Qoldiqlar metodi.
Bu metod tatbiq etiladigan obyekt murakkab
hodisadan iborat bo‘lib, bittasidan boshqa qismlarining sabablari
aniq bo‘lganda, ana shu qolgan qismni vujudga keltiruvchi sa-
babni topish maqsadida qollaniladi.
A B C
abc
В ______ b
С ______ с
Demak, a ning sababi A bo‘lishi mumkin.
Qoldiqlar metodiga ko‘ra, agar o‘rganilayotgan murakkab
hodisani tashkil etuvchi hodisaning (yoki hodisa qismining)
bitta holatdan boshqa holatlar bilan aloqasi
zaruriy tavsifga ega
bo‘lmasa, ana shu qoldiq holat mazkur hodisaning (hodisa qis
mining) sababi bo‘lishi mumkin.
Ilmiy induksiyaning boshqa metodlari singari qoldiqlar m eto
di ham ehtimoliy bilim olish vositasi hisoblanadi.
ANALOGIYA — (grek. — moslik, o‘xshashlik) bavosita xulosa
chiqarishning bir turidir. Deduktiv xulosa chiqarishda fikr um u
miylikdan juziylikka qarab, induksiyada juziylikdan umumiylikka
qarab harakatlansa, analogiyada bir juziy holatdan boshqa juziy
holatga qarab harakatlanadi.
Analogiyada predmetlarning o‘xshash xossalariga asoslanib
xulosa chiqariladi. Tabiat va jamiyatda
obyektiv turli-tumanlik
bilan bir qatorda, obyektiv o‘xshashlik ham mavjud. Ular inson
ongida o‘z ifodasini topadi. Obyektiv reallikning turli sohalariga
oid qonun va qoidalar tuzilishi jihatidan o‘xshash bo‘lsa, ular aks
ettirgan voqelikdagi turli narsa va hodisalar ham ma’lum ma’noda
o‘xshash bo‘ladi.
Analogiya vositasida bir predmetdan (modeldan)
boshqa pred-
metga (prototipga) axborot o‘tkaziladi. Xulosa asoslari modelga,
xulosa prototipga taalluqli bo‘ladi. Masalan, Imom G ‘azzoliy
«Kimiyoi saodat» asarida dil (ko‘ngil)ni badan mamlakatining
podshohi, aqlni esa uning vaziriga qiyoslab, «podshoh — Dil vazir
— Aqlning maslahati birla ish qilsa, shahvat va g‘azabni vazir Aql-
ga bo‘ysundirsa, badan mamlakati (inson) saodatga erishadi. Agar
Dil vazir Aqlni shahvat va g‘azab ilgida asir qilsa, badan mam-
242
lakati vayron bo‘lib, podshoh Dil ham asir bo‘lib, badbaxt va halok
bolg^sidir»1, — deb yozadi. Analogiya bo‘yicha
xulosa chiqarish
boshqa xulosa chiqarishlar kabi asos, xulosa va asos bilan hamda
xulosa o‘rtasidagi mantiqiy aloqadan iboratdir. Uning xulosasi eh-
timoliy shaklda bo‘lib, keyingi tekshirishlarni talab qiladi. Aniq
asoslardan ba’zan aniq, ba’zan ehtimoliy xulosa chiqadi.
Analogiya o‘zining obyektiv asosiga ega. Bular predmetlar,
ularning xossalari o‘rtasidagi aloqa va munosabatlardir. Mo-
deldan prototipga o‘tkazilayotgan axborotning tabiatiga ko‘ra
analogiyaning ikki turi farqlanadi:
xususiyatlar analogiyasi va
munosabatlar analogiyasi.
Xususiyatlar analogiyasida ikki yakka predmet yoki bir turda
gi ikki predmetlar sinfi o‘xshash belgilariga ko‘ra o‘zaro taqqos-
lanadi. 0 ‘xshash belgilarga asoslanib, birida mavjud bo‘lgan
belgining boshqasida ham bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa
chiqariladi.
0 ‘xshatilayotgan predmetlarni A va В harflari bilan, belgilarni
a, b, с harflari bilan ifoda qilsak, xususiyatlar analogiyasini qu
yidagi formula orqali ifodalash mumkin:
Sj - Рр P2, P3, P4, belgilarga ega.
S2 - P p P2, P3, belgilarga ega.
Demak, S2 - P4 belgisiga ega.
Misol:
Oiladagi kelishmovchiliklar mehrni yo‘qotadi, oila a’zolarini
beobro1 qiladi, ro‘zg‘orni
bebaraka qiladi, bolalar tarbiyasiga
e’tibor kamayadi.
Bu oila a’zolari bir-biri bilan doimo janjallashadi. Ular bir-
biriga mehrsiz, mahallada obro‘yi yo‘q, ro‘zg‘ori bebaraka.
Demak, ular bolalar tarbiyasiga e’tiborsiz.
Munosabatlar analogiyasida ikki predmet o‘xshashligi asosida
emas, ikki predmet o‘rtasidagi munosabatni o‘rganish asosida
Do'stlaringiz bilan baham: