A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini


XXI asrda global etosfera (axloqiy muhit)ni yaratishning zaru-



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

XXI asrda global etosfera (axloqiy muhit)ni yaratishning zaru-
riyati. 
XXI asrda global etosfera, sayyoramizda etosfera — axloqiy 
muhitni yaratish dolzarb masalaga aylandi. Ma’lumki, yuzlab asr­
lar mobaynida inson kichik biologik olam sifatida katta biologik 
olam ichida, uning bir parchasi, jonli organizmlar podshosi, oqil 
va hukmron qismi sifatida yashab keldi.
XIX asrning oxiridan boshlab, ayniqsa XX asrda inson o‘z 
tafakkur quvvati bilan, ilmiy-texnikaviy yuksalishlar tufayli 
ana shu biosfera ichida noosferani — texnikaviy muhitni yarat­
di. Mana, hozirgi kunda, qarang, ertalabdan kechgacha biz o‘z 
texnikaviy kashfiyotlarimiz ichida yashaymiz — yeymiz, ichamiz, 
yuramiz, uxlaymiz, ularsiz hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. 
Bular metro, avtobus, televizor, radio, telefon, eskalator, pleyer, 
lift, kompyuter, poyezd, teploxod, gaz plitalari, elektr asboblari, 
zavodlar, lokatorlar, kimyoviy dori-darmonlar va h.k. Bugun 
videotelefonda gaplashar ekanmiz, yuzlab chaqirim naridagi 
suhbatdoshimizni ko‘rish va u bilan gaplashish uchun ot-ulovda 
yoki piyoda boradigan bo‘lsak, necha kunlab yo‘l bosishimiz ke- 
rakligi haqida o‘ylab o‘tirmaymiz, to‘g‘rirog‘i, bu esimizga ham 
kelmaydi. Chunki texnika bizning yashash muhitimizga aylanib 
qolgan.
Faqat bugina emas. Inson endilikda o‘zi yashayotgan butun 
boshli sayyoraga ta’sir ko‘rsata boshladi. Yer tarixida inson birin­
chi m arta ulkan geologik kuch bo‘lib maydonga chiqdi. Insoniy 
tafakkur biosferadagi o'zgarishlarning asosiy sababiga aylandi. 
Noosfera ta’limoti asoschilaridan biri rus olimi V.V.Vernadskiy 
ilmiy tafakkur va inson mehnati ta’siri ostida biosfera yangi holat 
bo‘lmish noosferaga o‘tayotganligini, butun geologik davr m o­
baynida yaratilgan, o‘z muvozanatlarida barqarorlashgan biosfera 
inson ilmiy tafakkuri bosimi ostida tobora kuchliroq va teranroq 
o‘zgarishga kirishganini ta’kidlaydi: «Sayyoramiz yuzi — biosfera 
inson tomonidan ongli va asosan ongsiz ravishda keskin kimyoviy 
o‘zgarishlarga duchor etilmoqda, — deb yozadi u. — Inson quruq- 
likning fizikaviy va kimyoviy havo qobig‘ini, uning barcha tabiiy
290


suvlarini o‘zgartirmoqda... Hozir biz biosferadagi yangi geologik 
evolyutsion o‘zgarishlarni boshdan kechiryapmiz. Biz noosferaga 
kirib boryapmiz»1.
Bu muammolaming hal etilishi faqat atrof-muhitni kimyoviy 
zahardan ekologik tozalashnigina emas, balki, eng avvalo, 
global ma’noda XXI asr kishisi ongini texnokratiya zaharidan 
forig‘lantirishni taqozo etadi. Ya’ni ular insoniyat oldida endilik- 
da ekologik hodisa emas, balki tom m a’nodagi axloqiy muammo­
lar sifatida ko‘ndalang bo‘lib turibdi. Mashhur avstriyalik etolog 
olim, Nobel mukofoti laureati Konrad LDorensning: «Yoppasi- 
ga va tez yoyilib borayotgan jonli tabiatga begonalashish hodi- 
sasi uchun asosan sivilizatsiyamiz kishisidagi estetik va axloqiy 
to‘poslik aybdordir», — degan so‘zlari shu nuqtayi nazardan 
diqqatga sazovordir2.
Yuqorida aytilganlardan chiqadigan xulosa bitta: kelajakda in­
son o‘zini va o‘z sayyorasini muqarrar halokatdan qutqaraman 
desa — XXI asrdan boshlab etosfera davriga o‘tishi kerak; axlo- 
qiylik har birimiz uchun har qadamda bugungi texnikaviy muhit 
kabi zaruratga aylangandagina bunga erishish mumkin. Bunda 
etika fanining o‘rni nihoyatda beqiyos.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish