boshqa ikki predmet o‘rtasidagi munosabat haqida xulosa chiqa
riladi. Munosabatlar analogiyasini quyidagi formula bilan ifoda
lash mumkin:
A — В ga, С — D ga bo‘lgandek munosabatda.
Bunda A — В model, С — D prototip bo‘ladi. Model va pro
totip o‘rtasidagi munosabat asimmetrikdir,
ular turli predmet so-
halariga taalluqlidir. Masalan, imom G ‘azzoliy inson jismi va
ruhi o‘rtasidagi munosabatni ot va chavandoz o‘rtasidagi muno-
sabatga taqqoslab, ruh tanani boshqarishi va har ikkisining yemi-
shi bir-biridan farq qilishi haqida xulosa chiqaradi.
Fikr yuritishda mulohazalarni qurish va xulosa chiqarish bilan
bog‘liq xatolar. Mulohazalar bilan bogiiq xatolar.
Mulohazalar
ni tushunchalarning mantiqiy bog‘lanishi deb qarash mumkin.
Mulohazalar tarkibidagi tushunchalarning aniq bo‘lishi ularning
to‘g‘ri va chin bo‘lishi uchun muhim ahamiyatga ega. M a’lumki,
mantiqiy ega va mantiqiy kesim mulohazalarning tarkibiy qismlari
bo‘lib, ularning o‘zaro mantiqan to‘g‘ri bog‘liqligi ham flkrning
to‘g‘ri va chin bo‘lishini ta’minlaydi. Quyidagi holatlarda mulo
haza yolg‘on hisoblanadi:
1. Mantiqiy kesimda mantiqiy egaga xos bo‘lmagan
xususiyat
tasdiqlansa (masalan, uchburchak burchaklarining yig‘indisi 360°
ga teng).
2. Mantiqiy kesimda mantiqiy egaga xos bo‘lgan xususiyat in
kor qilinsa (masalan, mevali daraxtlar bahorda gullamaydi).
3. Juziy chin bo‘lgan mulohaza ba’zi holatlarda umumiy deb
qabul qilinsa (masalan, «Ba’zi o‘quvchilar mas’uliyatsiz» mulo-
hazasini «Hamma o‘quvchilar mas’uliyatsiz»
mulohazasi bilan
almashtirilsa).
Xulosa chiqarish bilan bogiiq xatolar.
Fikr yuritish jarayonida eng ko‘p uchraydigan mantiqiy xatolar
xulosa chiqarish bilan bog‘liq. Bunga sabab xulosa chiqarishning
har bir turiga xos bo‘lgan qoidalarni bilmaslikdir. Shunday xato-
lardan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz.
Umumiy mulohazalarga asoslanib (sillogistik) xulosa chiqa
rishda keng tarqalgan xatolardan biri sillogizm I figurasining qoi-
dasi buzilishining natijasida vujudga keladi. Bunga ko‘ra
I figura
244
bo‘yicha kichik asos inkor mulohaza bo‘lganda hosil qilingan xu
losa noaniq (ko'pincha xato) bo‘ladi. Masalan:
Hamma advokatlar yuristdir.
Bu kishi advokat emas.
Bu kishi yurist emas.
Xulosaning noaniq bo‘lishiga sabab, yuristlar faqat advokat
emas, balki o‘qituvchi yoki olim bo‘lishlari ham mumkin.
Yana bir xato sillogizm II figurasi qoidasi buzilishining nati
jasida vujudga keladi. Masalan:
Hamma okulistlar shifokordir.
Bu ayol shifokor.
Bu ayol okulistdir.
Shifokorlar faqat okulist (ko‘z shifokori) emas, balki stomato-
log,
kardiolog, xirurg bo‘lishlari ham mumkin.
Yakka mulohazalarni umumlashtirib (induktiv) xulosa chiqa-
rishda eng ko‘p uchraydigan mantiqiy xato «undan keyin, de
mak, shu sababga ko‘ra» deb ataladi. Bu xato oldinma-ketin kel
gan hodisalarning hammasida avvalgisi sabab,
keyingisi oqibat
bo‘ladi, degan fikrga asoslanish natijasida yuzaga keladi.
0 ‘xshatish (analogiya)ga asoslanib xulosa chiqarilganda,
taqqoslanayotgan hodisalarning nomuhim belgilari asos qilib
olinsa, mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. Masalan:
Aziza va Robiya bir sinfda o‘qiydi, yoshlari va bo‘ylari teng.
Aziza ingliz tilini yaxshi biladi.
Demak, Robiya ham ingliz tilini yaxshi biladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan mantiqiy xatolarga yo‘l qo‘ymaslik
uchun quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:
1. Mantiqiy kesimda mantiqiy egaga xos bo‘lgan xususiyat do-
imo tasdiqlanishi shart.
2. Mantiqiy kesimda mantiqiy egaga xos bo‘lmagan xususiyat
doimo inkor qilinishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: