Jahon sivilizatsiyasi.
Jahon sivilizatsiyasi deganda Sharq va G ‘arb
sivilizatsiyalari, mintaqaviy va hududiy sivilizatsiyalarning yaxlit,
bir butun ijtimoiy tizimi bo‘lgan umuminsoniyat, sayyoramizdagi
jamiyat tushuniladi. Bu tushuncha, umumiy ma’noda, zamini-
mizda yashagan barcha odamlarning umumiy makoni bo‘lgan
Yer yuzidagi hayot, tarixning hamma davrlarida mavjud bo‘lgan
davlat, jamiyat, xalq va millatlarning umrguzaronlik qilishi bilan
bog‘liq jarayonlar majmuasini o‘zida aks ettiradi.
Insoniyat taraqqiyotining bugungi holati zamonaviy sivilizatsi
yaning asosiy tamoyillari bilan uzviy aloqador ekan, Respublika-
mizning umuminsoniy sivilizatsiya bilan uyg‘unlashuvi ham ko‘p
jihatdan ana shunga bog‘liq. Hozirgi paytda insoniyat o‘z rivoji-
ning yangi bosqichiga ko‘tarildi. U o‘zida moddiy ishlab chiqarish
yutuqlarini, insoniyat tomonidan orttirilgan tajribalarni, jahon
miqyosida paydo bo‘lgan muammolarni oqilona hal etish yo‘llari
va usullarini mujassamlashtiradi.
0 ‘zbek xalqi Sharq sivilizatsiyasi bag‘rida kamol topdi. Vatan
va onaning muqaddasligi, jamoaviylik, o'zaro yordam, tabiatga
oqilona munosabat, mehnatsevarlik, sabr-toqatlilik, kattalarga
hurmat, kambag‘alparvarlik va boshqalar. Sharq sivilizatsiyasi-
ga xos belgilardir. 0 ‘zbekiston jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga
ilm-fan, axloq, din, san’at va madaniyat sohasidagi ulkan yu-
tuqlari bilan munosib hissa qo‘shmoqda. Milliy mustaqillik yil-
larida 0 ‘zbekiston o‘z milliy qadriyatlari, ma’naviy merosi va
154
boy madaniyatiga tayanib, Sharq va G ‘arbning umumbashariy
qadriyatlari va tajribalarini ijodiy o‘zlashtirib, dunyoviy sivili-
zatsiya yolidan bormoqda.
Bugungi tahlikali dunyoda insoniyatning eson-omon ya
shab qolishi va kelajakda baxtiyor bo‘lishi jahon sivilizatsiyasi-
ning asosiy maqsadi va yo‘nalishiga aylanib qoldi. Shu ma’noda,
Yer yuzidagi har bir mamlakat jahon sivilizatsiyasi deb ataladi-
gan yaxlit tizimning turli tarkiblari bo‘lib, ularning o‘zaro ta’siri,
hamkorligi sivilizatsiyaning takomillashuvi, barqaror yashashiga
imkon beradi.
To‘g‘ri, bu tizim tarkibida Amerika, Rossiya, Xitoy, Yaponi-
ya kabi salmoqli tarkiblar ham bor. Ular ko‘p jihatdan jahon
tizimi taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatadi, muayyan jarayonlarning
yo‘nalishlarini belgilaydi. Ammo bu tizimda har bir davlatning,
kichkina Vatikan yoki Lixtenshteyndan tortib Germaniyagacha,
Andorra yoki Monakolan toki Fransiyagacha o‘z o‘rni, o‘ziga xos
ta’sir kuchi va doirasi bor. Shu m a’noda, ularning har biri, hudu-
dining katta-kichikligi, aholisining soni qanchaligidan qat’i na-
zar, Birlashgan M illatlar Tashkilotida teng ovozga ega. Demak,
tarkiblar tizimda muayyan tarzda amal qilgani singari har bir
mamlakat jahon sivilizatsiyasiga teng huquqli a’zo va muhim ele
ment sifatida kirib borgan.
Jahon hamjamiyati o‘zida umumiylikni, har bir mustaqil
mamlakat esa ayrimlik va o‘ziga xoslikni ifodalaydi. Bu holda
Osiyo yoki Markaziy Osiyo mamlakatlari xususiylikni aks ettirsa,
0 ‘zbekiston alohidalikni ifodalaydi. 0 ‘zbekiston mustaqillikka
erishganiga ko‘p bo‘lmaganiga qaramay, jahon hamjamiyatida o‘z
o‘rniga ega. Uning Markaziy Osiyodagi mavqei esa bu mintaqa-
ning asosiy taraqqiyot yo‘nalishlarini ko‘p jihatdan belgilaydi.
Har bir xalq, millat o‘zining betakror, noyob xususiyatla
rini saqlagan holda mustaqil rivojlanadi va jahon hamjamiyati-
ga qo‘shilib boradi. Bunday qo‘shilish ko‘p qirrali, rang-barang
bo‘lib, u ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, huquqiy, davlat-
lararo munosabatlarni qamrab oladi.
Jahon hamjamiyatiga qo‘shilish tabiiy-qonuniyatli jarayon
bo‘lib, har bir mamlakatning har tomonlama taraqqiy etishi, yer
155
yuzida umumiy xavfsizlik, tinchlik va farovonlikni ta’minlashga,
tabiiy resurslar, ilm-fan va texnika yutuqlaridan keng foydala-
nishga, ekologik muvozanatni ta’minlashga imkon beradi. Mus-
taqil taraqqiyot yo‘liga o‘tgan xalqlarning jahon hamjamiyatiga
qo‘shilishi, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligini e’tirof
etish, xalqaro huquq me’yorlariga amal qilish, inson huquqlarini
himoya etish, demokratiya tamoyillariga amal qilishda yaqqol
namoyon bo‘ladi.
Sivilizatsiyaning mohiyatini tushunishda unga mansub bo‘lgan
madaniyatning rolini anglash muhimdir. Agar ishlab chiqarish
kuchlari sivilizatsiyaning moddiy asosini tashkil etsa, madaniyat
ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab oladi, uning qiyo-
fasini, o‘ziga xos rangini belgilab beradi. Hatto ishlab chiqarish
kuchlariga ham o‘ziga xos xarakterlilik, ahamiyatlilik beradi. Bu
bilan madaniyat ijtimoiy hayotning tashkillashuvini, ya’ni sivili
zatsiyaning shakllanishini, mavjud bo‘lishi va rivojlanishini bel
gilab beruvchi o‘ziga xos negiz vazifasini o‘taydi. Demak, sivili
zatsiya madaniyatning konkret namoyon bo‘lishini, uning real
mavjud hayotini aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |