A razzoqov, sh. Tashm atov



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/82
Sana06.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#323497
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   82
Bog'liq
Iqtisodiy ta`minotlar tarixi.Razzoqov A

besh sinf
 mavjud, bu haqiqatga 
yaqindir.  U yollanma  ishchida qo‘l kuchidan boshqa ishlab chiqarish 
vositalari  yo‘qligini  ochib  beradi,  kun  kechirish  uchun  u  o ‘z 
mehnatini  boshqalarga  sotishi  zarurligini  ko‘rsatadi.  A.Tyurgoning 
bunday  fikrga  kelishida  vaqtning ham  ta’siri bor,  chunki u  Kenedan 
keyinroq yashadi.
Tyurgoning ta’limotida pul, qiymat, sinflar va daromad nazariyalari 
tahlil etiladi.
Uning  fikricha,  oltin,  pul  ham,  agar  ular  miqdori  oshib  ketsa, 
boshqa  tovarlar  kabi  o ‘z  qimmatini  (foydalilik-  naflik)  yo‘qotishi 
mumkin  (marjinalistik  g‘oya).  Pulning  miqdori  jamiyatdagi  ishlab 
chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlarga mos kelishi shart.  U shuni qayd 
etadiki,  «milliy  boyligi»  bu,  awalo,  yerlar va  ulardan  olinadigan  «sof 
mahsulot»dir.
Bu  olim  ham  qiymatning  sarf-xarajat  konsepsiyasini  qo‘Uaydi. 
Noyoblikka e’tibor berib,  tovar xarid etishda eng muhim element deb 
qaraladi (marjinalizm mavzusiga qarang).


A.Tyurgo boshqalar kabi erkin sohibkorlik m ehnatini qo‘llab-quv- 
vatladi, dehqonchilik qo'shimcha, ya’ni sof mahsulot manbayi ekanli- 
gini  (bu  fikr Keneniki)  tan  oigan  holda  sanoat  va  savdoga ham  ko‘p 
e’tibor qiladi.
U kapitalni Kenega nisbatan ancha chuqur va to ‘la tahlil etdi. Kene 
kapital  deganda  asosan  natural  (mahsulot)  shaklidagi  bo ‘naklar 
summasi  (xomashyo,  mehnat  haqi  va  boshqalar)ni  tushungan,  shu 
sababli uning tizimida kapital jamiyatdagi sinflar o ‘rtasidagi mahsulotlar 
taqsimoti  muammosi  bilan  chambarchas  bog‘lanmagan.  Kenening 
tizimida  foyda,  o ‘rin  yo‘q,  kapitalist  faqat  «ish  haqi  oigan»,  bu  «ish 
haqi»ning qanday vujudga kelishi ham tahlil etilmagan.
Bu sohada A.Tyurgo ancha ilgarilab ketadi.  U foydani chetlab o ‘ta 
olmaydi,  hatto  to‘g‘ri  tuyg‘u  asosida  uni  tadqiq  etishni  sanoat kapi- 
talistidan boshlaydi; bu yerda foydaning kelib chiqishi, haqiqatan ham, 
aniqroq ko‘rinadi. Vaholanki, boshqa fiziokratlar (Kene ham) «barcha 
ortiqcha mahsulot yerdan kelib chiqadi» degan no to ‘g‘ri aqidaga asos- 
ianadiiar.
U o‘z ustozlari va maslakdoshlaridan «tabiiy tartib» konsepsiyasini 
buzayotganligi uchun kechirim ham so‘rab qo‘yadi,  chunki u tahlilni 
sanoatdan  boshlaydi  va  dehqonchilikni  keyin  qarab  chiqadi.  Ammo 
uning  uzri  noo‘rindir,  aksincha  u  m uam m oni  yechishga  to ‘g‘ri 
yondashgan; yollanma ishchi kuchidan foydalanuvchi fermer kapitalist 
o ‘z  kapitalidan  kam  deganda  xuddi  fabrikant  singari  foyda  olishi  va 
renta  sifatida  yer  egasiga  berishi  kerak  bo'lgan  m a’lum  ortiqcha- 
(qo‘shimcha)ni ham olishi kerak.
Eng  ajoyib  teorema  62-tezis bo‘lib,  unga  ko‘ra  ishlab  chiqarishga 
q o ‘yilgan  kapital  o 'z-o ‘zidan  ortib  borish  qobiliyatiga  egadir.  Xo‘sh, 
o ‘z-o‘zidan ortib borish darajasi va nisbatlari nim a bilan belgilanadi?
A.Tyurgo  kapital  tom onidan  yaratiladigan  m ahsulot  qiymati 
nimadan iborat ekanligini tushuntirmoqchi bo‘ladi (aslida kapital emas, 
balki mazkur kapital asosida harakatga keladigan m ehnat yaratuvchidir). 
Avvalo,  uning  fikricha,  m ahsulot  qiy m ati  k a p ita l  sarflarini, 
shuningdek,  ishchilaming  ish  haqini  qoplashi  kerak.  Qolgan  qismi 
(aslida qo‘shimcha qiymat) uch qismga ajraladi: birinchisi, foyda bolib, 
kapitalist pul kapitalining egasi sifatida «hech qanday mehnatsiz» olishi 
mumkin bo‘lgan daromadga teng.  Bu ssuda (pul) foiziga mos foydadir. 
Foydaning ikkinchi qismi fabrika yoki ferma ochishga tavakkal qilgan


kapitalistning «mehnati, tavakkalchiligi va san’atini» to‘lashga sarf etiladi. 
Bu tadbirkorlik  daromadidir.  Shunday  qilib,  A.Tyurgo sanoat foyda- 
sining ssuda va funksional kapitalga bo'Iinishini ko‘rsatib berdi. «Agar 
pul foizi past bo ‘lsa, bilingki, bu kapitalning ortiqchaligi oqibati ham- 
dir»,  -  deydi  u.
Foydaning  uchinchi  qismi  rentadir.  U  faqat dehqonchilikda band 
kapitalistlar uchun mavjud. So‘zsiz> bu tahlil iqtisodiyot fanida aytilgan 
yangicha g'oyadir.
Ammo  olim ning keyingi  fikrlari  izchil bo‘lmay, yana fiziokratizm 
qobig‘iga  qaytadi.  Boshida  foydani  foizdan  chiqaradi,  bu  minimum 
bo‘Iib, unga har bir kapitalist egalik qilish huquqiga ega.
Agar kapitalist idorasida xotiijam o'tirmasdan fabrikaning faoliyatiga 
yoki  qishloq  xo‘jaligida  batraklar ishiga boshchilik qilsa,  unga  o'ziga 
xos  qo‘shim cha  maosh  beriladi.  Foiz  oxir-oqibatda  yer  rentasiga 
tenglashtirüadi, chunki kapital bilan eng oson bajariladigan operatsiya 
bu  yer  uchastkasi  olish  va  uni  hech  tashvishsiz  ijaraga  topshirishdir. 
Endi  qo'shim cha  qiymatning  asosiy  shakli  yer  rentasi  bo‘lib  qoldi, 
qolgani esa uning hosilalaridir. Yana butun jamiyat faqat yer yaratadigan 
«ish haqida o ‘tirgan» bo‘Iib chiqadi.
Yuqorida  aytilganidek,  A.Tyurgo  nazariyotchi  olim  bo‘lishdan 
tashqari amaliyotchi amaldor edi.  U qirol Ludovik XVI davrida moliya 
vaziri  bo‘lib  ham   ishladi,  o‘zining bir  qancha  ilg‘or g‘oyalarini  ilgari 
surishga intildi.
U birinchi b o ‘lib davlat moliyasini soglomlashtirishga harakat qildi, 
bu sohada uzoq muddatli dastur tuzib chiqdi, unga ko‘ra yer egaligidan 
tushadigan daromadlardan olingan soliqlar tizimi tugatilishi kerak edi. 
Umuman,  u  sanoat  va  savdodagi  odil  bo‘lmagan  soliqlami  tartibga 
solishga kirishdi.  Ü  budjet chiqimlarini cheklashga intildi, bundan saroy 
xodimlarining  ortiqcha  sarf-xarajatlarini  keskin  kamaytirish  m oljal- 
landi va bu sohada m a’lum yutuqlarga erishildi.
A.Tyurgoning  muhim  muvaffaqiyatlaridan  biri  shuki,  u   don  va 
unga erkin savdoni kiritdi, bu sohadagi monopoliyaga chek qo‘ydi. Bu 
ishlar  nihoyatda  og‘ir  kechdi,  chunki  feodalizm  ildizlari  hali  kuchli 
edi,  bu kuchlar yangilikka  tish-tirnog‘i  bilan  qarshi turdi.
ATyurgo  1776-yilning  12-mayida  (yilga  e’tibor  bering,  shu  yili 
ASm itning  «Xalqlar  boyligi»  asari  chop  etildi)  iste’foga  chiqishga 
majbur  bo‘ldi.  Eski  tuzum  davom  etdi,  barcha  ijobiy  ishlar  inkor


etildi,  demak,  hali  ularni  amalga  oshirish  uchun  kerakli  shart- 
sharoitlar  mavjud  emas  edi.
1778-yili A.Tyurgo amerikalik do‘sti Franklinga atab o ‘zining so‘nggi 
iqtisodiy asari bo'lgan  «Soliqlar to ‘g‘risidagi esdaliklar»ini yozadi.
Olimning zamondoshi  E.Kondilyak  (1715-1780)  tom onidan  1776- 
yilda qimmatga oid subyektiv qarash ilgari surildi. Uning fikricha, qimmat 
bu buyumda emas, balki unga biz berayotgan bahoga bog‘liq.  Bu baho 
esa bizning talab -  ehtiyojlarimizga bog‘liq: baho ana shu talabga qarab 
yo  ortadi, 
yo
  pasayadi.  Narsalaming  qimmati  uning  noyobligi  bilan 
oshadi va mo‘lligi bilan pasayadi. Deyarli 100 yil aw al aytilgan bu g‘oya
XIX  asr 70-yillarida maijinalistlar tomonidan  isbotlandi.  Iqtisodchilar 
butun  asr  davomida  qiymatning  insonlar  xohishidan  q at’iy  nazar, 
substansiyasi  (obyektiv asosi)  nimada degan savolga javob izladilar.  Bu 
kashfiyot fiziokratlaming savdo (almashuv) sohasida boylik yaratilmaydi, 
chunki almashuvda  teng  qiymatlar  almashadi degan g ‘oyalarini chip- 
pakka chiqardi. Aksincha, bozorga  o‘ziga kerakmas buyum bilan kelgan 
xaridor o‘ziga ko‘proq foydali boylikni olib qaytadi.
7.4.  Fiziokratizmning  ahamiyati  va  uning tarixiy  taqdiri
A.Smit  o‘z  vaqtida:  «Fiziokratizm  tizimi  qanchalik  nomukammal 
bo‘lmasin, shu dav/gacha chop etilgan iqtisodiy g‘oyalar ichida haqiqatga 
eng  yaqini  edi»,  -  deb  aytgan.  Bu  ta’limotning  merkantilizmni  inkor 
qilishi,  mehnat bilan yer boylikning asosi  ekanligini ta n  olishi,  savdo- 
sotiqda  bojxona  cheklovlarini  olib  tashlashni  taklif  etishi  nihoyatda 
muhimdir. Fiziokratlar boylik tezisi to‘g‘risida fikr yuritib, boylik jamiyat 
mehnati bilan  har yili  yaratiladigan iste’mol qiymatlaridir,  deydilar.
Bu tezis ham A.Smit tom onidan qabul qilingan.  Ishlab chiqarish va 
ta q sim o t  jarayoniga  xos  um u m iy   m eh n at  d o k trin a s i,  ishlab 
chiqarishning  takroriyligiga  alohida  urg‘u  berilishi  k atta  yutuq 
hisoblanadi. Kapital va uning ikki qismga ajratilishi (asosiy va aylanma), 
takror  ishlab  chiqarish,  erkin  sohibkorlik  to ‘g ‘risidagi  g‘oyàlar, 
jamiyatning sinflarga ajratilishi iqtisodiy ta’limotlaming rivojida keyingi 
muhim  qadamdir.  Hozirgi  zam on  tili  bilan  aytganda,  fiziokratlar sof 
bozor munosabatJarining  unsurlarini,  asosan,  to‘g‘ri  hal  etib berdilar. 
Ulaming  mehnat bilan birga  yemi  boylik asosi  deb  qabul qilinishida


davr  ta ’siri  kuchlidir.  Chunki  mamlakatdagi  asosiy  sinf  dehqonlar 
bo‘lib, asosiy boylik qishioq xo‘jaligida yaratilayotgan edi.
F.Kene  misoüda  uch  sektor  o ‘rtasidagi  munosabatlar  keltirilgan. 
Amalda,  ayniqsa,  hozirgi  davrda  esa  bu  sektorlar  miqdori  xiyla  ko‘p 
bo‘lib,  ular o ‘rtasidagi  aloqalar V.Leontevning  «xarajatlar  -  chiqarish» 
tizimida  N   ta  tarmoq  uchun  ishlab  chiqilgan.  Ko‘rinib  turibdiki,  bu 
g‘oyaning kurtaklari fiziokratlaming asarlarida ko‘ringan. Hoziigi davrda 
bu  tarmoqlararo  baians  deb  yuritiladi  va  u  makroekonomik  tahlilda, 
umuman, iqtisodiyotda muhim ahamiyatga egadir. 0 ‘sha paytda bo‘lajak 
iqtisodiy modellaming asoslari vujudga kelgan edi. Bu g‘oya klassik iqtisodiy 
maktab ta ’limoti zanjirining muhim ajralmas qismi sifatida muhim o‘rin 
egallaydi.  Shu bilan birga,  hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlari nuqtayi 
nazaridan fîziokratizm g‘oyalari o ‘z ahamiyatini tezda yo‘qotdi va o‘tkinchi 
xarakterga  ega  bo‘ldi,  chunki jahon  ijtimoiy  va  iqtisodiy  hayotidagi 
o ‘zgarishlar  nisbatan  mukammal  g‘oyalar  ishlab  chiqilishi  zarurligini 
taqozo  etdi  va  bu  amalda  ro‘y  berdi.  Ayniqsa,  boylikning  asosi  (sof 
mahsulot)  faqat qishioq xo‘jaligi sohasi bilan chambarchas bog‘liq qilib 
cheklab qo ‘yilganligi to‘g‘risidagi xato tez namoyon bo‘lib qoldi, sanoat 
inqilobi natijasida ro‘y bergan o ‘zgarishlar tufayli fîziokratizm g‘oyalari 
unutilayozdi.
Qisqacha  xulosalar
XVIII  asming  o ‘rtalarida  Fransiyada iqtisodiy  ta’limotlar tarixida 
fîziokratizm  yo‘naIishi  yuzaga  keldi.  Bu  ta’limot  klassik  iqtisodiy 
m aktabning  tarkibiy  qismi  sifatida  muhim  ahamiyatga  egadir.  Bu 
oqimning  asosiy  vakillari  F.Kene  va  ATyurgo  mamlakatdagi  o‘sha 
davr  iqtisodiy  holatini  har  tom onlam a  tahlil  etib,  iqtisodiyotning 
muhim kategoriyalari bo'yicha qimmatli fikrlar berdilar.  Ular fermer- 
lami himoya qilgan holda,  aw alo,  merkantilizmdan voz kechib, boy- 
likning asosiy manbayi  mehnat va  yer ekanligini  ko‘rsatdilar.  «Tabiiy 
tartib» konsepsiyasi asosida «unumli mehnat», «sof mahsulot», kapital 
to‘g‘risidagi  ta ’limotlar ilgari  surildi.  Kapitalistik munosabat,  xususiy 
mulk, erkin baholar, erkin raqobat, davlatning iqtisodga kam aralashuvi 
«tabiiy hol» deb tan olindi.
U lam ing  fikricha,  qiymat  iste’mol  qiymati  bo‘lib,  hatto  tabiat, 
yer in’omi sifatida talqin etiladi.  Dehqonchilikdan boshqa sanoat, savdo


va  xizmat  tarmoqlari  unumsiz  soha  deb  qaraladi.  Bunday  n o to ‘g ‘ri 
fikming  paydo  bo‘lishi  Fransiyaning  o ‘sha  davrdagi  iqtisodiy  ahvoli 
(agrar mamlakat)  bilan bog‘liqdir.  Kapital  tushunchasining kiritilishi 
va  uning  boshlang'ich  va  yillik  bo'nak  kabi  ikki  qismga  b o ‘linishi 
iqtisodiyot tarixida muhim qadamdir. Shundan doimiy va aylanma kapital 
g‘oyalari ham kelib chiqadi.
F.Kenening  «Iqtisodiy jadval»  asarida jamiyatdagi  sinflar masalasi 
ko‘tariladi,  ammo  bunda ba’zi  kamchiliklar bor, uni A.Tyurgo  rivoj- 
lantirib,  o ‘sha  davr  uchun  to ‘g‘ri  qisqacha  xulosalarlar  chiqaradi. 
Takror (uzluksiz)  ishlab chiqarish jarayoni va yalpi ijtimoiy m ahsulot 
muomalasi  birinchi  bor  kun  tartibiga  qo‘yiladi.  Oddiy  takror  ishlab 
chiqarish chizmasi beriladi va tayyor mahsulotning aylanish tamoyillari 
ko‘reatiladi, bu o ‘sha davr uchun katta kashfiyot edi. Tarmoqlar, y a’ni 
sektorlararo  taqsimotning  aniq  proporsiyalari  bo'lishi  zarurügi  qayd 
etiladi,  m a’lumki bu tamoyil hozirgi davrda ham muhim.
Olim  va  davlat  arbobi  A.Tyurgoning  iqtisodiy  g'oyalari  an ch a 
mukammal bo‘lib,  o ‘sha davrdagi jam iyat va iqtisodiyotdagi jarayon- 
lami  ancha  izchil  tahlil  etadi  va  sanoatda  kapitalistlar  va  yollanm a 
ishchilar mavjudligi hamda beshta sinf borligi e’tirof etiladi.
A.Tyurgo sanoat va xizmat sohalariga ijobiy yondashadi.  U   kapital 
va qo‘shimcha  mahsulot  (qiymat)  masalalarini  ancha m ukam m al  hal 
etadi, sanoat, ssuda va kapital haqida fikryuritadi, lekin oxir-oqibatda 
fiziokratizm qobig‘idan chiqa olmaydi, qo‘shimcha mahsulotning asosiy 
shakli yana yerga, yer rentasiga qaytadi. A.Tyurgo moliya vaziri sifatida 
bir  qancha  iqtisodiy  islohotlami  o ‘tkazishga  erishadi.  A mm o  m am - 
lakatdagi  ijtimoiy  tuzum  bu  islohotlarga  to ‘siq  edi.  Hozirgi  davr  tili 
bilan  aytganda,  fiziokratlar  sof  bozor  munosabatlarini  qo ‘lladilar, 
ammo ulaming g‘oyasi, asosan, qishloq xo'jaligi bilan cheklab q o ‘yildi, 
barcha fíkrlarda mukammallik yetishmas edi.  Bu vazifalar esa keyingi 
olimlar tomonidan hal etildi.
Asosiy  tushuncha  va  iboralar
Fiziokratizm,  F.Kene,  tabiiy  tartib  konsepsiyasi,  erkin bo zo r  m u- 
nosabatlari,  unumli  va  unumsiz  m ehnat,  sof mahsulot,  kapital,  «Iq­
tisodiy jadval», oddiy takror ishlab chiqarish, A.Tyurgo, qiymat tarkibi, 
sof bozor  iqtisodiyoti,  sinflar,  E.Kondilyak,  subyektiv  o‘lchov.


1.  Fiziokratizm so‘zining mazmuni va bu ta’Iimotning asosi nima, 
uning  muhim  xususiyatlari  nimadan  iborat?
2. F.Kene hayoti va ijodining o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsatib bering. 
U   qaysi sinf manfaatlarini  himoya qiladi?
3. «Tabiiy tartib» konsepsiyasi, «sof mahsulot», «unumli» va «unum- 
siz»  mehnat,  «unumli»  va  «unumsiz»  sinf,  «qo‘shimcha  mahsulot» 
tushunchalariga xarakteristika bering.
4.  F.Kenening  asosiy  asarining nomi nima,  u  qachon yozilgan va 
asosiy  mazmuni  nim adan  iborat?  Takror  ishlab  chiqarish  jarayoni 
qanday sikllardan o‘tadi? Jadvalni izohlab bering.
5.  Kapitalga qanday izoh beriladi, uning bo‘lak!ari jadvaida nimani 
bildiradi?
6.  Nima  uchun  va  qanday  sabab  bilan  sanoat  sohalari  «unumsiz» 
deb sanaladi?
7.  F.K enening  qaysi  g ‘oyalaridan  hozirgi  davi  iqtisodchilari 
tom onidan foydalanmoqda?
8. A.Tyuigoning hayoti va ijodidagi asosiy xususiyatlar nima? Uning 
bosh asari qanday  nomlanadi va u  qachon yozilgan?
9.  A.Tyurgo  jamiyatni  qaysi  sinflarga  bo‘ldi?  Uning  F.Kenedan 
farqi  nimada?  Qaysi  olimning  fikri to ‘g‘riroq?
10.  A.Tyurgo  tom onidan  kapitalning  izohi,  ishlab  chiqarishga 
q o ‘yilgan  kapitalning  o ‘z -o ‘zidan  o ‘sib  borish  qobiliyati  qanday 
tushuntiriladi?
11.  Olim  davlat  xizmatchisi  sifatida  qanday  islohotlami  amalga 
oshirmoqchi bo‘ldi?
12.  Fiziokratizm ta ’limotining kamchiliklari nimadan iborat?
13.  Fiziokratizmning  ahamiyati  va tarixiy taqdiri  to*g'risida  nima 
deya  olasiz?  E .K ondilyakning  dastlabki  m aijinalistik  g‘oyalari 
nimalardan  iborat?


V ra   b  o  b.  A.  SM ITNING  IQ TISO D IY   TA’LIM OTI 
(2-bosqich)
8.1.  Klassik  maktab g‘oyalari  shakJlanishining  tarixiy shart- 
sharoitlari.  Klassik  iqtisodiy  maktabning  to ‘la  shakllanishi
XVIII asming ikkinchi yarmida klassik iqtisodiy maktab britaniyalik 
olimlar A.Smit va D.Rikardo asarlarida eng yuksak cho‘qqiga ko‘tariIdi. 
Bu  hol  tasodifiy  emas  edi,  chunki  bu  olim lar  yashab  ijod  etgan 
davrda Angliyada  chuqur iqtisodiy, sotsial va siyosiy o ‘zgarishlar ro ‘y 
berayotgan edi.
XVIII 
asming  ikkinchi  yarmida  «Texnik  yo‘nalishda»gi  ishbi- 
larmonlarguruhi iqtisodiyot tarixida butunlay yangi insonlami vujudga 
keltirdi.
Sanoat  inqilobi  dastlab  yengil  sanoatda,  xususan,  to ‘qimachüik 
sohasida boshlandi va mashinasozlik vujudga kelishi bilan nihoyalandi. 
J.Key to‘quv mokisini,  1733-yilda J.Xargrivs o ‘z qizining nomi bilan 
atalgan «
Jenni
» mexanik to ‘quv dastgohini kashf etdi. Mexanik K.Vud 
uni  1772-yilda  takomillashtirdi,  1783-yilda  esa  S.Krompton  «myul- 
mashina»ni  yaratdi,  1785-yilda  E.Kartrayt  mexanik to‘quv stanogini 
ijod  qildi,  bu  dastgoh  40  odamning  ishini  bajarardi.  R.Arkraytning 
to ‘quv  mashinasi  esa  bu  sohaning  unumdorligini  keskin  oshirdi.
Ishlab  chiqarishning energetik bazasi  qo ‘l  va  suv  oqimidan  1782- 
yilda J.U att tomonidan ishlab chiqilgan bug‘ mashinasi ixtiyoriga o‘tdi. 
Bu mashina asosida  1805-yilda bug‘  kemasi-paroxod yaratildi,  1811- 
yilda J.Stefenson parovoz yasadi,  1830 yilda esa Manchester-Liverpul 
ternir  yo‘li  qurildi.
Metallurgiya  sohasida  1735-yilda  A.Derbi  pistako‘mir  o ‘m iga 
toshko‘mirdan foydalanib, domna pechidan nisbatan sifatli va ko‘proq 
miqdorda metall olish yo‘lini topdi. J.Uilkinson hamma narsa, ko‘prik, 
quvur va hatto  paroxod ham  metalldan bo‘lishi kerak,  degan g‘oyani 
ilgari  surdi.
n i


Sanoat inqilobi iqtisodiyot va ijtimoiy hayotda keskin o‘zgarishlarga 
olib keldi.  1701 -1802-yillar oralig'ida to‘qimachilik rivoji tufayli Angliya- 
da  paxta  tolasidan  foydalanish  6000  foizga  o‘sdi.  1788-1838  yillarda 
cho‘yan eritish  68  ming tonnadan  1347 ming tonnagacha oshdi.
Fransiyada  1815-yiIdan  keyingi  30  yil  ichida  temir  olish  5  marta, 
toshko‘mir  qazish  7  marta,  yuk  tashish  hajmi  10  marta  ko‘paydi. 
Vaholanki,  A.Smit  davrida  Shotlandiyaning  ayrim joylarida  mix  pul 
o‘mida ishlatilgan.  Bu o ‘zgarishlar, ya’ni texnikaning kirib kelishi buyum
-  tovarlar  turini  keskin  oshirdi,  ilgari  ayrim  odamlaigagina  tegishli 
bo‘lgan narsalar kundalik buyumlarga aylanib qoldi. Asta-sekin kapitalizm 
hayot  darajasining  o ‘sishiga  olib  keldi,  moddiy  ne’matlar  tun  tizimli 
ravishda ko‘paydi,  sifati  yaxshilandi,  eng muhimi, bu  imkoniyatlardan 
jamiyatning  aksariyat  qismi  foydalandi.
8.2.  A.  Smitning  iqtisodiy  g'oyalari.  Uning  «Xalqlar boyligi...» 
asaridagi  iqtisodiy  qarashlar
Adam Smit (1723-1790) Shotlandiyaning Kerkoldi shahrida bojxona 
amaldori  oilasida  dunyoga keldi.  Glazgo va Oksford universitetlarida 
ta’lim oldi.
U  1766-yilda  o'zining  bosh  asan  -  «Xalqlar  boyligining tabiati  va 
sabablari  to ‘g‘risidagi  tadqiqot»ni  yozishga  kirishdi.  Asar  1776-yil 
martda  Londonda  chop  etildi.  Asarda  insoniyat  tomonidan  ilgari 
yaratilgan  iqtisodiy  bilimlar  mujassamlashtirildi  va  umumiy  nazariy 
prinsiplar  asosidanisbatan  batartib  iqtisodiy fanlar  tizimigaaylandi.
A.Smitning  bu  asari  besh  kitobdan  iborat  bo‘lib,  birinchisida 
qiymat va qo‘shimcha daromad muammolari tadqiq etildi, ikkinchisida
- kapital jam g‘arilishining shakllanishi davrida Yevropaning iqtisodiy 
rivojlanishi,  uchinchisida  -  turli  xalqlarda  farovonlik,  kapitalizm 
taraqqiyotining tarixiy shart-sharoitlari, to‘rtinchisida - merkantilizm 
va  fiziokratlaming  ta ’limotiga  munosabati,  beshinchisida esa  davlat 
moliya tizimi tadqiq etilgan. Asar A.Smit tirikligida to ‘rt marta, o*li- 
midan  so‘ng  uch  marta  nashr  etildi.  Asarga  Angliyadagina  emas, 
chet ellarda ham qiziqish ortdi. Rossiyada bu asaming taijimasi birinchi 
marta  1802- 1805-yillarda chop etildi.
ASmit 1778-yilning boshida Edinbuigda bojxona komissari lavozimiga 
tayinlandi va umrining oxirigacha shu yerda ishladi.


A.Smit tomonidan tadqiq etilgan insonning tabiati,  inson va jamiyat 
orasidagi munosabat klassik maktab qarashlarlning asosini tashkil etadi. 
Bunda  «iqtisodiy  odam»  tushunchasi  keyinroq  paydo  bo'lishiga 
qaramasdan,  uning  kashfiyotchilari  A.Smitga tayanganlar.
A.Smitning  tadqiqot  predmeti  va  metodologiyasi
Jam iyatning  iqtisodiy  rivojlanishi  va  uning  m oddiy-turm ush 
darajasini  oshirish  muammolari  A.Smit  tadqiqotining  predmctini 
tashidl etadi.  Qanday shart-sharoitlar va qanday qilib insonlar yuqori- 
roq  moddiy  turmush  darajasiga  erisha  oladilar  degan  fikr  asaming 
asosiy g‘oyasini aks ettiradi.  Iqtisodiy o ‘sishning pul shakli inkor etiladi 
va  asosiysi  moddiy  ne’matlar  yaratish  deb  qaraladi,  bular  esa  faqat 
ishlab  chiqarish  sohasida  yuzaga  keladi  va  shu  sababli  ustuvor  deb 
hisoblanadi. Ammo qaysi (sanoat, qishloq xo‘jaligi) soha afzalligi aniq 
aytilmaydi. Asaming 2-kitobida dehqonchilikka kapital qo‘yish yaxshiroq 
samara  beradi  deb  uqtiriladi.  lqtisodiyot  rivojlanishi  bilan  sanoat 
tovarlami narxi pasayish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxi esa o‘sish 
tendensiyasiga ega deb hisoblaydi.  Demak agrar soha ustun (bu xato).
Metodologikjihatdan bu tadqiqot iqtisodiy liberalizm konsepsiyasiga, 
ya’ni fiziokratlaming tabiiy tartibi,  bozor iqtisodiyoti munosabatlariga 
asoslanadi.
Olim o‘z asarían va tadqiqotlarida odamlar ba’zi  tabiiy xususiyatlarga 
ega,  ana  shunday  xususiyatlardan  biri  -  egoizm  (xudbinlik)  bo‘lib, 
odamlar o‘z  xo‘jalik  faoliyatlarida  unga  amal  qiladilar.  Ammo  ayrim 
shaxsninggina  manfaatlari  jamiyat  manfaatlariga  m os  tushadi,  deb 
uqtiradi.  Har  bir  odam  o‘z  shaxsiy  manfaatini  ko‘zda  tutadi,  ammo 
bu holatda ko‘p boshqa holatlardagi kabi, u «ko‘rinmas qo‘l» tomonidan 
uning niyatida ham bo‘lmagan maqsad sari yo‘naltiriladi...
Bunda  u  ongli  ravishda  xususiy  manfaatlarga  intilgandan  ko‘ra 
ko‘proq  haqqoniy  ravishda  jam iyat  manfaatlariga  xizmat  qiladi. 

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish