A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

Vatanparvarlik 
— insonning o‘z tug‘ilgan joyiga cheksiz mehr- 
muhabbat qo‘yib, uning xizmatida bo‘lishdir. Vatan inson uchun 
or-nomus, shon-shavkat va g‘urur-iftixor manbai hisoblanadi. 
Vatanining ozodligi va obodligi, uning sarhadlari daxlsizligi, 
mustaqilligining himoyasi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib yashash, ona 
xalqining or-nomusi, shon-sharafi, baxt-u saodati uchun kuch- 
g‘ayrati, bilim va tajribasi, butun hayotini baxsh etishdek dunyo- 
dagi eng muqaddas va oliyjanob faoliyatni anglatadigan tushun­
cha vatanparvarlik nihoyatda serqirra bo‘lib, tarixiy, ijtimoiy
siyosiy, iqtisodiy taraqqiyot jarayonida doimo takomillashib, yan- 
gicha m a’no-mazmun bilan boyib, rivojlanib boradi. Vatan man- 
faati, qadrlash qimmati, taqdiri, istiqboli, ona yurtga muhabbat 
tuyg‘usi qancha chuqur anglansa, vatanparvarlik tuyg‘usi shuncha 
yuksak bo‘ladi. Tarixiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy taraqqiyotning 
turli bosqichlarida vatanparvarning yangi-yangi qirralari namo­
yon bo‘lib boradi. Haqiqiy vatanparvar, Vatanga, ona zaminga, o‘z 
xalqiga muhabbat bilan yashash, uning istiqboli, manfaati yo‘lida 
tinimsiz mehnat qilish hamda kurashish zarurati tug‘ilganda jo- 
nini fido qilishni nazarda tutadi.
Millatparvarlik. Yana bir muhim axloqiy tamoyil, bu — mil- 
latparvarlik. U, ma’lum m a’noda, vatanparvarlik tamoyilining 
yanada muayyanlashgan shakli.
Shu o‘rinda millatparvarlikni millatchilik bilan qorishtirib 
yubormaslik lozim. Millatchilik o‘z millatini ajratib olib, unga


buyuklik maqomini berishga intilish bo‘lsa, millatparvar- 
lik, boshqalarni kamsitmagan holda, o‘z millati ravnaqi uchun 
kurashish, bu yo‘lda, lozim bo‘lsa, o‘z hayotini ham fido qilish 
demakdir. U insonparvarlik bilan ham chambarchas bog‘liq. 
Chunki o‘z millatini chin dildan sevmagan odam hech qachon 
boshqa millatlarni seva olmaydi.
Asl millatparvar — milliy o‘zligini anglab yetgan inson. U 
o‘z millati bilan faxrlanadi, o‘z millati bilan butun jahonning 
faxrlanishini istaydi. Millatparvarlik tamoyili asosida milliy g‘oya 
yotadi, u millatni sevish amaliyotining — millatparvarlikning 
ilmiy-nazariy asosi sifatida maydonga chiqadi. Milliy g‘oyaning 
zamonaviy, biz tanlagan ko‘rinishini, uning mafkuraviy jihatlari- 
ni 0 ‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Kari­
mov shunday ta’riflaydi: «Milliy mafkuramiz har qanday mil- 
latchilik va shunga o‘xshash unsurlardan, boshqa elat va xalqlarni 
mensimaslik, ularni kamsitish kayflyati va qarashlaridan mutlaqo 
xoli bo‘lib, qo'shni davlat va xalqlar, umuman, jahon hamjami- 
yatida, xalqaro maydonda o‘zimizga munosib hurmat va izzat 
qozonishda poydevor va rahnamo bo‘lishi darkor».
Uning ikkinchi jihati esa mana bunday talqin etiladi: «Milliy 
g‘oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurt- 
ga sadoqat yo‘lida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va 
odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek oliyjanob ishlarimizda 
madadkor bo‘lishi zarur».

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish