
yuz million dollarga, boshqa futbolchilarning esa bir necha o‘n
million dollarga baholanishi bugungi kunda hech kim ni ajablan-
tirmaydi.
Xullas, odamzod tarixida qachon «inson», «shaxs», «individu-
allik» tushunchalari paydo bo‘lgani bahsli masaladir. Bu masala-
ning Sharq va G ‘arbda o‘ziga xos talqinlari mavjud bo‘lib, ular
ko‘p hollarda insonga xos muayyan xususiyatni ustuvor deb bilish
asosida shakllangan. Ushbu talqinlarni
hozirgi zamon nuqtayi
nazaridan o‘rganish inson borlig‘i masalasining tarixi uzoq
ekanini, bugungi kunda ham uning falsafiy nazariyalar uchun
qiziqarli ekanini anglab olish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: