A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

Tayanch tushunchalar: 
jamiyat, jamiyatning tuzilishi, oila, 
demokratik jamiyat, fuqarolik jamiyati, taraqqiyot, sivilizatsiya, 
jahon sivilizatsiyasi, madaniyat, qadriyatlar, qadrlash va qadrsiz­
lanish mezonlari.
Takrorlash uchun savollar
1. Jamiyat deganda nim ani tushunasiz?
2. Jamiyatga xos belgilarni sanang.
3. Sivilizatsiya nima?
4. Madaniyat nima?
5. «Qadr» va «Qadriyat» tushunchalarining mazmunini qan­
day izohlaysiz?
6. Qadrsizlanishni qanday tushunasiz?
8-mavzu. Falsafiy antropologiya. Inson falsafasi
Inson — Yaratganning mo‘jizasi, falsafaning bosh mavzusi. 
In ­
son muammosi falsafaning azaliy mavzularidan biridir. Odam zo- 
tining dunyoga kelishi, boshqa jonzotlardan farqi, tabiat va jam i­
yatdagi o‘rni, insoniy fazilatlari, shaxsiy xususiyatlari to ‘g‘risidagi 
masalalar hamma davr fayJasuflarining diqqat 
markazida turgan.
Fan sohasida odamning jismoniy tuzilishi, tabiiy-biologik xu- 
susiyatlarini o‘rganish hamon davom etmoqda. Ijtimoiy fanlarda 
esa shaxs kamoloti, ijtimoiy, m a’naviy qiyofasi bilan bog‘liq ji-
169


hatlari tadqiq qilinmoqda. Xullas, odamzod uchun o‘zi va o‘ziga 
o‘xshagan boshqa kishilar, ularning xususiyatlari, jamiyatdagi 
o‘rni, qadri, o‘tmishi va kelajagi bilan bog‘liq muammolar azal- 
azaldan eng asosiy tadqiqot va kuzatish obyekti bo‘lib kelmoqda.
Suqrotning « 0 ‘zligingni angla», « 0 ‘zingni bilsang, olamni bi- 
lasan» degan hikmatli so‘zlari har bir tarixiy davrda yangicha 
ahamiyat kasb etadi. Insonda butun olam va jamiyatning mohiya­
ti mujassamlashgandir. Ulug‘ mutasavvuf Abdulxoliq G ‘ijduvoniy 
insonni «kichik olam» deb hisoblagan. Falsafada bahs yuritila- 
digan barcha masalalar inson muammosiga bevosita daxldordir. 
Umuman olganda, insonga daxldor bo‘lmasa, unga foyda keltir- 
masa, jamiyatning og‘irini yengil qilmasa, unday fanning keragi 
bormikan? Shu m a’noda, inson, avvallo, o‘zi uchun zarur bo‘lgan 
fanlarni, ilmlar va bilimlar tizimini yaratgan.
Bu 
borada 
«Odam», 
«inson», 
«shaxs» 
tushunchalari 
qo‘llaniladi va ularni kundalik hayotda qariyb bir xil ma’noda 
ishlatish hollari uchraydi. Ammo ular orasida ilmiy jihatdan 
muayyan farqlar ham yo‘q emas. «Odam» tushunchasi biologik 
va ijtimoiy jihatlarni o‘zida mujassamlashtiradigan tirik jonzotga, 
odam zotiga nisbatan ishlatiladi. Odam zotini boshqa jonzotlar- 
dan farq qiluvchi eng muhim belgilari ong, axloq, xulq, bilim, 
ijtimoiy mehnat qila olish qobiliyati va boshqalardir. «Inson» 
tushunchasi esa odam zotini muayyan darajadagi ijtimoiy xu- 
susiyatlar va jihatlarni o‘zlashtirib olganligi bilan bog‘liq kamolot 
darajasini ifodalaydi. Ijtimoiylik «shaxs» tushunchasi uchun ham 
asosiy xususiyatdir, ammo bunda ijtimoiy jihatdan m a’naviy-ax- 
loqiy kamolotga yetganlik tushuniladi. Ilmiy adabiyotlarda inson 
va shaxsga nisbatan rang-barang ta’riflarni, turli xil talqinlarni 
uchratish mumkin.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish