A razzoqov, sh. Tashm atov



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/82
Sana06.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#323497
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82
Bog'liq
Iqtisodiy ta`minotlar tarixi.Razzoqov A

kafedr-sotsializm»
 
(kafedradagi sotsializm) deb atalar edi.  Ushbu dasturdagi boshlang'ich 
ta ’Iimni  majburiy  kiritish,  bolalar,  o ‘smirlar  va  ayollar  m ehnatini 
davlat  tom onidan  tartibga  solish,  ishchilam i  kasallik  va  baxtsiz 
hodisalardan sug‘urta qilish, qarilik va mehnat layoqatlarini yo‘qotgan 
chog‘ida nafaqa to ‘lash kabi islohotchilik g ‘oyalari sotsial-demokratlar 
orasida ham keng yoyildi.
G erm aniyada  Luno  Brentano  ham   asosiy  nazariyotchilardan 
hisoblanib, «Yangi tarixiy maktab»ning liberal qanotiga boshchilik qildi. 
0 ‘zining «Klassik siyosiy iqtisod» (1888),  «Tarixda axloq-odob va xalq 
xo‘jaligi»(1894)  nomli asosiy asarlari  bilan  iqtisodiy fan  taraqqiyotiga 
katta hissa qo‘shdi. L.Brentano G.Shmoller kabi iqtisodiyotda axloq va 
huquq omillari belgilovchi rol o ‘ynaydi deb hisoblab,  ishlab chiqarish 
va uning tabiiy va ijtimoiy jihatlariga e ’tibor bermaydi. U ayirboshlash 
konsepsiyasining  tarafdori  bo‘Iib,  realizatsiya  va  ayirboshlash  sharo- 
itlarining o‘zgarishi xo‘jalik turmushida va ishlab chiqarish shakllarida 
belgilovchi  ahamiyatga ega bo‘ladi  deb  hisoblaydi.  U  o ‘zining  liberal 
«ijtimoiy  inoqlik»  deb  nomlangan  islohotlar  dasturida  ingliz  tred- 
yunionlari  (kasaba  uyushmalari)  tajribalaridan  keng  foydalanishni 
taklif qiladi. Jumladan, kasaba uyushmalari fabrika qonunlari yordamida 
ishchilar  o'rtaga  tashlagan  talablami  qondirishda  foydalanish  bilan 
birga uy-joy qurilishi va  matlubot  kooperatsiyalarida ham turli  masa- 
lalami hal etishda keng foydalanishlari  zarur deb hisoblaydi.
Yangi  tarixiy  maktab  B rentano  tim solida  o ‘zining  yuksak 
cho‘qqilariga  yetgani yo‘q edi.  Uning ijtimoiy to ‘qnashuvlaming oldini 
olishga  qaratilgan  «sinfiy  inoqlik»  nazariyasi  islohotchilik  oqimidagi 
ijtimoiy  maktablar,  institutsionalizm  yo‘nalishi  uchun  asosiy  m anba 
rolini o ‘ynadi,  xolos.
K.Menger  G.Shmolleming  shogirdi  Veraer  Zombart  ham   Yangi 
tarixiy  maktabning  asosiy  vakillaridan  edi.  Berlin  universitetining


professori  Zombart  K.Marksning  olimligini  uning  revolutsionligidan 
ajratib,  mana  shu  ikki  negizning  bir-biriga  zidligi  to ‘g‘risidagi  fikmi 
ko‘tarib  chiqdi.  Shuningdek,  markscha  siyosiy  iqtisodning  iqtisodiy 
kategoriyalarini  chunonchi,  qiymatning  mehnat  nazariyasi  «ishning 
g‘oyasi»  deb  e ’ion  qilindi  va  fikran  mantiqiy  bir  ishdan  iborat  deb 
k o ‘rsatildi.  Zombart  ishlab  chiqarishning  uch  omili  xususidagi  naza- 
riyaning  tarafdori bo‘lib  (kapital,  mehnat,  yer),  antagonistik ziddiyatlar 
va  iqtisodiy  inqirozlaming  muqarrarligini  inkor  etdi.  Uning  fashizmga 
yaqinligi Yangi tarixiy maktab vakillari orasida yagona jiddiy kamchiiik edi.
M aks  Veber  m a’lumotli  va  ko‘pqirrali  olim  edi.  U  falsafa,  tarix, 
sotsiologiya va iqtisodiyot fanlarining rivojiga katta hissa qo‘shdi. Uning 
ijodida  tarixiy  maktab  o ‘zining  eng  yuqori  pog‘onasiga  ko‘tariIdi. 
M.Veber  hammadan  ko‘proq  darajada  noto‘g‘ri  fikrga  asoslangan 
millatchilik va bir taraflama «tarixiy usul»dan ozoddir. 0 ‘zining dastlabki 
asarlarida M.Veber tarixiy fanlarga faqat bayonchilik yetarü emasligini 
ko‘rsatdi. U 
«yuksak benuqson tiplar»
 konsepsiyasini ilgari surdi. Yuksak 
va benuqson  tip  -  bu  o ‘z  mohiyatiga ko‘ra olim shaküantiigan  kon- 
kret  faktlar  va  u  yoki  bu  xalqning  tarixiy  rivojlanish  jarayonlarini 
tushuntirib berishi  uchun  tuzadigan  muayyan  sxemasidir.  M.Veber- 
ning XV-XVI  asrlarda Yevropaning xo‘jalik burilishiga deformatsiya- 
ning  ta’siri  sohasidagi  izlanishlari  fanda  juda  katta  iz  qoldirdi.  Bu 
izlanishlaming markazida «Protestant etikasi va kapitalizm ruhi» asari 
turadi.  Ma’lum m a’noda Veber Zombart amalga oshira olmagan ishni, 
ya’ni  fundamental  tarixiy-iqtisodiy  asami  yaratdi.  Bu  kitob  sayo- 
xatchining  kelajak  haqidagi  yozuvlari  emas,  balki  kosmosdan  turib 
kuzatishi edi.
Qisqacha  xulosalar
F.List va tarixiy maktab namoyandalari o ‘z asarlari va uslubiyatlari 
bilan Germaniyada iqtisod fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar.
List  asarlarining  betakrorligi  va  ilmiy  ahamiyati  xo‘jalik  siyosiy 
m uam m olarini  c h u q u r  tah lil  qilishda  ham da  kam   rivojlangan 
m am lakatlarning  iqtisodiy  rivojlanish  qiyinchiliklarini  oldindan 
ko'rsatib berishda o ‘z o ‘m ini topadi.  F.Listning traktati to‘rtta asosiy 
kitobdan iborat bo‘lib, «Tarix», «Nazariya»,  «Sistemalar» va «Siyosat» 
deb nomlanadi. Birinchi kitobda u Yevropa xalqlarining iqtisodiy tarixini


0
‘rganib,  zarur xulosalar chiqaradi.  Ikkinchi kitob olimning iqtisodiy 
qarashlarining  nazariy  asoslarini  ko‘rsatib  beradi.  Uchinchi  kitobda 
List siyosiy iqtisodning bir nechta tizimlarini ko‘rib chiqadi. Jum ladan, 
merkantilistlar,  fiziokratlar  tizimlari  bilan  bir  qatorda  sanoat  tizim i 
mavjudligini ko‘rsatib o‘ladi.
B.Gildebrandning «Hozirgi  zamon va  kelajakning siyosiy iqtisodi» 
va  K.Knisning  «Tarixiy usul  nuqtayi  nazaridan siyosiy iqtisod»  nom li 
kitoblari  nashr  qilinishi  iqtisodiy  ta’limotlar  tarixida  tarixiy  m aktab 
o‘mini  mustahkam belgilab berdi.
Shunday  qilib,  tarixiy  maktab  vakillari  tarixiy  rivojlanish  ketm a- 
ketligini e’tirof etib, iqtisodiy qonunlami e ’tibordan chetda qoldirdilar. 
XIX  asming  70-yillarida iqtisodiy ta’limotlar tarixi  fanida bir  nechta 
nazariy  maktablar  vujudga  keldiki,  ular  o ‘z  maqsad,  vazifalari  va 
uslubiyatlari bilan o ‘zaro farq qilar edilar.  Germaniyadagi yangi tarixiy 
maktab  ham   xuddi  ana  shunday  y a ’ni,  yangi  yo‘nalishni  ilm iy 
asoslashga  harakat  qilgan  va  klassik  nazariyotchilami  ayovsiz  tanqid 
qilgan nazariy maktablardan biri edi.
Ushbu  maktab  iqtisodchilari  klassiklar  fikriga  qarshi  iqtisodiy 
qonunlaming nisbiy,  tarixiylik nuqtayi nazaridan vaqtincha ekanligini 
hamda  ijtimoiy  va  tabiiy  faktorlarga  mos  ravishda  shartli  ekanligini 
ko‘rsatib berdilar. Shuningdek, klassiklaming «iqtisodiy inson» g‘oyalari 
ham  tanqid  qilinib,  undagi  insonlaming  xo‘jalik  faoliyati  -   xulqiga 
xos kechinmalari (ijtimoiy manfaat, oilaviy g‘amxo‘rlik,  mehribonlik, 
burchni his etish,  urf-odatlar va boshqalar)  e’tibordan chetda qolm a- 
ganligini alohida ta’kidladilar.
Vanihoyat, ular klassik maktabga xos bo‘lgan abstraksiya va deduksiya 
uslublaridan keng foydalanish, o ‘z navbatida, ilmiy kuzatish va induk- 
siya  uslublaridan  yetarli  foydalanmaslikka  asosiy  sabab  ekanligini 
ko‘rsatib  berdilar.  Haqiqatan  ham,  yangi  tarixiy  maktab  olim lari 
qo'llagan  iqtisodiyot fanidagi yangicha  tarixiy  usullar ushbu  m aktab 
erishgan ijobiy yutuqlarga asosiy sababchi edi.
Asosiy  tushuncha va  iboralar
Tarixiy maktab, F.List; millatning ruhi, iqtisodiy ta’limotlar tarixida 
tarixiy usul,  yangi tarixiy maktab,  davlat sotsializmi,  benuqson tip lar, 
pluralizm.


1.  XIX  asming  o ‘rtalarida  Germaniyaning  iqtisodiy  rivojlanishi 
xususiyatlarini aytib bering.
2. F.Listning hayoti va ijodi haqida nimalami bilasiz?
3.  F.List  iqtisodiy  ta ’limotlar  tarixi  fanida  qaysi  yo‘nalishga  asos 
soldi?
4. F.List ta’limotida xo‘jalik taraqqiyotining tarixiy bosqichlari qanday 
ifodalanadi?
5. Tarixiy maktabning asosiy vakillari kimlar? Ular haqida m a’lumot 
bering.
6. K.Knisning tarixiy maktab rivojigaqo‘shgan hissasi va uslubiyatini 
tushuntirib  bering.
7.  Insoniyat taraqqiyotining  B.Gildebrand taklif etgan tizimi qaysi 
xususiyatlari  bilan  ajralib  turadi?
8.  Tarixiy  maktabning  iqtisodiyot  fani rivojiga  qo‘shgan  hissasi va 
yo‘l qo‘ygan kamchiliklari haqida gapirib bering.
9.  XIX asming  70-yillarida  shakllangan  qaysi  nazariy maktablami 
bilasiz?
10.  G.Shmoller  va  L.Brentanoning  iqtisodiy  mavzudagi  asosiy 
asarlari va uslubiyati haqida gapirib bering.
11.  «Ijtimoiy-siyosat»  uyushmasining  asosiy  vazifalari  nimadan 
iborat?
12.  V.Zombart va  M.Vebeming asosiy iqtisodiy asarlari qaysilar?
13.  Eng  yangi  tarixiy  maktab  yoki  ijtimoiy  yo'nalish  nazariy 
maktabining  asosiy  xususiyatlari  nimalardan  iborat?


TO‘RTIN CH I  Q IS M
XIX  A S R   O X IR I  -   XX  A SR LA R D A G I  IQ T IS O D IY  
TA’L IM O T L A R
XIV b o b.  M ARJINALIZM
14.1.  Maijinalizmning  umumiy  ta ’rifi  va  rivojlanish  bosqichlari
XIX  asming  ikkinchi  yarmi  —  XX  asming  boshlarida  iqtisodiy 
ta’limotlaming rivojlanishi (evolutsiyasi) kapitalizm iqtisodiyotida uning 
siyosiy  ustqurmasida  yuz  berayotgan  tub  siljishlami  aks  ettirar  edi. 
XIX asming so‘nggi choragida erkin raqobatning monopoliyaga aylanishi 
iqtisodiyotdagi  eng  muhim  hodisa  b o ‘ldi.  Bu  jarayon  kapitalizm  
ziddiyatlaming,  ayniqsa,  mehnat  bilan  kapital  o ‘rtasidagi  ziddiyat- 
laming chuqurlashuvi va keskinlashuvi bilan ayni bir vaqtda ro‘y berdi. 
XIX asming 70-yillaridan boshlab qiymat nazariyasi va uni ilmiy tahlil 
qilishda ham chinakam inqilobiy o ‘zgarish yuz berib aynan shu davrda 
Yevropaning  bir  nechta  mamlakatlarida  turlicha  nazariy  m aktablar 
shakllandi.  U shbu  maktablar  yaratgan  iqtisodiy  ta ’lim ot  fan d a 
«maijinalizm»  ta ’limoti  deb  nomlanib,  XX  asming  30-yillarigacha 
o‘z mavqeyini saqlab turdi.

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish