A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

Tayanch tushunchalar: 
axloq, odob, xulq, kategoriya, axloqiy 
me’yorlar, tamoyillar, ezgulik, yovuzlik, yaxshilik, yomonlik, 
muhabbat, nafrat, burch, vijdon, or-nomus, hayotning ma’nosi, 
mardlik, ochiqko‘ngillilik, halollik, hasad, hayo, kamtarlik, mil- 
latparvarlik, insonparvarlik, adolat, muruvvat, qadriyat, vatan­
parvarlik.
Takrorlash uchun savollar:
1. 
Etika fanining tadqiqot doirasini izohlang.
2. Shaxs hayotida axloqiy me’yorlar qanday o‘rin tutadi?
3. Etika fanining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
1 Вернадский В.И . Начало и вечность ж изни. — М.: Сов. Россия, 1989.
С. 186 - 187.
2 Л оренц К. Восемь смертных грехов цивилизованного чело-
вечества.//«В опросы ф илософ ии». № 3, 1992 — 42 с.
291


4. Etika boshqa qaysi ijtimoiy fanlar bilan aloqadorlikda ish 
olib boradi?
5. Etikaning asosiy kategoriyalari haqida m a’lumot bering.
14-mavzu. Nikoh va oilaning axloqiy asoslari,
uning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni
Nikoh — eng qadimgi axloqiy munosabat shakli. Nikohning
qonuniy va diniy jihatlari. 
Nikoh o‘z mohiyatiga ko‘ra axloqiy 
hodisa. Nikoh — erkak va ayolning teng huquqli, erkin va ixti- 
yoriy ittifoqi bo‘lib, u fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish 
organlarida tuziladi va oila tuzish maqsadiga xizmat qiladi. Oila 
jamiyatning dastlabki bo‘g‘ini sanaladi va davlatning rivojlanishi- 
da muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki oilada tug‘ilib, tarbiya 
topayotgan yosh avlod jamiyatning, davlatning ertangi kunini, 
istiqbolini belgilab beradi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Preziden- 
ti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 2-fevraldagi «Xotin-qizlarni 
qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi 
faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 
qarori oila mustahkamligini ta’minlash, uning ijtimoiy vazifala- 
rini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish, ayniqsa, oila­
ning farzandlar tarbiyasidagi nufuzini oshirishga ko‘maklashish 
hamda mamlakatimizda oila va nikoh munosabatlarining qad­
riyat sifatida e’tirof etish uchun asosiy poydevor bo‘lib xizmat 
qiladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 
0 ‘zbekiston Respublikasi KonstitilSiyasi qabul qilinganining 24 
yilligiga bag‘ishlangan marosimdagi ma’ruzasida oilaning jamiyat 
taraqqiyotidagi nufuzi haqida: «Barchamizga ayonki, yurtimizda- 
gi har qaysi inson, har qaysi oilaning eng ezgu orzu-maqsadlari, 
hayotiy manfaatlari avvalambor uning farzandlari timsolida na­
moyon bo‘ladi, ro‘yobga chiqadi. Albatta, bu borada yurtimizda 
ulkan ishlar qilinmoqda va ular amalda o‘zining ijobiy natijasini 
bermoqda», — deb ta’kidlagan edilar.
Bir qancha respublika va xalqaro miqyosdagi normativ huqu- 
qiy hujjatlarda ona va bola huquqlari mustahkamlab qo‘yildi. 
Jumladan, respublikamiz konstitutsiyasining XIV bobi oilaga 
bag‘ishlangan bo‘lib, bu yerda oila va nikoh munosabatlari, ona-

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish