34
7-M A SH G‘ U L O T
Mavzu: Trematodalarning taraqqiyoti
Darsning maqsadi.
Jigar va oshqozon qurtlari, qon surg‘ichli misolida
trematodalarning taraqqiyotini o‘rganish.
Kerakli jihozlar:
Fassiolalar tuxumlaridan etilgan miratsidiy, chuchuk suv
moll.ckasida yetilgan rediya va serkariyalar, ulardan hosil bo‘lgan adoleskariyalar,
lansetsimon so‘rg‘ichli oshqozon qurti va qon so‘rg‘ichlilarning taraqqiyot
bosqichlarini aks ettiruvchi jadvallar, mikroskop, suv va quruqlik molliyuskalari,
chumolilar.
V A Z I F A
Trematodalar lichinkalari-Miratsidiy, rediya va serkariyalar, adoleskariyalar
(metoserkariya)ning
tuzilishi,
rivojlanish
bosqichlari
bilan
tanishish.
Trematodalarning asosiy va oraliq xo‘jayinlardagi taraqqiyotini o‘rganish.
Trematodlarning rivojlanishi. Bu sinfga kiruvchi endoparazitlarning,
rivojlanishi ikki, uch, hatto to‘rt xo‘jayin ishtrokida kechadi. Voyaga etgan
shakllari faqat umurtqali hayvon va odamlarda, lichinkalik davrlari esa umurtqasiz
hayvonlarda o‘tadi. Hozirgi vaqtda fanda trematodalarning 5000 ga yaqin turi
ma’lum.
Rivojlanishi ancha murakkab bo‘lib, u xo‘jayin almashtirish yo‘li bilan
o‘tadi. Asosiy xo‘jayin umurtqali hayvonlar baliqlar, suvda va quruqlikda
yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar va shu jumladan
odam. Birinchi oraliq ho‘jayini suv va quruqlikda yashovchi qorin oyoqli
mollyuskalar.
Jigar qurtlari-fassiolalarning voyaga etgan davri jigarning o‘t yo‘llarida
kechadi. Otalangan tuxumlari o‘t suyuqligi bilan ichakka va u erdan hayvon tezagi
bilan birgalikda tashqi muhitga tushadi. Tuxumlari sarg‘ish, qo‘ng‘ir rangda bo‘lib,
oval shaklda, kattaligi 170 x 0,75 mikron bo‘ladi. Tuxumlarida qopqoqcha mavjud.
Tuxumning rivojlanishi uchun suvlik muhit zarur. Embrional taraqqiyoti suvning
haroratiga bog‘liq, u esa parazit tuxumida birinchi avlod lichinka- mirasidiyning
yetilishi bilan tugallanadi.
Tuxumda yetilgan mirasidiyaning mollyuska organizmiga kirishi bilan unda
ikkinchi avlod lichinka- sporosista hosil bo‘ladi va partenogoniya davri boshlanadi.
Ushbu davrda sporosista hujayralaridan rediyalar,rediyalardan ko‘plab dumli
serkariyalar (3-avlod lichinka) paydo bo‘ladi. Shunday qilib, miratsidiya embrional
rivojlanishda, sporotsista, rediya, serkariyalar – partenogiya davrida, adoleskariya
yoki metatserkariya – sistogoniya davrida paydo bo‘ladi.
Fassiola tuxumi suvga tushgandan so‘ng suv harorati 22-29
0
S bo‘lganda 17-
18 kunda otalangan tuxumdan birinchi avlod lichinka miratsidiy chiqadi.
35
Miratsidiyning ikkita ko‘zchasi bo‘lib, tanasi kiprikchalari bilan qoplangan.
Miratsidiy oziqlanmasdan tanasidagi zapas ozuqa hisobiga 36 soat gacha yashaydi.
Trematodalarning
taraqqiyoti
4
davrdan
iborat:
Embriogoniya,
Do'stlaringiz bilan baham: |