Oripjonova gulchiroyning “Pedagogik jarayonda tarbiyaviy ishlarning õzaro munosabatlarida nutqsiz vositalarning ahamiyati”



Download 59,09 Kb.
bet1/5
Sana14.04.2022
Hajmi59,09 Kb.
#549758
  1   2   3   4   5
Bog'liq
302 ОРИФЖОНОВА


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
BOSHLANG’ICH TA’LIM VA SPORT TARBIYA ISHLARI FAKULTETI SIRTQI BO’LIM IKKINCHI MUTAXASISLIK IKKINCHI BOSQICH 202-GURUH TALABASI
ORIPJONOVA GULCHIROYNING
Pedagogik jarayonda tarbiyaviy ishlarning õzaro munosabatlarida nutqsiz vositalarning ahamiyati”
mavzusidagi

KURS ISHI




MUNDARIJA


Kirish
I-BOB . Pedagogik jarayonda tarbiyaviy ishlarning õzaro munosabatlarida nutqsiz vositalarning ahamiyati
1.1. Tarbiyaviy ishlar jarayonining ijtimoiy ahamiyati
1.2. Pedagogik jarayonda tarbiyaning mohiyati va mazmuni
1.3. Tarbiyaviy ishlarning õzaro munosabatlarida nutqsiz vositalarning ahamiyati
Xullosa
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH

Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev.


Bugungi kunda, aynan globallashuv jarayonlarida yosh avlod tarbiyasiga yanada ma‘suliyat bilan yondoshish har birimizning insoniylik burchimizdir. Bunday burchni o‘qituvchilr, tarbiyachilar, murabbiylar, ota – onalar his qilishlari va uni kelajak avlodga yetkazishi va singdirishi uchun bunday bilim bilan ular qurollangan bo‘lishi karak.
Shuning uchun bu tushunchaga to‘xtalib o‘tishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik.Aynan bu tushunchaga ma‘naviyat lug‘atida quyidagicha ta‘rif berilgan.
BURCH – manaviy sohada yuksak mas‟uliyat, lafzi halollik, va‟daga vafo qilishni; huquqiy sohada qonun hujjatlari, shartnoma, ish bo‟yicha yuklangan majburiyatni anglatuvchi tushuncha.
Burch haqida gap ketganda bizlar uni inson ma‘naviy dunyosining shakllanganligi va uning zamirida ular tomonidan, o‘z zimmasida turgan vazifalarni qay darajada bajarganligini ko‘rib u orqali anglab olamiz. Bizga manbalardan ma‘lumki, burch o‘z mazmunigu ko‘ra bir qator kategoriyalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Bunday tushunchalar qatoriga biz quyidagilarni kiritishimiz mumkin . Bular:

  • mas‘uliyat;

  • o‘zlikni anglash;

  • vijdon;

  • xulq;

  • odob;

  • lavz va h. z.lardir.

Burch orqali insonlar o‘zlarining ma‘naviy qiyofasini sayqallashtirib boradi. Jamiyatdagi mavqeini mustahkamlaydi. Odamlarning bir – biriga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. Burchni his qilish orqali har bir odam doimiy ravishda jamiat va shaxslar o‘rtasidagi mas‘uliyat, majburiyat kabi xislatlarini namoyon qiladi. Bu jarayonlarda odamlar oila, ota-ona, Vatan, xalq oldidagi umumiy burch bilan bir qatorda muayyan shaxsga xos va‘daga vafo, o‘z so‘zida turish, obro‘-e‘tibor va sha‘nini saqlash kabi insoniy fazilat va xislatlarni ko‘rsatadi. Ta‘lim tarbiya jarayoning qatnashchilari ham qaysidir ma‘noda Vatan , jamiyat va insonlar oldidagi burchlarini his qiladi hamda bu burchlarni ado etib boradi. Misol uchun o‘qituvchilar Vatan, jamiyat oldidagi burchlarnini quyidagilarda deb e‘tirof etadi. Bular:

  • Vatanparvalik;

  • Xalqparvarlik;

  • Oilaparvarlik;

  • Tabiatparvarlik;

  • Zamon bilan hamnafas bo‘lish; - Bilimini orttirib borish;

  • Doimiy ravishda o‘z ustida ishlash; - Bolalarni sevish;

  • Bolalarni ma‘rifatli qidib tarbiyalash;

  • O‘quvchilarni kasbga yo‘lllash;

  • O‘quvchilarni barkamol shaxs qilib tarbiyalash kabilar…

Har bir o‘qituvchining shaxslar aro munosabatlarida ham ma‘lum bir darajada burchlar namoyon bo‘ladi. Ular bir – birlari bilan munosabatga kirishar ekan, insoniy fazilatlarini bir - biriga singdirib boradi. Bular:

  • xushfe‘llik;

  • odoblilik;

  • saxiylik;

  • vijdonlilik;

  • hayollik;

  • ibolilik;

  • oriyatlilik;

  • lavzi halollik;

  • vafodorlik;

  • muxabbatli bo‘lishni ;

  • nomusli bo‘lish kabilarni.

Biz bilamizki burch insonlarning o‘zlari oldidagi, Vatan fuqarosi sifatidagi, farzandlar oldidagi otalik , onalik , ota – ona oldidagi farzandlik, jurnalistlik burchi, shifokorlik burchi, olimlik burchi singari ko‘rinishlariga ham ega.Biz pedagoglar ularning har biri to‘g‘risida nafaqat ma‘lumotlar berish balki ularni yosh avlod qalbiga singdirib borishimiz kerak. Bir kun kelib ular bunday burchga to‘g‘ri kelib qolganlarida dovdirab qolmasdan uni sidqidildan ado etadi. O‘qitituvchilar tomonidan o‘quvchilarga Konstitusiyamizda belgilab qo‘yilgan burchlarni bajarish har birimizning fuqarolik burchimiz ekanligini uzliksiz tushuntirib borish maqsadga muoffiqdir.


Download 59,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish