Talabalar o‘rganadigan materialni yaxshiroq anglash uchun qo‘llanadigan
usulni ko‘rib chiqaylik. O‘qituvchilarni mashg‘ulotning o‘quv
maqsadlarini
tuzishga o‘rgatish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ko‘p yillar davomida o‘quv
maqsadlarini faqat o‘qituvchi faoliyati orqali ifodalanib kelinishi miyaga qattiq
o‘rnashib qolgan. Buning natijasida yaxshi natijalarni talabalar vazifalari orqali
ifodalashda ma’lum kamchiliklar sodir bo‘lmoqda. Bunday holda o‘quv maqsadlari
tushunchasini anglash fazasida sinkveyn uslubini qo‘llash foydalidir.
Sinkveyn besh qatordan iborat o‘ziga xos, qofiyasiz she’r bo‘lib, unda
o‘rganilayotgan tushuncha to‘g‘risidagi axborot yig‘ilgan holda, talaba so‘zi bilan
turli variantlarda va turli nuqtai-nazar orqali ifodalanadi. Sinkveyn tuzish –
murakkab g‘oya, sezgi va hissiyotlarni bir nechagina so‘zlar bilan ifodalash uchun
muhim bo‘lgan malakadir. Sinkveyn tuzish jarayoni mavzuni yaxshiroq anglashga
yordam beradi.
Sinkveyn quyidagicha tuziladi:
1. Birinchi qatorda mavzu bir so‘z bilan ifodalanadi.
2. Ikkinchi qatorda mavzu ikkita sifat bilan ifodalanadi.
3. Uchinchi qatorda mavzu doirasidagi xatti-harakatni uchta so‘z bilan ifodalanadi.
4. To‘rtinchi qatorda mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi va to‘rtta
so‘zdan iborat bo‘lgan fikr yoziladi.
5. Oxirgi qatorga mavzu
mohiyatini takrorlaydigan, ma’nosi unga yaqin bo‘lgan
bitta so‘z yoziladi.
O‘quv maqsadi to‘g‘risidagi axborotni «yoyish» va umumlashtirishni
sinkveyn tuzishga misol keltiramiz.
1. ____ topshiriq
2. ___ ___ bir ma’noli o‘lchanuvchi
3. ___ ___ ___
yakuniy natijani ifodalaydi
4. __ __ __ __ talaba maqsadini tushunishni osonlashtiradi
5. ____ natija
Tuzilgan sinkveynni baholar ekanmiz, tuzuvchi
bu jarayonda ikkinchi
qatorga talaba vazifasining eng muhim xossalarini anglatuvchi bir juft sifatni
o‘ylab turish zarur degan mulohaza qilish mumkin. Buni javobni bir necha
variantlarini o‘ylab topib, so‘ngra ulardan eng muvofiqini ajratib olish bilangina
uddalash mumkin.
Klasterlarga ajratish pedagogik strategiya bo‘lib, u ko‘p
variantli
fikrlashni o‘rganilayotgan tushunchalar o‘rtasida aloqa o‘rnatish malakalarini
rivojlantiradi, biror mavzu bo‘yicha talabalarni erkin va ochiqdan-ochiq fikrlashga
yordam beradi. «Klaster» so‘zi g‘uncha, bog‘lam ma’nosini anglatadi. Klasterlarga
ajratishni da’vat, anglash va mulohaza qilish bosqichlaridagi fikrlashni
rag‘batlantirish uchun qo‘llash mumkin. U asosan yangi fikrlarni uyg‘otish,
mavjud bilimlarga etib borish strategiyasi bo‘lib, muayyan mavzu bo‘yicha
yangicha fikr yuritishga chorlaydi.
Klasterlar tuzish ketma-ketligi quyidagicha bo‘ladi:
1. Sinf yozuv taxtasi o‘rtasiga katta qog‘oz varag‘iga «kalit» so‘z
yoki gap
yoziladi.
2. Sizning fikringizga ko‘ra bu mavzuga tegishli bo‘lgan so‘zlar va gaplar yoziladi.
3. Tushuncha va g‘oyalar to‘g‘risida o‘zaro bog‘lanishni o‘rnatiladi.
4. Eslagan variantlar hammasi yoziladi.
Klaster tuzishni muayyan tushuncha yoki g‘oyani «anglash» fazasida
qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. CHunki bunda talaba o‘quv materialini
nafaqat mustaqil va faol o‘zlashtirishi, balki o‘z
tushunchalarini ham kuzatib
borishi zarur. Asosiy tushuncha va munosabatlarning klaster tarkibidagilar
o‘rtasida mumkin bo‘lgan bog‘lanishlarni aniqlash variativ fikr yuritishni
rivojlantiradi, uning atrofiga turlicha nazar tashlashga majbur etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: