80
iqtisodiy qonunlardan ongli tarzda foydalanish asosida obyektiv rivojlangan yer
resurslaridan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy shakllari hamda ishlab chiqarish
usullarining to‘plamidir” [32]. Yerdan foydalanish- bu jamiyat rivojlanishining ushbu
darajasiga mos keluvchi Yerda xo‘jalik yuritishning iqtisodiy-ijtimoiy shakllari
hamda yerdan foydalanishning ishlab chiqarish usullarini to‘plami sifatida e’tirof
etiladi. Bir vaqtning o‘zida yerdan foydalanish tabiat va jamiyatning harakatdagi
qonunlaridan foydalanish asosida rivojlanadigan dialektik nuqtai nazardan qaraladi.
Ammo bugungi kunda bunday qoida etarli emas,
negaki u zamonaviy yerdan
foydalanishning barcha tomonlarini qamrab olmaydi: yerdan foydalanishning
faqatgina ishlab chiqarish usullari yoritilgan; jamiyat tomonidan yerdan
foydalanishning boshqa sohalari, shuningdek yerdan foydalanishning bozor qirralari
hisobga olinmagan; yerdan foydalanishni boshqarishga urg‘u berilmaydi va hak.
Bularning barchasi tizimli yerdan foydalanish muammosining dolzarbligini yana bir
karra tasdiqlaydi.
Yerdan foydalanishning mohiyati uni mazmuni bilan aniqlanadi hamda yerdan
foydalanish qirralarida ma’lum bo‘ladi. U jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa
aloqalar orqali yuz beradi. Ushbu aloqalar aks etishining tashqi shakllari jamiyatda
yerning funksional roli vositasida amalga oshiriladi: ishlab chiqarish, fiskal, bozor,
ijtimoiy, rekreatsion-sog‘lomlashtirish, tabiatni muhofazalash.
Barcha davrlarda
odamlar yerdan, eng avvalo, moddiy boyliklarga bo‘lgan o‘zlarining talablarini
qondirish va yashash joylari uchun foydalangan. yer insonning yashash joyi va hayot
faoliyatining o‘rni, ishlab chiqarish vositasi hamda kenglik operatsion asos sifatida
mavjuddir, o‘ziga yarasha yer osti “ombori”, hayvonot va o‘simlik dunyosini
rivojlanishi uchun tabiiy asos hisoblanadi. Darhaqiqat, yerdan foydalanish, eng
avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatga egadir. Yerdan foydalanishning rivojlanishi va
takomillashuvi qonunchilik yordamida uni muvofiqlashtirishga zaruriyat tug‘iladi. Bu
esa, o‘z navbatida, yerdan foydalanishni huquqiy qirrasini ta’minlash hamda uni
hususiy mohiyatini vujudga keltiradi. Yerlardan rekreatsion hamda sog‘lomlashtirish
maqsadlarida
foydalanishga
bo‘lgan zaruriyat foydalanishga rekreatsion-
sog‘lomlashtirish mohiyatini beradi. Planeta miqyosida
yerdan foydalanishni
rivojlanishining doimiylik xarakteri, yer resurslaridan tizimsiz hamda nooqilona
foydalanish tabiiy majmualarning sifat holatini ma’lum darajada yomonlashuviga
olib keldi, negaki yerdan foydalanish tabiatdan foydalanishning kichik tizimlaridan
biridir. Yerdan foydalanish jarayonida tabiatni muhofazalash talablarini hisobga olish
talablari vujudga keldi. Bu yerdan foydalanishning ekologik mohiyatini paydo kildi.
Darhaqiqat, Yerdan foydalanish ijtimoiy, rekreatsion va ekologik mohiyatlarga
egadir.
Bozor iqtisodiyotini rivojlanishi yerdan foydalanishga fiksal hamda bozor
xarakterini berdi. Bu esa, o‘z navbatida, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy aloqalari va
81
munosabatlarining muhim obyekti sifatidagi yerning rolini yanada oshirib yubordi.
Bularning barchasi yerdan foydalanishni jamiyat rivojining obyektiv zaruriyati
sifatida tavsiflaydi. O‘z navbatida, jamiyat rivojlanishi bilan yerdan foydalanishning
ko‘p maqsadli xarakteriga bo‘lgan talab murakkablashdi, yerdan foydalanish shakllari
va xarakteri o‘zgardi, bu esa yerdan foydalanishning
dialektik mohiyatini aniqlaydi,
uni dinamik, doimiy rivojlanuvchi jarayon sifatida tavsiflaydi.
Yerdan foydalanishning maqsadi- ulardan oqilonalik va samaralilik asosida
jamiyatni moddiy va boshqa turdagi boyliklariga o‘sib borayotgan talablarini
to‘laroq qondirishdan iborat. Uning obyekti umuman jamiyatdagi yer resurslari, yer
toifalari, subekttlarning yer uchastkalari hisoblanadi. Yerdan foydalanish subekttlari
bo‘lib jamiyatdagi yerdan foydalanishni boshqarishni amalga oshiruvchi davlat, yer
uchastkalarini asosiy maqsadlariga muvofiq foydalanayotgan yuridik va jismoniy
shaxslar hisoblanadi.
Bilimlarning ilmiy tarmog‘i sifatida yerdan foydalanishni o‘rganish predmeti
bo‘lib jamiyatni dialetik rivojlanishi jarayonida ushbu jamiyatdagi yerni mavjud
bo‘lish qonuniyatlarini, jamiyatni garmonik tarzda rivojlanishi jarayonida uning
rolini, yer resurslarini ko‘p maqsadli foydalanish usullarini,
Yerdan foydalanishni,
hamda, birinchi galda, yer munosabatlarini muvofiqlashtirish usullarini aniqlash va
tadqiq qilish hisoblanadi. Yerdan foydalanish mohiyatini, tabiat va jamiyatni
iqtisodiy qonunlari ta’sirini hisobga olgan holda uning chuqur asoslarini aniqlash
yerdan foydalanish nazariyasini rivojlantirish hisoblanadi. Yerdan foydalanishning
ilmiy asoslarini egallash tabiat va jamiyatni garmonik rivojlanishiga hamda jamiyatni
doimiy o‘sib borayotgan talablariga uni ta’minlanishini bo‘ysundirgan holda yerdan
ko‘p maqsadli foydalanishning asosiy qirralari va jarayonlariga maqsadli hamda faol
ta’sir ko‘rsatishga imkon beradi.
Yer resurslaridan foydalanishga, jamiyatni doimiy o‘zgarayotgan talablariga
mos tarzda yer munosabatlarini muvofiqlashtirish, yer
fondini maqsadli mohiyati
bo‘yicha maqbul taqsimlash (uni tarkibini maqbullashtirish), yer resurslarini ko‘p
maqsadli foydalanish usullari va uslublarini takomillashtirish,yerlardan foydalanishda
mumkin bo‘ladigan maksimal ijtimoiy, iqtisodiy va rekreatsion samaradorlikni, yer
resurslaridan kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni, yerlar muhofazasini
ta’minlaydigan yerlarning sifat holatini zaruriy darajada ushlab turish yerlardan
foydalanishning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Ammo,
yerlardan
foydalanishni
boshqarishning
iqtisodiy
asoslarini
buzilganligi hamda boshqaruvni takomillashmaganligi sababli mamlakatning mavjud
yerdan foydalanishi etarli samaraga ega emas. Bu hol yerlarni buzilishiga, aholi
daromadlarini qisqarishiga olib keldi. Eng avvalo, bugungi kunda, yerdan
foydalanishda asosiy diqqat-e’tibor faqatgina yerdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanishga
qaratilgan. Yerdan foydalanishni maqbullashtirish va
yer mahsuldorligini qayta
82
tiklashga zaruriy e’tibor berilmayapti, buning oqibatida uzoq vaqt davomida yerni
qayta tiklanish davri ochiq holatda qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: