rohatlanmasdan, ruhiy huzurlanish xususiyatiga egadir. Gedo-
nizm ta’limotining asoschisi Aristippdir (e.av. 435—355-y.y.).
U Suqrotning zamondoshi bo‘lib, insonning ruhiy holati ikki
turda bolishini aniqlaydi. Birinchisi, inson ruhining rohatlani-
shi bo‘lsa, ikkinchisi noxush og‘riqli holatidir. Insonning butun
hayot
mazmuni rohatlanishdan, huzurbaxshlikdan iborat, degan
g‘oyani ifoda etadigan tushuncha bu gedonizm (qad. yun. hedone
— zavqlanish, rohatlanish)dir. Gedonizm ta’limotiga ko‘ra, inson
o‘z hayotining tabiiy ehtiyoji, asosiy harakatlantiruvchi kuchi si
fatida huzurbaxshlikka, rohat-farog‘atga intiladi. Aristipp fikri
cha,
rohatlanish yengil, yoqimli va huzurbaxshlik bilan kechsa,
ruhiyatnig noxush og‘riqli holati esa azob va qiynoqlardan ibo-
ratdir. Aristipp fikricha, inson og'riqdan qochishi va iloji bori-
cha rohatlanishga intilishi oqibatida baxtga erishishi mumkin,
jismoniy ehtiyojlarni qondirish esa inson hayotining mazmun-
mohiyatini tashkil etadi. Bu ta’limotga binoan,
huzur-halovat,
rohatlanish baxsh etmaydigan harakatga e’tibor qaratish va kuch
sarflash arzimaydi.
Gedonizm ning psixologik talqinida insonni harakatga un-
dovchi asosiy kuch bu — zavqlanish va rohatlanishga intilish,
deya e’tirof etiladi. Axloqiy gedonizmda esa, inson o‘zining
yoki o‘zga kishilarning rohatlanishi uchun yashashi kerak,
degan g‘oyani targ‘ib etuvchi turli xil falsafiy yondashuvlarni
o‘zida mujassamlashtirgan. Masalan, gedonizmni huzurbaxsh
lik, rohatlanish sifatida targ‘ib etuvchi yondashuvlardan b in
ning asoschisi Epikur insonning yotsirashdan va jirkanishdan
xalos bo‘lishi bu —
xohish-istaklarni qondirish, deya talqin
etadi. Bu yondashuvda inson ehtiyojlarining qondirilishi emas,
balki azob va baxtsizlikdan xalos bo‘lish maqsadi ifoda etilgan.
Inson hayotini gedonistik yondashuv asosida talqin qilish falsa
fa tarixida markaziy masalalardan biri bo‘lib kelgan va ko‘plab
faylasuf-mutafakkirlar ijodida o‘ziga xos tarzda ifoda etilgan.
Fransuz faylasufi I.Bentamning yozishicha, «Tabiat insonni ikki
asosiy borliq: azob va rohat girdobiga tushirgan. U lar bugun
biz nim a qilishimiz va ertaga nim a bilan shug‘ullanishim izni
belgilab beradi. Hatto haqiqat va yolg‘on, sabab va oqibat me-
273
zonlari ham ana shu ikki asosiy negizga tayanadi». G edonizm
ta ’lim otida insonning mayl va ehtiyojlari jamiyatda o‘rnatilgan
ijtimoiy m e’yorlarga qaram a-qarshi qo‘yiladi, inson erkinligini
cheklovchi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini namoyish etishga
to‘sqinlik qiluvchi har qanday ijtimoiy shart va me’yorlar in
kor etiladi. U lar faqat shaxsiy ehtiyojlarni
qondirish hayotining
m azm uni deb biladi va bu yo‘lda mavjud ijtimoiy qonun-qoi-
dalarga bepisandlik bilan qarash, hatto ularni inkor etishgacha
boradi.
Evdemonizm (yun. yeudaimonia — baxt-saodat, rohat-farog‘at)
esa, baxt-saodat, rohat-farog‘atni kishilar hayotining oliy maqsa-
di, deb hisoblaydigan axloqiy yo‘nalish bo‘lib, bu ibora etimologik
jihatdan, birinchidan, qoniqish hissining subyektiv holatini, ik-
kinchidan, qoniqishga xizmat
qiladigan obyektiv sharoit, ya’ni
tashqi ne’matlarni anglatadi. Bu ikki jihat uzviy bog‘liq bo‘lsa-
da, ba’zan ular bir-biridan farq qilishi, masalan, barcha moddiy
ne’matlarga ega odam baxtsiz bo‘lishi va aksincha, qashshoq, ust-
boshi yupun inson o‘zini baxtli his etishi mumkin. Evdemonizm
yunon etikasining asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib, u Suqrotning
shaxs ichki erkinligi, insonning tashqi
dunyoga qaram emasligi
to‘g‘risidagi g‘oyasi bilan uzviy bog‘liq. Evdemonizm baxt-sao-
datni jismoniy va ma’naviy huzur, lazzat bilan tenglashtirmaydi,
balki uni keng ma’noda, barcha jismoniy va ma’naviy (ko‘pincha
fuqarolikka ham oid) qadriyatlarning majmuyi tarzida tushunadi.
Bu ta’limotga ko‘ra, o‘z shaxsiyatida ana shu qadriyatlarni
mujassamlantira olgan kishigina chinakam baxt-saodat sohibi-
dir, shunday baxtgina insonga haqiqiy lazzat, farog‘at baxsh etadi.
Qadimgi yunon allomalari Demokrit va Epikur evdemonizmning
yorqin namoyandalaridir. Yunon mutafakkirlarining qarashlari-
da «baxt» tor, individual axloq doirasida (xususan,
baxt inson
ijodi bilan bevosita bog‘liq holda) talqin etilgan bo'lsa, nasroniy
axloqda baxt haqidagi axloqiy me’yor va tushunchalar ongdan
tashqarida bo‘lgan diniy tasavvurlar bilan bog‘liqligi asoslanadi.
Boshqacha aytganda, inson axloqi va ma’naviyatining mazmun-
mohiyatini belgilab beradigan chinakam baxtga qadr-qimmat va
uning mahsuli bo‘lgan baxt o‘rtasida ziddiyat bo‘lmagan dunyo-
Do'stlaringiz bilan baham: