A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini


«Sivilizatsiya» tushunchasi



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

«Sivilizatsiya» tushunchasi. 
M a’lumki, lotin tilidagi «civilis» 
so‘zi asosida shakllangan, fuqaroviy, ijtimoiy degan ma’nolarni 
anglatadigan mazkur tushunchani ilm-fan tarixida dastlab shot- 
land tarixchisi va faylasufi A.Fergyusson (1723—1816) jahon tari­
xiy jarayonining m a’lum bir bosqichini ifodalash uchun, fransuz 
ma’rifatparvarlari esa aql-idrok va adolatga asoslangan jamiyat, 
degan m a’noda ishlatgan edilar. Undan keyin ham sivilizatsiya 
tushunchasiga turlicha mazmun berish davom etdi. Ayrim holda 
uni madaniyatning, ba’zan faqat moddiy madaniyatning sinonimi 
sifatida ishlatgan bo‘lsalar, nemis faylasufi O.Shpengler esa, ak- 
sincha, uni madaniyatning antipodi ma’nosida, ya’ni madaniyat­
ning halok bo‘lish jarayoni bosqichini xarakterlash uchun, ingliz 
sotsiologi va tarixchisi A.Toynbi esa o‘ziga xos va nisbatan yopiq 
bo‘lgan jamiyatlarni ifodalash uchun ishlatgan.
Sivilizatsiya tushunchasining mazmunini belgilashda turfa xil- 
lik hozirgi vaqtda ham saqlanib qolmoqda. Bu tushuncha: 1) ij­
timoiy rivojlanishning yowoyilik va varvarlikdan keyin keladigan 
bosqichini; 2) umuman kishilik jamiyati rivojlanishining ma’lum 
bir bosqichini (masalan, neolit, nokapitalistik yoki hozirgi zamon 
sivilizatsiyasi); 3) ma’lum bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani; 4) 
geografik jihatdan farqlanuvchi birliklarni (masalan, Yevropa 
yoki Osiyo sivilizatsiyasi); 5) diniy mansubligiga ko‘ra, farqlanuv­
chi madaniy birliklarni (masalan, xristian yoki islom sivilizatsi­
yasi); 6) kelib chiqishi va planetar mansubligiga ko‘ra farqlanuvchi 
birliklarni (masalan, Yer sivilizatsiyasi, Yerdan tashqaridagi sivi- 
lizatsiyalar); 7) etnik asosga ko‘ra farqlanuvchi ijtimoiy-madaniy 
birliklarni (masalan, qad. Misr yoki Bobil sivilizatsiyasi) va shu 
kabi m a’nolarni ifodalash uchun qo‘llanib ke moqda.
Sivilizatsiya tarixning, jamiyatning sifatiy o‘ziga xosligini, 
u yoki bu mamlakat doirasida amal qiladigan, ishlab chiqarish
153


kuchlari, inson faoliyati, madaniyati tomonidan belgilanadigan 
umumiy ijtimoiy qonuniyatlarning spetsifikasini ifodalaydi. Bu- 
larning barchasi sivilizatsiyani yaxlit birlik sifatida mavjud bo'lishi 
uchun imkoniyat yaratadi. Bu sifatiy xususiyatlarning yo‘qolishi 
sivilizatsiyaning halokatini anglatadi.
Ushbu mulohazalardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, 
sivilizatsiya tushunchasi muayyan xalq, mamlakat (jamiyat)ga 
yoki uning rivojlanishining sifatiy jihatdan farqlanuvchi ayrim 
bosqichlariga nisbatan ishlatilgandagina, u aniq ilmiy mazmunga 
va demakki, metodologik ahamiyatga ega bo ladi. Aynan etnik 
birliklar, mamlakatlar darajasida sivilizatsiyaning o‘ziga xosligi, 
asosiy xarakteristikalari o‘zini yaqqol namoyon etadi.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish