dars
3- topshiriq. Berilgan rasmlar asosida suhbatlashing.
3- mashq. Kasblar haqida partadoshingiz bilan namunadagidek dia- loglar tuzing va ular asosida suhbatlashing.
Feruza, sen qaysi kasbni yoqtirasan?
Tikuvchilik kasbini juda yoqtiraman. Shu maqsadda tikuvchilikni o‘rganmoqchiman. O‘zing-chi, kim bo‘lmoqchisan?
– O‘zbek tili 9-sinf 17
– Menga yangi model va maketlar yoqadi. Shuning uchun dizayn yo‘nalishida o‘qimoqchiman.
mashq. Berilgan so‘zlarni to‘g‘ri tartibda joylashtirib, maqollar hosil qiling.
Ishni, qo‘yma, bugungi, ertaga. 2. O‘lchab, bir, kes, yetti. 3. Ko‘p, so‘rama, bilgandan, so‘ra, ko‘p, yurgandan. 4. O‘rgan, ishla, bilmasang, bilsang. 5. Shoshilma, bajarishga, berishga, va’dani, shoshil, va’da.
Savol, shirin, kutma, achchiq, berib, javob.
mashq. Nuqtalar o‘rniga berilgan fe’llarni zarur shaklda qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
Hurmat ... (qilmoq), hurmat ... (ko‘rmoq). 2. Sabr ... (qilmoq), murodga ... (yetmoq). 3. O‘z haddingdan ... (oshmoq), jazosini ... (tortmoq). 4. Sayoq ... (yurmoq), tayoq ... (yemoq). 5. Oltin ... (olmoq), duo ... (olmoq). 6. Nima ... (ekmoq), shuni ... (o‘rmoq).
Salobatli ... (bo‘lmoq), ... sabotli (bo‘lmoq).
4- topshiriq. Matnni o‘qing va matn asosida berilgan savol va top- shiriqlarni bajaring.
Kasbning yaxshi-yomoni bo‘lmas
Men 9-sinfda o‘qiyman. Barcha tengdoshlarimning kasbga bo‘lgan qiziqishlari turlicha. Kimdir tadbirkor, kimdir shifokor, yana birov bank xodimi, kimdir esa uchuvchi bo‘lishni orzu qiladi. Xullas, orzularimiz bir dunyo.
Men yoshligimdan samolyotlarga juda qiziqaman.
O‘zbek tili darsida o‘qituvchimiz „Kim bo‘lsam ekan?“ mavzusida ijodiy ish yozib kelishimizni uyga vazifa qilib berdilar. Menga navbat kelganda ustozimiz yozganlarimga ko‘z yugurtirib chiqdilar-da:
Qani, Bahodir, hammaga o‘qib ber, – dedilar. Men ham baland ovozda o‘qiy boshladim: „Men kelajakda mashina ta’mirlovchi usta bo‘lmoqchiman...“ Sinfda baravariga kulgi ko‘tarildi. O‘qishdan to‘xtab qoldim.
Nega kulyapsiz? – hayron bo‘ldilar ustozimiz. – Agar bilsangiz, Bahodir samimiy va chin dildan yozgan, – deya meni maqtadilar.
Kasbning yaxshi-yomoni bo‘lmaydi, orzuga ayb yo‘q, ammo
18
istak, xohishning o‘zi kifoya qilmaydi. Har bir kasb egasi bo‘lish uchun qanchadan qancha mehnat, izlanish, sabr-toqat va mahorat talab etiladi. „Intilganga tole yor“, deyishadi. O‘z maqsadingiz yo‘lida hech vaqt adashmang, – deya so‘zlarini tugatdilar.
Men chin ko‘nglimdan o‘zim yoqtirgan kasb haqida yozganimdan xursand edim.
Do'stlaringiz bilan baham: |