A razzoqov, sh. Tashm atov



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/82
Sana06.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#323497
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   82
Bog'liq
Iqtisodiy ta`minotlar tarixi.Razzoqov A

unumli
» va «
unumsiz
» mehnat to‘g‘risidagi ta ’limoti 
«sof mahsulot»  to‘g‘risidagi ta’limot bilan  chambarchas bog‘liq bo ‘lib, 
uning mantiqiy davomi deb hisoblanadi.  Merkantilistlardan farqli ravishda 
ular «sof mahsulot» yaratuvchi  mehnat unumli bo‘ladi, ya’ni qo‘shim- 
cha  qiymatni  yaratadi,  degan  edilar.  Bu  unumli  mehnatning  tabiati 
to‘g‘risidagi masalagaprinsipial to‘g‘ri yondashish yo‘li edi A m m o renta 
qo‘shimcha qiymatning yakka-yu yagona aniq shakli sifatida tan olinganligi 
sababli  dehqon  mehnati  birdan  bir  unumli  mehnat  deb  hisoblanadi. 
Ishlab  chiqarishning  boshqa  sohalaridagi  (sanoatda  ham)  m ehnat 
«unumsiz»,  ya’ni  samarasiz deyiladi.  Bundan dehqonchilik m ehnatini 
boshqa  mehnat  turlariga  qarshi  qo‘yish  asossizdir,  chunki  yollanma 
mehnat  ishlab  chiqarishning qaysi  sohasida qo‘llanmasin,  qo‘shim cha 
qiymat  yaratadi.
F.Kene «so/
mahsulot»
 to ‘g‘risidagi o ‘z qarashlari asosida jam iyatni 
uch sinfga bo‘ladi: unumli sinf (fermerlar), yer egalari sinfi va unum siz 
sinf (bu  sinfni  u  sanoatchilar  sinfi  deb  ham  ataydi).  U num li  sinfga 
dehqonchilikdagi  barcha  xodimlar,  qishloq  xo‘jalik  ishchilari  ham , 
fermerlar  ham,  ya’ni  «sof  mahsulot»  yaratuvchilaming  ham m asi 
kiradi. Yer egalari bu mahsulotning iste’molchilari hisoblanadi, chunki 
ular uni ijara to‘lovi sifatida oladilar. Samarasiz, «unumsiz» sinf vakillari 
esa dehqonchilikdan boshqa tarmoqlarda ishlaydi (sanoat, savdo, xizmat 
sohasi).  U lar «sof mahsulot» yaratmaydilar.
Jamiyatning  sinfiy  tuzilishi  to ‘g‘risidagi  bu  ta’lim otning  asosiy 
kamchiligi  shuki,  F.Kene  yangi  jamiyatning  asosiy  sinflarini  ko ‘ra 
bilmaydi,  to ‘g‘rirog‘i bunga tarixiy sharoit halaqit beradi.  Bu  tizim da 
yollanma ishchilar bilan kapitalistlar birlashtirilgan.  Fransiyada  o ‘sha 
davrda kam bo‘Isa ham, proletariat sinfi mavjud edi, lekin kapitalistik 
munosabatlar rivojlanmaganidan buijua jamiyatining boshqa sinflarga


qarshi tura oladigan mustaqil sinfiga ajralmagan edi.  Sinflar to‘g‘risidagi 
ta ’limotning  bu  kam chiliklaridan  qat’i  nazar,  jam iyatni  sinflarga 
b o ‘lishning iqtisodiy belgilarini aniqlash va iqtisodiy asoslarini ko‘rsa- 
tishga urinish ijobiy voqea hisoblanadi.
Fiziokratlaming muhim xizmatlaridan bin shuki, ular birinchilardan 
b o ‘lib, kapital tushunchasini tahlil qilishgan. Asarlarida bevosita «kapital» 
so ‘zi  qo‘llanilmagan,  am m o  yerlaming  zaxini  qochirish,  ya’ni  yer 
sifatini  yaxshilash,  qurilish,  ot,  plug,  borona uchun  m a’lum tipdagi 
dastlabki avans (bo‘nak) hamda urugMik va ishchi-batraklaiga beriladigan 
avans boshqacha ekanligi aniq belgilanadi. Chunki birinchisiga qilingan 
xarajat  bir necha  yilda bir  marta bo‘lib,  o‘z-o‘zini  asta-sekin  qoplaydi 
(asosiy  kapital),  ikkinchisi  esa  yiliga  yoki  doim  bo‘lib,  har  bir  hosil 
tufayli  qoplangan.  Shu  sababli  F.Kene  ulami  dastlabki  avans  (hoziigi 
zam on nuqtayi nazaridan asosiy kapital) va yillik avans (aylanma kapital) 
deb  atadi.  Bu  g‘oya  A.Smit  tomonidan  rivojlantirildi.  Bu  o‘sha  davr 
uchun  buyuk  kashfiyot  edi.  Shunisi  muhimki,  aylanma  kapital  bilan 
birga asosiy kapital ham doim  harakatda deb qaraladi.  Dehqonchilikda 
qo‘llaniladigan kapitalning moddiy elementlariga qishloq xo‘jaÜgi qurollari 
va inventar, mol, urug‘lik, odamlaming tirikchilik vositalari va boshqalar 
kiritilgan.  F.Kene  merkantilistlardan farqli  ravishda  (ular kapitalni pul 
bilan  aynan  bir deb  hisoblaganlar),  pullaming  o‘zi  emas,  balki  pulga 
olinadigan ishlab chiqarish vositalari kapital hisoblanadi, deydi. Ammo 
kapitalning bu moddiy elementlari umumiy mehnat jarayonining oddiy 
elementlari sifatida, kapitalistik ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan 
ijtimoiy shaklidan ajralgan holda qaraladi, oqibatda kapital abadiy, ya’ni 
tarixiy bo‘lmagan kategoriya deb ko‘rsatiladi.
Ishlab  chiqarish  chiqim lari  (harajatlari)ni  tadqiq  qilish  orqali 
kapitalning  tashkil  etuvchi  qismlarini  ajratish  imkoni  paydo  bo‘ldi, 
bunda kapitalning (oborot) aylanish xarakteri hisobga olindi. Kapitalning 
b ir qismi boshlang‘ich avans (bo‘nak) hisoblanib,  unga qishloq xo‘jalik 
inventari,  qurilish,  mol va boshqalarga ketgan sarflar kiradi,  shulardan 
10 foizi yillik amortizatsiya hisoblangan, yillik avans deb atalgan kapi­
talning  boshqa  qismiga  urug‘lik  olish,  asosiy  qishloq  xo‘jalik  ishlari, 
ishchi  kuchi  uchun  xarajatlar  kiradi.
Boshlang‘ich  avans  bilan  bog‘liq  kapital  sarfi  ishlab  chiqarish  sikli 
b ir qancha (qator yillar) vaqt ichida to la  aylansa, yillik avansga sarflangan 
kapital  bir  ishlab  chiqarish  sikli  (bir yil)  davomida  to ‘la  aylanadi.  Bu


yerda amalda doimiy va aylanma kapital to‘g‘risidagi g‘oya berilgan, ammo 
bu tushunchalar boshqa so‘zlarda ifoda etilgan, xolos.  Shunisi diqqatga 
sazovorki, F.Kene kapitalni asosiy va aylanma kapitalga bo‘lganda'faqat 
ishlab  chiqarish  kapitali  bilan  bog‘lagan  holda  bei^an,  uni  muomala 
kapitali (savdo kapitali) bilan qo‘shib yubormagan. Shu sababli u pul va 
tovami ishlab chiqarish kapitalining biror tarkibiy qismiga kiritmasdan, 
to‘g‘ri fikr yuritgan. Shunday qilib, fiziokratlar asosiy va aylanma kapitalga 
oid muammoni nazariy jihatdan yechishga asos soldilar.
F.Kene  iqtisodiyot  tarixida  takror  ishlab  chiqarish  jarayonini  va 
yalpi  ijtimoiy  mahsulot  muomalasini  butunicha  ko'rsatish  uchun 
birinchilardan bo‘lib urinib ko‘rdi.  U  o ‘sha davr jamiyati fuqarolarini 
uch  sinfga  bo‘ladi:  birinchisi  -   unumli  sinf (fermerlar);  ikkinchisi  — 
mulkdoriar  sinfi  (pomeshchik,  cherkov...)  va  uchinchisi  -   unumsiz 
sinf  (hunarmand,  ishchi  va  savdo  xodimlari).  Bu  jarayon  sxematik 
ravishda  «Iqtisodiy jadval»da  tasvirlangan.  U nda  mamlakatda  ishlab 
chiqarilgan tayyor mahsulotning aylanishi orqali qanday taqsimlanishi 
ko‘rsatilgan,  buning  oqibatida  ishlab  chiqarishning  awalgi  hajmida 
qayta boshlash  uchun  shart-sharoitlar yaratiladi.
«Iqtisodiy jadval»ning bir necha variantlari mavjud. Biri Versalda 1758- 
1759-yillarda chop etilgan.  1894-yilda bu jadvalning boshqa varianti topildi. 
Birinchi  variant  bo'yicha  (2-chizmaga  qarang)  kapital  aylanishi 
quyidagicha  ro‘y  beradi:  qishloq  xo‘jaligida  yaratilgan jami  qimmat  5 
mingga teng bo‘lib,  shundan  3  mingi yemi ishlashga ketgan xarajatdir. 
Fermerlar  yetishtirilgan  mahsulotning  2/5  qismidan  aylanma  kapital 
uchun foydalanadilar,  1/5  qismi unumsiz sinfga sotiladi va unga asosiy 
kapitalni  (asbob-anjomni)  ta’mirlash  uchun  kerakli  asbob-uskuna 
olinadi.  Bu yerda  fermerlar faqat  «boshqarish  uchun  haq olganliklari» 
sababli  unumdor narsa  fermer mehnati  emas,  balki  yerdir.  Qoldiq  esa 
yer egasiga renta sifatida to‘lanadi.
Yer  egalari  o‘zlarining  2  minglik  daromadining  yarmini  sanoat 
tovarlari olishga sarf qiladilar,  «unumsiz sinf»  2  mingga xomashyo va 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotib oladi. Bu jarayon natural ko‘rinishda 
ham namoyon bo‘lishi mumkin.  Bunda 3/5 qism mahsulot muomalaga 
kiritiladi,  undan  xuddi  pul  shaklida  ham  foydalanish  mumkin.  Bu 
jarayon  boshida  fermerlar  iqtisodiyotdagi  2  ming  pul  massasiga  ega 
bo‘ladilar. Yerdan foydalanish huquqiga ega b o ‘lish uchun bu summa 
egalariga  (yer  uiamiki)  beriladi,  ular  esa  bu  summani  oziq-ovqat


mahsulotlari  (1  m ing)  va  sanoat  tovarlari  (1  ming)  olish  uchun 
sarflaydilar;  endi  fermeriar olingan  1  mingni asosiy kapitalni qoplash 
uchun  hunarmandlarga  (unumsiz  sinfga)  beradilar,  ular  esa  olingan 
2  mingni qishloq xo'jalik mahsulotlari olish uchun sarflaydilar. Oqibat- 
da fermeriar 3  ming oladilar va  1  mingni sarflaydilar (qoldiq 2 ming); 
shu yo‘l bilan boshlang‘ich holatga qaytadilar.
«Unumsiz»  sektorning  sof  mahsuloti  0  ga  teng,  yangi  ishlab 
chiqarish sikli boshlanishi bilan 2 ming pul shaklida yana yer egalariga 
(renta)  beriladi.
Barcha  aytilgan  fikrlar  bir  yil  uchundir,  lekin  uni  oylar  bo‘yicha 
ham  tahlil  etish  mum kin.  Bu  hozirgi  davrdagi  taniqli  iqtisodchi 
V.Leontevning  «xarajatlar  -  chiqarishlar»  jadvalini  eslatadi.  Xuddi 
Leontev  tizimidek  m a’lum  boylikni  yaratish  uchun  kerakli  barcha 
omillardan cheklangan aniq nisbatda foydalaniladi, mazkur sektorning 
mahsulot  qiymati  boshqa  sektorning  umumiy  to‘lov!ari  bilan  to ‘la 
qoplanadi.
"Yillik 
Y er egasi 
U nim siz  sin f 
bo'nak" 
darom adi 
b o 'n ak lari
Y er egasi d a ro m a d i va 
boshlang‘ich  b o 'n a k   foizlarini 
to ‘lash  u c h u n  
foydalaniladigan su m m ala r
nung
2  m ing 
2  m ing 
1  m ing
1  m ing 
n û  
1  ming
1  m ine 
*
 
M   m i m ing
Yillik  b o 'n a k la rm in g  
2  ming
qoplanishi________________________
Y akun 
5  m ing
2  ming
Izo h .  S trelkalar xara jatlam in g  yo‘nalishini k o 'rsatad i.
7.1-chizma.  F.Kenening  iqtisodiy jadval  (birinchi  varíanti).


Bundan bir ming kelasi yil uchun aylanma kapitali sifatida reinves- 
titsiya qilinadi.
I -
j  

d   V 

1
Iqtisodyotdagi  uch  tarmoqning  o‘zaro  bog‘liqligi
Ishlab  chiqarish
X а  г i  d 

11 
III
Ishlab chiqarishning  bir 
villik  hajm i
Fermeriar
2
1
2
5
Yer egalari
2
0
0
2
Hunarm andlar
1
1
0
2
Yakuniy  xarid
5
2
2
9
Bu  jadvalda  uch  tarmoq  (sektor)ning  o‘zaro  bog‘liqligi  ko‘rsatib 
berilgan.
Shuni  ta’kidlab  o‘tish  kerakki,  jadvalning  boshqa  variantida  ham 
oddiy takror  ishlab  chiqarish  qarab chiqilgan  (boshlang‘ich va  oxirgi 
holat teng). Hayotda odatda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ro‘y 
beradi.  F.Kenening asosiy vazifasi qirol va yer egalarini jamiyat asosi 
sifatida saqlab qolish edi. Ammo u mulkdorlar sinfini birinchi o'ringa 
qo‘ya  olmas  edi,  chunki  bu  olimning  dehqonchilikning  ustunligi 
haqidagi fiziokratik konsepsiyasiga qarshi chiqar edi.  Bundan tashqari, 
u  asosiy  tamoyilni  -  sinflaming  ishlab  chiqarish  vositalariga  muno- 
sabatini inkor etadi.
Jadvalda  F.Kene  iqtisodiy  ta ’limotining  asosiy  tomonlari:  uning 
«sof mahsulot»  va  «kapital»,  unumli  va  unumsiz  sinflar  to ‘g‘risidagi 
ta’iimoti  aks  etgan;  unda  muallifning  kapitalistik  ishlab  chiqarish 
usulining himoyachisi sifatidagi sinfiy pozitsiyasi ham  ko‘rinib turibdi. 
F.Kene  takror  ishlab  chiqarish jarayonini  tahlil  qilishga  kirishganda 
baholaming  o ‘zgarmasligini  asos  qilib  oladi  (bunda  almashuv  ekvi- 
valentlik tamoyili asosida ro ‘y beryapti deb faraz qilinadi).  Bu jarayon 
tashqi bozordan abstraksiya qilinadi (ya’ni bu hodisa faqat ichki bozor 
sharoitida ro‘y beryapti deb qarash kerak).
Qishloq xo‘jalik yilining hosil yig'ib olish tugallangan davri muomala 
(aylanish)  momentining  boshlang‘ich  punkti  qilib  olingan.  Deh- 
qonchilik yalpi mahsulotining qiymati 5 mlrd. livr (1799-yilgacha amal 
qilgan o ‘sha davrdagi  Fransiya pul birligi) bo'lib (4 m lrd.  oziq-ovqat,


1  mlrd.  xomashyo),  u  unumli  sinf vakillariga  (fermerlarga)  tegishli, 
shundan  1  mlrd. sarflangan asosiy kapital qiymatini qoplaydi. Jami aso* 
siy  kapital  («boshlang‘ich  avans»)  10  mlrd.  livrga teng  deb  qabul qi- 
linsa,  u ta ’mirlashga  (amortizatsiyaga)  muhtoj,  ya’ni har yili o ‘zining 
boshlang‘ich qiymatiga nisbatan  10 foiz yeyiladi (eskiradi) deb hisob- 
lanadi. Aylanma kapital («yillik avans») 2 mlrd. «sof mahsulot» qiymati
2 mlrd.  «unumsiz sinf» o ‘tgan davr mobaynida ishlab chiqilgan 2 mlrd 
livrlik mahsulotga ega.
Shunday qilib, yalpi ijtimoiy mahsulot 7 mlrd. liviga teng (5 mlrd. + 
2 mlrd.).  U ndan  tashqari,  fermerlar qo‘lida naqd  2  mlrd.  livrpul ham 
bor (5 mlrd.  +  2 mlrd. + 2 mlrd. =  9 mlrd.), ularbu summani muomala
-  aylanish  boshlanguncha  yer  egalariga  ijara  haqi,  ya’ni  renta  to‘lab 
qo‘ygan edilar.
Xo‘sh,  bu  variantda  yaratilgan  mahsulotning  realizatsiya va  ay­
lanish jarayoni qanday amalga oshadi? «Iqtisodiy jadval»ning shart- 
lariga ko‘ra bu jarayon besh aktdan iborat bo‘lib, har biri  1  mlrd. livr­
ga teng.
1.  Mulkdorlar «unumli sinf»dan  1  mlrd. livrlik oziq-ovqat mahsulot- 
lari sotib oladilar. Natijada bu operatsiyada qishloq xo‘jaligi mahsuloti- 
ning  1/5  qismi  realizatsiya  qilinadi,  yer  egalarining  mulki  muomala 
sohasidan iste’mol sohasiga o ‘tadi.
2. M ulkdorlar «unumsiz sinf»dan  1  mlrd. livrlik sanoat mahsulotlari 
sotib  oladilar.  «Unumsiz  sinf»  shu  bilan  o ‘z  mahsulotining  yarmini 
realizatsiya qiladi.
3.  «Unumsiz  sinf»  mulkdorlardan  oigan  puliga  «unumli  sinf»dan 
iste’mol uchun kerakli mahsulotni oladi. Shu yo‘l bilan qishloq xo‘jaligi 
mahsulotining yana 1/5 qismi realizatsiya qilinadi.
4.  «Unumli  sinf»  «unumsiz  sinf»dan  oigan  1  mlrd.  livrga  uning 
o‘zidan («unumsiz sinf»dan) shuncha pulga ishlab chiqarish qurollarini 
oladi.  U lar asosiy kapitalning yeyilgan, ishdan chiqqan elementlarini 
qayta tiklash uchun kerak. Bu operatsiya oqibatida («unumsiz sinf»ning) 
sanoat mahsulotining ikkinchi yarmi realizatsiya qilinadi.
5.  Aylanish jarayonining  beshinchi,  yakunlovchi  aktida  «unumsiz 
sinf» «unumli sinf»dan  1  mlrd livrlik qishloq xo‘jalik xomashyosi xarid 
qiladi.
Umumiy  ijtimoiy  mahsulotning  aylanish  natijalariga  ko‘ra  sinflar 
o‘rtasida 3 mlrd livrlik qishloq xo‘jalik mahsuloti va 2 mlrd livrlik sanoat


F e im eriar 
(u n u m li sinl) 
5  m lrd.
M u lk d o rlar 
(yer egalari) 

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish