A rafiyev, G. Muxamedjanova



Download 1,17 Mb.
bet9/75
Sana22.07.2022
Hajmi1,17 Mb.
#839243
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75
Bog'liq
66091 882562357dec6a14c6ded7926fc9db00 (1)

3-dars

Adabiy o‘qish


5- topshiriq. Matnni ifodali o‘qing. Mazmunini „zanjir“ usulida so‘z- lab bering.
„…… Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas fazilatdir. Zeroki, ilm bizga o‘z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko‘rsatur, zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkir qilur. Savobni gunohdan, halolni haromdan ayirib berur. Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidir...“
Abdulla Avloniy
6- topshiriq. Matnni o‘qing va matn asosida topshiriqlarni bajaring.
O‘quv qut beradi, bilim sharaf-shon, Shu ikkovi tufayli ulug‘dir inson.
Yusuf Xos Hojib
Bilim va uning yuqori pog‘onasi ilm – ma’naviyatning muhim tarkibiy qismlaridan bo‘lib, insonni kamolotga yetaklaydi. Unga hurmat va e’tibor keltiradi. Bilimli kishilar samarali ijodiy va ilmiy ishlari bilan el orasida hurmat topadilar. Jamiyatning rivojlanishiga, millatining, vatanining obro‘siga o‘z hissalarini qo‘shadilar. Yoshlarning

12
bilim olishi, salohiyatli fuqaro bo‘lib ulg‘ayishi el-yurt manfaati uchun xizmat qiladi. Ilm-fan taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish hamma zamonlarda dolzarb sanalgan.



Lug‘at
ulug‘ – великий
yuqori pog‘onasi – высшая ступень
muhim tarkibiy qism – важная составная часть
hurmat – увaжение
jamiyatning rivojlanishiga – для развития общества


Matn yuzasidan savol va topshiriqlar

  1. Yusuf Xos Hojib „Shu ikkovi tufayli ulug‘dir inson“ deganda nimalarni nazarda tutgan?

  2. Kamolotga yetishish uchun inson nimalar qilishi kerak?

  3. Bilimli kishilar qanday ishlari bilan el orasida hurmat topadilar?

  4. Yoshlar Vatan taraqqiyotiga hissa qo‘shishlari uchun qanday ishlarni amalga oshirishlari lozim?




  1. mashq. Gaplarni ko‘chiring va notanish so‘zlarning lug‘atini

tuzing.
Ilm olish, o‘rganish aslo ayb emas, uning erta-kechi yo‘q. Insonlar butun hayoti davomida o‘qishi, o‘rganishi kerak.
Ilm-u tafakkur kishini ezgulikka boshlaydigan beqiyos kuch. Ilm va tafakkur odamlar qalbiga nur, ongiga ziyo, xonadoniga fayz-baraka keltiradigan buyuk mo‘jizadir.

  1. mashq. Berilgan gaplarni shaxsi topilmas gaplarga aylantirib, daftaringizga ko‘chiring.

1. Biz dam olish kuni kitobxonlar yig‘iniga boramiz. 2. O‘quvchilar berilgan topshiriqni vaqtida bajarishdi. 3. Bugun to‘garakka borishimiz lozim edi. 4. „Davlat tili to‘g‘risida“gi Qonunga rioya qiling.
5. Ertaga „Bilimlar bellashuvi“ ko‘rik-tanloviga boramiz. 6. So‘- zimning ustidan chiqaman. 7. Dushanba kuni o‘zbek tili to‘garagiga boraman.
13
7- topshiriq. Maqollarni o‘qing, mazmunini so‘zlab bering.
Davlat tugar, bilim tugamas.
* * *
Go‘zallik – ilm-u ma’rifatda.
* * *
Ilm – aql bulog‘i,
Aql – yashash chirog‘i.
* * *
Ilm istasang, takror qil.
* * *
Ilm ko‘p, umr oz, Keragini o‘qi.
* * *
Ilm olishning erta-kechi yo‘q.
* * *
Ilm – tubsiz quduq.




Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish