asosi, xulosa, mantiqiy ergashish,
deduktiv xulosa chiqarish, in-
duktiv xulosa chiqarish, analogiya, dilemma, trilemma.
12-mavzu. Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining
mantiqiy shakllari
Asosli muhokama yuritish (argumentlash)ning mantiqiy asos-
lari: isbotlash va rad etish.
Inson kundalik muloqotida dalillash,
isbotlash tushuncha-
larini ko‘pincha bir xil ma’noda, sinonim tushunchalar sifatida
qo‘llaydi. Aslida ular mazmuniga ko‘ra o‘zaro yaqin bo‘lgan va
hajmiga ko‘ra bo‘ysunish munosabatidagi tushunchalardir. D a
lillash hajmiga ko‘ra keng tushuncha bo‘lib, isbotlash tushun
chasi unga bo‘ysunadi. Dalillash argumentlash tushunchasi bilan
ekvivalentdir.
Argumentlash
— (lot. argumentatio — dalil, argument kelti-
rish) ilgari surilgan fikrga nisbatan boshqa tomon (auditoriya,
yakka shaxs va b.)ning ijobiy munosabatini (ma’qullashi, qabul
qilishi) shakllantirish maqsadida dalillar, argumentlarni keltirish.
Argumentlashning maqsadi — ilgari surilgan holatlarning audito
riya
tomonidan qabul qilinishiga, konstruktiv munosabatlarning
shakllanishiga erishishdir; auditoriyani uning e’tiboriga havola
qilinayotgan holatning, fikrning adolatli ekanligiga ishontirishdir,
uni shu fikrni qabul qilishiga va shunga muvofiq harakat qilishiga
erishishdir. Argumentlashda «haqiqat-yolg‘on», «ezgulik-yovuz-
lik» dilemmalari muhim emas. Muhimi, ilgari surilgan fikrga
nisbatan
ishonchni shakllantirish, ishontirishdir. Tinglovchilar
yoki kuzatuvchilarni ishontirish, e’tiqodini shakllantirish uchun
nafaqat verbal (nutq orqali), balki noverbal (harakat, yuz ifodasi,
ko‘rgazmali vositalar va b.) usullardan ham foydalaniladi. Argu
mentlashning tarkibida tezis — mulohaza yoki mulohazalar tizimi
va dalil yoki argument — tezisni asoslash
uchun keltirilgan fikr,
mulohazalar ajratiladi. Argumentlash til vositasida ta’sir qilish
bo‘lib, biron-bir fikrni ma’qullash yoki rad etish uchun dalillar,
argumentlarni o‘z ichiga qamrab oladi. U avvalo inson ongiga
qaratilgan bo‘lib, inson o‘ylab, bu fikrni qabul qilishi yoki rad
etishi mumkin. Argumentlashga quyidagilar xos:
246
— argumentlash ham m a vaqt til vositasida
amalga oshiriladi;
— argumentlashning vazifasi kimningdir e’tiqodini, ishonchi-
ni kuchaytirish yoki susaytirishga yo'naltirilgan faoliyatdir;
— argumentlash ijtimoiy faoliyatdir, Chunki u faqat insonga va
insonlarga qaratilgan bo‘lib, boshqa tomonning keltirgan dalil-
lariga o‘zining faol munosabatini bildirishni — dialogni nazarda
tutadi;
— argumentlash retsipiyentlarning
aqliy faolligini, ya’ni ar-
gumentlarni o‘ylab qabul qilishi yoki qarshi chiqishini nazarda
tutadi.
Argumentlashning tuzilishi va usullari bilan tanishishdan av-
val isbotlash va rad etishning mohiyati, tuzilishi, usullari va qoi-
dalarini
bilib olish zarur, Chunki ular argumentlashning xususiy
ko‘rinishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: