A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

Demografik muammolar. 
XX asr o'zining bir qator belgilari 
bilan oldingi barcha davrlardan keskin farq qiladi. Xususan, XX 
asrni «demografik portlash» davridir, degan qarashlar ham keng 
tarqalgan. Bunda qolgan barcha jahonshumul muammolarni 
keltirib chiqaruvchi bosh sabablardan biri ham aynan yer yu- 
zida aholining tez sur’atlar bilan ko‘payishi bilan bevosita bog‘liq 
ekanligi nazarda tutiladi. «Demografik portlash» tushunchasi ijti- 
moiy-tarixiy taraqqiyotning qisqa bir davrida, muayyan mintaqa 
yoki mamlakatda va Shuningdek, butun yer yuzida tabiiy tug‘ilish 
hisobiga aholi miqdorining nihoyatda tez ko‘payishini anglatadi.
Insoniyatning oldida ana shunday xavf borligi to‘g‘risida 
dastlab ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus (1766—1834-y.) 
ogohlantirgan edi. U o‘zining «Aholishunoslikning qonuniyati 
to‘g‘risida tajribalar» nomli kitobida aholining geometrik progres- 
siya bo‘yicha ko‘payishini, uning hayot kechirishi uchun zarur 
bo‘lgan moddiy ne’matlarning ko‘payishi arifmetik progressiya 
bo‘yicha ro‘y berishini aytgan edi. Maltus bu jarayonning oldi 
olinmasa, yaqin kelajakda, planetar masshtabda, tabiiy muhit 
berishi mumkin bo‘lgan moddiy ne’matlar miqdori bilan juda tez 
sur’atlarda ko‘payayotgan dunyo aholisi ehtiyoji oTtasida ziddiyat 
vujudga kelishini bashorat qilgan edi.
Darhaqiqat, bundan 6—8 ming yillar oldin yer yuzida 5 mln. 
atrofida odamlar istiqomat qilishgan, deb taxmin qilinadi. Bu 
ko‘rsatkich eramizning boshlarida 230 mln., 1-ming yillikning 
oxiri 2-ming yillik boshlarida, ya’ni Beruniy zamonida 305 mln., 
1500-yilda 440 mln., 1800-yilda 952 mln., 1900-yilda 1656 mil- 
lionni, 2012-yilda esa 7 m ln.ni tashkil etgan. XVI asr boshidan
199


XIX asr boshigacha, ya’ni uch asr mobaynida bu ko‘rsatkich 174 
foizga oshganligini; 1900-yildan to 2016-yilgacha esa bu nisbat 
salkam 5 barobar oshganligini kuzatamiz.
XX asrning ikkinchi yarmida yer yuzi mintaqalarida aholi- 
ning tabiiy ko‘payish sur’atlari turlicha bo‘lib, bu o‘z navbatida, 
Yer yuzida mintaqalar, mamlakatlar, xalqlar salmog‘ining kes­
kin o‘zgarishiga olib kelmoqda. Masalan, 1800-yilda (Napoleon 
zamonida) Fransiya aholisi 27 mln. kishi — Yer yuzi aholisi- 
ning 3 foizini tashkil etgan bo‘lsa, Filippin orollarida yashayot- 
gan aholi 1,6 mln. kishi miqdorida bo‘lib, planeta aholisining 
umumiy salmog'iga nisbatan 0,16 foizni tashkil etardi. 1999-yil 
13-oktabr kuni Yer yuzi aholisi olti milliardlik dovonni bosib 
o‘tdi. Fransiya aholisi 56,2 mln.ni, Yer yuzi aholisi salmog‘ining 
0,94 foizini, Filippin aholisi ham 65 mln. kishini tashkil etib, 
jahon aholisidagi salmog‘i (1,05%) bo'yicha Fransiyadan o‘zib 
ketdi. Bu borada milliarddan ko‘p aholi yashaydigan Xitoy va 
Hindiston alohida o‘rin tutadi. Xullas, bu masala bir mamlakat 
doirasidan chiqib, jahon muammosiga aylandi. U bilan bog‘liq 
muammolarni hal qilish uchun ham butun jahonda mushtarak 
faoliyat olib borish zarur.
Umumbashariy muammolar 0 ‘zbekistonni ham chetlab 
o‘tgan emas. Albatta, mamlakatimizda sobiq ittifoqdan meros 
qolgan eng global muammo Orol fojiasi ekanligini bilamiz. Bu 
borada respublikamiz mintaqadagi davlatlar orasida ko‘pdan-ko‘p 
tashabbuslarni o‘rtaga tashlab kelmoqda. Shu bilan birga, mam- 
lakatimiz aholisi ham muttasil o‘sib bormoqda.
0 ‘zbekiston o‘z aholisi o‘sishi bilan bog‘liq masalalarni, aytish 
mumkinki, muvaffaqiyatli hal qilishga kirishdi. Keyingi paytlarda 
respublika hukumati inson sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tug‘ilgan 
har bir chaqaloq oldida ota va onaning, qolaversa, jamiyatning 
javobgarlik hissini oshirish borasida, Shuningdek, farzandning 
ota-ona va Vatan hamda xalqi oldidagi burchlarini chuqur ang- 
lashlari uchun juda katta ma’naviy rag‘batlantiruvchi tadbirlar 
ishlab chiqqanligi o‘ta muhim ahamiyat kasb etdi. Shu maqsad- 
da «Sog‘lom avlod» jam g‘armasining tuzilishi, «Sog‘lom avlod 
uchun» ordenining ta ’sis etilishi ham fikrimizning dalili bo‘ladi.
200


Bugungi kunda ajdodlarimizning o‘z Vatani, tabiiy muhitga 
mehr-muhabbatli bo‘lish kabi muqaddas tuyg'ulari avloddan-av- 
lodga meros bo‘lib o‘tayotganligi bejiz emas. Zero ona Vatani- 
miz Yer yuzining eng obod va ozod go‘shalardan biriga aylanishi 
shak-shubhasizdir.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish