A. R. Babajanov, A. M. Muqumov, Z. X. Xafizova yerdan foydalanishda integratsion boshqaruv


shaharlar, shahar tipidagi posyolkalar hamda qishloq



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/113
Sana08.06.2022
Hajmi3,59 Mb.
#645650
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   113
Bog'liq
2 5285002264690299419

shaharlar, shahar tipidagi posyolkalar hamda qishloq 
posyolkalari yerdan foydalanishi,
ularning hususiyati maqsadli mohiyati bilan 
belgilanadi (9-rasm) 


48 
Qishloq posyolkalarida uy joy mintaqasi umumiy maydonning 90-95 %ni, 
shaharlarda-60%ga yaqinini tashkil etadi. Shaharlarda yirik maydonlarni sanoat va 
transport, savdo va xizmat ko‘rsatish, jamoat mintaqalari tashkil etadi. Ko‘p 
xonadonli hamda yakka tartibdagi uy-joy qurilishlari, dehqon (tomorqa) xo‘jaligi 
yerdan foydalanishlari muhim kichik turlarga kiradi. Yerdan foydalanish tarkibi 
uning samaradorligiga, xarakteriga, yerlardan foydalanish intensivligiga, ular 
qiymatiga qamda yerlar uchun to‘lovlarni tabaqalashtirishga yirik ta’sir ko‘rsatadi. 
Aholi punktlarining muhim hususiyatlari shundan iboratki, shaharlar va 
pasyolkalar chegaralarida qator boshqa toifa yerlardan foydalanishlari mavjuddir: 
sanoat va transport, suv va o‘rmon fondi, tarixiy madaniy yodgorliklar, tabiatni 
muhofaza qilish va rekreatsion. Jumladan, shahar va shaxar tipidagi posyolkalar 
chegarasida bugungi kunda 9,5 ming.ga qishloq xo‘jalik yerlari, 63,1 ming.ga yakka 
tartibdagi yer uchastkalari (shu jumladan 25,4 ming.ga ekinlar, 15,9 ming.ga bog‘lar 
va uzumzorlar, 21,8 ming.ga qurilishlar tagidagi yerlar), 4,4 ming.ga o‘rmon 
daraxtzorlari tagidagi yerlar mavjud. Bunda, agarda sanoat obyektlari, tarixiy 
madaniy yodgorliklar, rekreatsion, o‘rmon xo‘jaligi va suv xo‘jaligi obyektlari yerdan 
foydalanishlari shahar (posyolka) chegaralariga kirishlariga qaramasdan ular 
o‘zlarining yer toifalari statusini saqlab qoladilar. Bunday fikrni qishloq xo‘jaligi 
mohiyatidagi yerlar to‘g‘risida aytish mumkin emas, ular shahar (posyolka) 
chegarasida bo‘lishi kerak emas.
Agarda qishloq xo‘jalik yerlari huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan shahar 
(posyolka) chegarasida bo‘lsa ular qishloq xo‘jaligi korxonasining balansidan 
tushirilgani holda (qishloq xo‘jaligi yer mohiyati toifasidagi Yerdan chiqarilgani 
holda) yer ajratishni huquqiy rasmiylashtirish asosida shaharga olib berishi zarur. 
Agar yerlar baribir qishloq xo‘jalik korxonasiga qarashli bo‘lsa, ularni shahar
posyolka
chegaralariga qo‘shish uchun hech qanday huquqiy asos yo‘q. Shunday 
qilib, shahar (posyolka) chegarasiga huquqiy asos bilan qo‘shilgan qishloq xo‘jalik 
yerlari qishloq xo‘jaligi maqomini yo‘qotadilar hamda ular qishloq xo‘jalik 
toifasidagi yerlar sifatida hisobga olinishi kerak emas. 
Shaharlar va posyolkalar
yerdan foydalanishi huquqiy qirrasining hususiyati 
shundan iboratki ushbu toifadagi yer uchastkalariga huquqiy turkumining miqdori 
ko‘pdir: mulk, abadiy merosiy egalik, foydalanish, ijara. Respublikadagi yakka 
tartibdagi uy-joylar tagidagi yer uchastkalariga (ishlab chiqarish va tijorat 
mohiyatidagi yer uchastkalari bilan bir qatorda) huquqiy mulkchilikni kiritish hozirda 
rejalashtirilgan. Ushbu toifa yerlarning boshqa hususiyati shundan iboratki, faqat 
shular uchun abadiy-merosiy egalik huquqi mavjuddir. Ushbu yerlardan foydalanish 
huquqiy rejimining hususiyatiga yangidan berilgan yer uchastkasidan foydalanish, 
qurilishlar qurishni ikki yil davomida amalga oshirish kabi majburiy talabni kiritish 
lozim. 


49 
Shaharlar (posyolkalar) yerdan foydalanishining muhim hususiyatlari qatoriga 
ular hududini qator belgilari bo‘yicha mintaqalash zarurligini kiritish mumkin: 
Yerlarni ma’muriy-hududiy, funksional mohiyati bo‘yicha qiymati, sifat bahosi,soliq 
tizimi va xak. Mintaqalashni har bir turining mazmuni uni maqsadli mohiyati 
bo‘yicha aniqlanadi, masalan: shahar hududini rivojlantirishni boshqarish, shahar 
hududidagi qurilmalar tarkibini maqbullashtirish va boshqalar. Ammo, shahar 
hududini mintaqalashda qo‘llanladigan “kadastr”, “iqtisodiy” va “soliq” 
mintaqalashtirish baholash ko‘rsatkichlarini tabaqalashtirish uchun uslubiy jihatdan 
noto‘g‘ri baholash natijalarini buzib ko‘rsatuvchi usuldir. 
8-rasm. Aholi punktlari Yerdan foydalanishining tarkibi. 
 
Aholi punktlari yerdan foydalanishini axborotli ta’minotining o‘ziga hosligi 
shaharlar va posyolkalar yerlari kadastrini yuritishning qator hususiyatlarini o‘z 
ichiga oladi. Ushbu yerlarni hisob qilishning o‘ziga hos hususiyati shundan iboratki, 
shaharlar va posyolkalarda kichik maydonli yer uchastkalariga ega bo‘lgan (qishloq 
xo‘jaligi korxonalariga nisbatan) ko‘p sonli yerdan foydalanuvchilar to‘plangan. Bu 
esa, o‘z navbatida, ancha yirik masshtabli karta materiallaridan foydalanishni, yerda 
turib tasvirga olish zaruriyatini, nisbatan murakkab kodlashtirishni, yer uchastkalar 
maydonlarini bog‘lash va aniqlashni, yer hisobida ancha yuqori aniqlikni (boshqa 
toifa yerlarga nisbatan), mintaqalar ‘yicha yer uchastkalarini tabiqlashtirishni talab 
qiladi. Yerlarni baholash uchun ham qator hususiyatlar harakterlidir: Yerlarni 
bonitirovkasini o‘tkazish zaruriyati (tuproq bantirovkasidan farqli o‘laroq): “tashqi” 
va “ichki”omillarning butun majmuasini hisob qilish talablari, qaysiki ular yer 
uchastkalarini iste’mollik hususiyatlariga ta’sir etadilar: shahar (posyolka) 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish