A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim fakulteti



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/80
Sana26.02.2022
Hajmi2,23 Mb.
#469987
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   80
Bog'liq
Mutaxassislik hemisga

Ma'ruza matnini tayyorlash
. Ma'ruza matni har bir fanning ishchi o'quv 
dasturi asosida, mavzuga ajratilgan vaqtdan kelib chiqib, tayyorlanadi. Buning 
uchun mavjud adabiyotlar o'rganiladi, turli manbalardan axborotlar yig'iladi. 
Mavzuni o'rganishning maqsadidan kelib chiqib, zarur savollar qo'yiladi, mavzuni 
yoritish metodi tanlanadi. Mutaxasisslik nazariyasi barcha fanlar uchun asos 
bo'Iishini hisobga olib, namunaviy ma'ruza matni shu fandan beriladi. Ma'ruza 
o'qilayotgan mutaxasisslik fanlarning xususiyatlaridan kelib chiqqanda ma'ruzada 
ma'lum bir farqlar bo'lishi mumkin, Iekin ma'ruzaning asosiy mohiyati o'zgar may 
di. Bugungi kunda metodlarni samarali qo'llashning muhim mezonlaridan biri 
muammoli vaziyatni vujudga keltirish, muammoni kun tartibiga qo'ya bilishdir.
Muammoli savol qo'yib o'qitish talabalarning bilimlarni ongli va mustahkam 
o'zlashtirishiga, bilish faoliyatini jonlashtirishga, ilmiy izlanishga, tadqiqotga 
chorlaydi. Shuning uchun ham xoh ma'ruza, xoh amaliy mashg'ulot, seminar 
bo'lsin o'qituvchining muammo qo'yishi yoki muammoli vaziyat vujudga keltirishi 
katta ahamiyatga ega. 
Muammoli ma'ruza muammo qo'yish orqali boshlanadi. Bu muammo esa 
o'quv materialini bayon etish jarayonida ma'ruzachi tomonidan izchil va mantiqiy 
holda yechib beriladi yoki uni hal etish yo'llari ko'rsatiladi. 


Muammo o'quv materialining aniq mazmuni bilan bog'liq bo'ladi. Ta'lim 
jarayonida maqsadga erishish uchun muammoli o'qitish ta'lim talabalar 
ehtiyojlarini qondirish va faolligini oshirishga yo'naltirilishi, quyilgan 
muammoning ta'lim talabalar uchun aniq va tushunarli bo'lishi kabi qator talablarni 
qondiradi.
Ma’ruzada muammoli o'qitishning maqsadlari asosan talabalarning mazmunli 
va izchil bilim olishini ta'minlash, muammo yechimlarini topish va uning boshqa 
yechimlari bo'yicha ham istiqbolli hal etish yo'llarini ishlab chiqish, talabalarni ki 
chik guruhlarga bo'linib, muammoli vaziyatlardan chiqib ketishga o'rgatish, 
talabalarda shaxsiy mas'uliyat tuyg'usini uyg'otish va mustahkamlashdan iboratdir. 
Ma’ruzani muammoli o'qitishning muammoning qo'yilishi,uni yechish yo'llarini 
aniqlash, muammoni yechishning eng ma'qul yo'lini aniqlash,muammoni yechish 
kabi bosqichlardan iborat boladi. 
O'quv muammolarini qo'yish buyicha mavzu muammosini qo'yish va yechish 
uchun yangi tushunchalarni talabalarning avvalgi o'rgangan bilimlari bilan bog'lash 
va esga tu shirish zarur, talabalarga sabab-oqibatli bog'Ianishni aniqlash, mushoha 
da qilish, muam moli vaziyatni tahlil qilishni o'rgatish zarur, talabalar oldiga ular 
uchun tushunarli bo'Igan, ma'Ium darajada xabardor bo'Igan muammolarni qo'yish 
kabi qoidalari boladi. 
Muammoli ma'ruza talabani o'ylashga, taqqoslashga, yechimini topishga undaydi 
gan ma'ruzadir. U quruq yodlab olish emas, balki,faoliyatida zarur bo'ladigan ama 
liy ko'nikmalarni qo'llab masalani yechishga o'rgatishdir. Shuningdek, o'qitish — 
bunday darslarda ajdodlar ijtimoiy-tarixiy tajribasi ham o'rgatiladi. Muammoli o'qi 
tish orqali talabani o'z fikrini aytishga, fikrini himoya qilishga va bahslashishga 
o'rgatish mumkin. Fikrlash jarayonida qarama-qarshilik bo'lmasa, bahs ham, muno 
zara ham bo'lmaydi. Munozarasiz esa muammoning yechimini topish juda qiyin. 
Darsda talabalar o'qituvchining o'rgatishga samimiy intilayotganini his qilishi, 
talabani o'zi bilan teng ko'rayotganini bilishlari kerak. Yuqorida zikr etgan ma'ru 
zani muammoli ma'ruza tarzida bayon qilish, darsga talabalarni faol qatnashishga 
chorlash uchun ma'ruza o'qiyotganda muammoli vaziyat yaratish zarur. Buning 
uchun avvaldan muammoli savol qo'yib, unga talabalar bilan birgalikda muhokama 
qilinib javob topiladi. Ma'ruzada mohir ma'ruzachi bo’lish yangi axborot berish, 
murakkab nazariy savollarni tushuntirishni, o'rgatishi, tizimga solishni, muammo 
va masalalarni yechish jarayonida ijodiy fikrlashga o'rgatishni, yuzaki qaraganda 
katta farqi bor turli g'oyalarni ko'rsatishi, tahlil qilishni, ular o'rtasidagi bog'lanish 
ni tushuntirishni, bilim olishga undashni, o'rganib qolingan fikrlashi va e'tiqodlarni 


qaytadan qarab chiqishga da'vat qilishni, kelgusida bilim olishga ishtiyoq tug'dirish 
ni eddaflfy olishi kerak. 
Muammoli o'qitishning kamchiligi shundaki: 
U ko'p vaqt talab qiladi. Oqibatda, axborot berishga qaratilgan dars o'tishga 
qaraganda, mavzu muhokamasiga ko'p vaqt sarflanadi. 
An'anaviy ma'ruzani bunday tarzda o'qish hammaning qo'lidan kelmaydi. Juda ko'p 
ma'ruzalar monolog tarzida o'qiladiki, u tinglovchilarni ma'ruzadan qoniqmaslikla 
riga, uni diqqat bilan eshitmasliklariga olib keladi. 
Ana shu kamchilik, ya'ni tinglovchilarni ma'ruzada passiv emas faol 
qatnashishlarini ta'minlab, kutilayotgan natijalarga erishish uchun metodikani 
o'zgartirishga undaydi. 
Muammoli vaziyatni har qanday auditoriyada vujudga keltirish qiyin. 
Bu o'qituvchidan katta pedagogik mahorat qiladi. Bunga chuqurlashtirilgan, ya’ni 
jalb qiluvchi, jadallashgan, dinamik ma'ruza orqali erishish mumkin. Jadallashtiril 
gan ma'ruza tahliliy fikrlash ko'nikmasini hosil qilish, rivojlantirish, universal asos 
larga tayangan holda tayyorlangan ma'ruzaning mukammallashtirilgan, chuqurlash 
tirilgan variantidir. Jadallashtirilgan ma'ruzani har qanday katta likdagi guruhda 
o'tkazish hamda talabalarni darsga faol qatnashishlarini ta'minlash mumkin. 
Jadallashtirilgan ma'ruzani qo'llashga zaruriyat, tadqiqot natijasida ishonch hosil 
qilingan ikki holatdan kelib chiqadi: 
Auditoriyaga o'qituvchi savolni mavzu bo'yicha ma'ruzani o'qib bo'lgach 
tashlaganiga qaraganda, ma'ruza o'qigunga qadar berishi talabalarni ma'ruzada 
bildirilgan fikrlarni yoki materialni yaxshiroq o'zlashtirishiga olib kelar ekan. 
Ma'ruza boshlangandan 15—20 daqiqa o'tgach talabalarning diqqati susayadi. 
Demak, metodni o'zgartirish, talabalarni darsga faol qatnashishga undash zarur. 
Bu ishni pedagog olimlar ta'lim texnologiyasi asosida amalga oshirilishi 
mumkinligini ko'rsatib berishgan. Bunda ma'ruza jarayonida talabalar ham darsga 
faol qatnashadilar. Dars o'tkazish hamkorlikka asoslanadi. Ma'ruza o'qishda 
qo'llaniladigan metod va vositalar uzviy savollar bo'yicha avvaldan 
loyihalashtirilib, ma'ruza darsining texnologik xaritasida ko'rsatiladi. U darsning 
«ssenariy»si bo'Iib, uning asosida dars jarayoni tashkil etiladi. Buning uchun ma' 
ruza mantiqiy tugallangan qismlarga bo'linadi. Bu ma'ruzada qo'yilgan uzviy savol 
lar bo'Iadi. Har bir savol a) da'vat, b) anglash, tushunish, d) fikrlash, tafakkur 
bosqichlariga ajratiladi. 


1. 
Da'vat bosqichida talabalar diqqatini ma'ruzani eshitishga jalb qiladi, turli 
metodlarni qo'llab, ularni ma'ruzada faol qatnashishga chorlaydi. Dastlab talabalar 
mazkur mavzu bo'yicha nimalarni bilishlari aniqlanadi. Anashu bilimga dars jara 
yonida yangi bilimlar qo'shilishi kerakligi uchun talabalarga tezda bajariladigan 
turli topshiriqlar beriIadi. Savol qo'yib, aqliy hujum metodini qo'llash orqali 
talabalar 
uchun ma'Ium, o'rgangan bilimlarini 3—4 daqiqa vaqtda qo'yilgan savolni juftlikda 
muhokama qilish, o'z fikrlarini aytish, avvalgi ma'ruzada o'rganilgan tushunchalar 
mazmunini gapirib berishni taklif qilish orqali aniqlanadi. 
2. 
Mazmunni tushunish, anglash bosqichida 15—20 daqiqada talabalarning 
yangi materialni tushunishlarini ta'minlashdir. Bunda o'qituvchi talabalarga turli 
sizning uchun hozir eshitganlaringizning qay biri yangilik bo'ldi? eshitganlaringiz 
bo'yicha sizning fikringiz qanday? eng katta taassurot qoldirgan nima? kabi 
savollar bilan murojaat
3. 
Tafakkur bosqichida olingan bilimlar mustahkamlanadi. O'rganilayotgan 
masala bo'yicha talabalarning o'z tushunchalari shakllanadi. Ma'ruza eshitgach, 
ularning bilimiari kengayib, mustaqil fikrlaydilar, o'z fikrlarini eshitganlari bilan 
taqqoslaydilar. Bu bosqichda talabalarga fikrlarini tahlil qilishga qaratilgan top-
shiriqlar beriladi.
Keyingi qismlar ham xuddi shunday uch bosqichga bo'linib ma'ruza o'qiladi, 
muhokama qilinayotgan savol bo'yicha ma'ruza matni tarqatilib, talabalar insert 
metodi yordamida matnni o'qib, tahlil qilib o'z fikrlarini bildiradilar. Matnni o'qish 
bosqichi uyga vazifa qilib topshirilib, dars paytida faqat savolni muhokama qilish 
mumkin. Bu o'qituvchi dars jarayonini qanday tashkil etishga bog'liq. 
Oxirida yakunlovchi topshiriqni ham o'qituvchi ma'ruzaning mavzusi, mavjud 
savollar, guruh talabalari va boshqa omillarni hisobga olgan holda avvaldan 
tayyorlaydi. 
Jadallashtirilgan ma'ruza o'qituvchidan darsga puxta tayyorlanishni, ma'ruzaning 
turli variantlarini tayyorlab qo'yishni talab qiladi. Bunda o'qituvchi har bir dars 
jarayoni texnologik xaritasini tayyorlaydi.
3. Laboratoriya amaliy mashg‘ulotlarini tashkil va utkazish. 
Ukuv jarayonining asosiy boskichlaridan biri bilimlarni amalda tadbik etish 
dan iborat, buning natijasida talabalarda ukuv va malakalar xosil kilinadi. Muta 
xassislik fanlarni urganishda olingan bilimlarni amalda tadbiq etish formalaridan 
biri tajriba ishlari va amaliy ishlardir. Tajriba va amaliy ishlardan kuzlangan maq 


sad – talabalarga mazmuni jihatidan mutaxassislik fanlar bilan bog‘lik bulgan tex 
nologik jarayonlar, texnikaviy hodisalar, umumiy qonuniyatlar, amaliy qoidalarni 
urganishdir, Tajriba va amaliy ishlar davomida talabalar uzlaridagi mavjud bilim 
larni tushunadilar, mustahkamlaydilar va kengaytiradilar, bu bilimlarni tadbiq 
etishga urganadilar, bu esa kasbiy mahoratni oshirish uchun nihoyatda zarurdir, Uz 
vazifasi, o‘quv jarayonida tutgan urni jihatidan mutaxas sislik fanlar buyicha qili 
nadigan tajriba-amaliy ishlar nazariy ta’lim bilan ishlab chiqarish ta’limi orasida 
oraliq vazifani egallaydi, hamda malakali o‘qituvchilar tayyorlashning bu ikki 
tomonini uzaro bog‘lashning eng muxim vositalaridan hi soblanadi. Mutaxassislik 
fanlarini ukitish uslubi fanining amaliy va tajriba darslari ma’ruzalar o‘qilishi bilan 
birga parallel ravishda olib boriladi. Talaba pedagogika tizimidagi fanlardan tash 
qari u ixtisoslik fanlarni xam chuqur urganishi darkor. Bunday fanlarga texnolo 
giya va dizayn, servis xizmat kursatish va qishloq xujalik asoslari yunalishlaridagi 
fanlari kiradi. Mutaxassislik fanlarini ukitish uslubiyoti fani ikki qismdan iborat: 
Fanning umumiy savollari. 
Fanning xususiy savollari. 
Birinchi qismda mutaxassislik soxasi buyicha fanlarni o‘qitish uslubiyotini 
psixo-pedagogik muammolar (masalan, talabalarni tarbiyalashda o‘quv-tarbiyaviy 
ishlarni tashkil kilishda yul-yuriqlar berish, o‘qitish jarayonida texnik fikrlashni 
takomillashtirish, muammoli ta’lim nazariyasi). 
Ikkinchi qismida o‘qitish uslubi buyicha talabalar kunikma va malakalari, 
umumiy bilmlarni konkretlashtirish, fanning asosiy va qiyin savollari kuriladi, 
Ma’ruzada berilgan material talaba tomonidan takomillashtiribgina qolmasdan, 
balki u bu materialni mustaqil uzlash tirishi kerak. Talaba nimani bajarib bilsa, uni 
faqat mustaxkam takomillashtirish emas, mustakil bajarishi xam kerak. Buning 
uchun tajriba va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qilish va unda talabalar tuliq qat 
nashishi kerak.
Amaliy mashg’ulotlarni tashkil qilishning quyidagi bosqichlari mavjud.
Texnologiya ta`limi jarayonida amaliy mashg’ulotalarni tashkil etish bosqich 
lari. Texnologiya ta`limi yunalishi buyicha mutaxassislik fanlaridan laboratoriya 
mash g’ulotlarini dars jarayonini tashkil etish, uni olib borish metodlarini tala 
balarga o’rgatishni uslubiy asoslari magistrlarga mutaxassislik fanlarini o’qitish 
metodikasi fani orqali o’rgatiladi. Darslarni tashkil etish va olib borish boyicha 
yo’l-yo’riqlar quyidagicha bo’lishi mumkin. 


1.Dars davomida dars jarayonining boshqaruvchisi va javobgari ham sizning 
o’zingiz. 
2.Dars davomida o’qitvchiga berilgan barcha huquq va imtiyozlarga egasiz. 
3.Darsni qat`iy oldindan belgilangan reja asosida olib borish. Ayrim holda sharoit 
taqozosi bilan rejadan chetga chiqib ketish mumkin bo’lsa, darsdagi sistemalilik va 
maqsaddan chetlashmaslikka harakat qilish. 
4.Dars boshlanguniga qadar barcha kerakli jihozlarni tayyorlab qoyish. 
5.Dars qismlari boyicha yo’l-yo’riqlar. 
1) Salomlashish. Umuminsoniy qadriyatlarga suyangan holda mahalliy, milliy-
etnografik hususiyatlarni ko’zda tutgan holda amalga oshirilsin. 
2) Davomatni aniqlash. Bu ishlarni amalga oshirishning bir necha xil ko’rinishlari 
bo’lib, uni to’g’ri tarnlang. Bu variantlar: 
a) jurnal orqali davomatni aniqlash; 
b) navbatchi orqali davomatni aniqlash; 
v) navbatchidan yo’qlar royhatini talab etish yo’li bilan; 
g) o’qituvchi tomonidan ko’z yugurtirish yo’li bilan; 
d) oldingi mavzuni takrorlash jarayonida; 
Bu ko’rinishlarni turli sharoitda turlicha qo’llash mumkin. 
3) Guruhning dars o’tishga tayyorgarligini tekshirishda ushbu darsni olib borish 
uchun qanday jihozlar o’qituvchi uchun va talabalar uchun zarur hamda ularning 
mavjudligi, o’quv xonasining dars o’tishga tayyorligi (yoritilganlik, sanitariya-
gigienikva texnikasi talablariga javob berishi) tekshiriladi. Zaruriyat sezilsa, ular 
tartibga solinib, so’ngra dars boshlanadi. 
4) Oldingi mavzuni takrorlashdan maqsad faqat talabalar bilimini baholashdan 
iborat bo’lmay, balki yangi mavzuni o’rganishga zamin tayyorlash, ta`lim jarayo 
nida o’qitish shakl va metodlarini nechog’li to’g’ri tanlanganligini hamda pedago 
gik faoliyatidagi ayrim kamchiliklarni o’z vaqtida aniqlash va bundan keyin bu 
kamchiliklarni yo’qotish maqsadlarida ham amalga oshiriladi. 
Oldingi mavzuni takrorlashning ham bir necha ko’rinishlari mavjud bo’lib, har bir 
mashg’ulot uchun ular turlicha ahamiyat kasb etadi. Oldingi mavzuni takrorlash 


uchun tuzilgan savollar qisqa, tushunarli va aniq bo’lishi bilan bir vaqtda har bir 
ketma-ket keladigan savollar bir-biriga mantiqan bog’langan, izchillikda bo’lsin. 
Ayrim hollarda talabalar javoblari qoniqtirmasa, oldingi dars o’z vaqtida o’qituv 
chi tomonidan qisqacha takrorlanishi va yangi mavzuga bog’lanishi talab etiladi. 
Bunday holning bir necha bor takrorlanishi ko’pincha o’qitish shakli va 
metodlarining noto’g’ri tanlanganligi oqibatida kelib chiqadi. Shu sababli o’tish 
shakl va metodlarini tanlashga jiddiy ahamiyat berish kerak. Oldingi mavzularni 
takrorlashda vaqtdan o’ta unumli foydalanish metodlarini qo’llash talab etiladi. 
5) YAngi mavzuning bayoni. Bunda ishlab chiqilgan reja boyicha o’quv mate 
rialining talabalarga etkazilishi talab etiladi. Yangi mavzu mazmuni oldingi mavzu 
mazmuni bilan bog’lanishi talab etilsa-da har bir dars mashg’ulotida talabalarga 
etkaziladigan bilim, malaka va tushunchalar mohiyati jihatidan yakunlangan, tugal 
bo’lgan umumiy ta`lim tizimining kichik bir qismi sifatida bo’lmog’i kerak. 
Dars mobaynida talabalarga namoyish etiladigan ko’rgazmali qurollar, natural 
ob`ektlar o’z vaqtida talabalarga ko’rsatilishi talab etiladi. O’qitishning texnikaviy 
vositalari qo’llanilishida ortiqcha shovqin yoki darsga xalaqit beruvchi elementlar 
bo’lmasligi kerak. Har bir o’quv filmlari yoki magnitofon lentalari
mashg’ulotgacha eshitib yoki ko’rib chiqilgan bo’lib, dars davomida kerakli 
vaqtdagina undan foydalanish tavsiya etiladi. 
Dars davomida quyidagilarga ahamiyat berishish talab etiladi: 
O’qituvchi sifatida tashqi ko’rinish (kiyimlarning bejirimligi, soch va soqollarning 
holati, kiyim tugmalari qadalganligi, ...)
Nutqingiz (nutqingizdagi ohang, tutilmay so’zlash), hozir javoblik, fikrlarni
sistemali va izchil bayon eta bilishi, tanlagan misollardan o’z o’rnida aniq 
foydalanish hamda qo’llay bilishi; 
Tushuntirishda mavzu mazmunini noma`lumdan ma`lumga, osondan qiyinga, 
soddadan murakkabga tomon yo’nalishdagi izchillikning ta`minlanishi; 
Chizma va eskizlarni tayyorlashni tushuntirish usullarini va texnologiyasining 
tushunarli bo’lishiga; 
bir vaqtning o’zida dars mazmunini bayon qilish va talabalar faoliyatini kuzatib 
borish qobiliyati va uni amalda qo’llay bilishi;
Pedagogik nazokatni amalga oshirishda talabalar bilan bo’lgan muomalasi, 
qat`iylik va samimiylik turli holatlarda o’zini tuta bilishi va uddaburonligi; 


Ish jarayonini to’g’ri va aniq ko’rsata bilishi; 
Darsni metodik jihatdan to’g’ri tashkil eta bilishi va amalga oshirishi; 
Ilmiylik printsipi va ta`limning politexnik xarakterini nechog’lik amalga oshira 
bilishi; 
Ta`lim va tarbiya printsipini amalga oshirishdagi faoliyatingiz; 
Dars maqsadini to’g’ri tanlay bilishi va dars so’ngida bu maqsadga erishganlik 
darajasi; 
To’g’ri va teskari aloqani to’g’ri va o’z o’rnida qo’llay bilishi; 
Tanlangan metodlarni o’z o’rnida va samarali qo’llay olishi; 
Darsni yakunlashi, asbob-uskunalarni o’z o’rniga joylashtirish va xonani 
yig’ishtirish;
Yangi mavzuni mustahkamlashda ham oldingi mavzuni takrorlashdagi metodlar va 
talablar qo’llanilishi mumkin. Bunda yangi mavzuni nechog’li samarali o’qitilgani 
o’z ifodasini topadi. 
Shu sababli bu bo’limda talabalar bilim va malakalarini baholash bilan bir vaqtda 
kelgusi dars rejasi chun dastlabki kerakli ma`lumotlarni olish mumkin. 
6) Talabalarni baholash va uyga vazifa berishda bahoning ob’ektivligini 
ta`minlashga harakat qiling. Baholashda kichik bir savol bilan talaba bilimini 
baholashdan chetlashish. Amaliy mashg’ulotlarda esa 100% talabalarni baholab 
borish talab etiladi. Baholashda talabaning barcha faoliyatini hisobga olgan holda 
baholash talab etilgan taqdirdagina ish o’rnini tashkil etishi, xavfsizlik texnikasi 
qoidalariga amal qilishi, savollarga to’g’ri va aniq javob berishi, hayotiy misollar 
keltira bilishi asbob-uskunalardan to’g’ri foydalanishi, mehnat madaniyati va h.k. 
Talabaga bu faktorlar hisobga olinayotganini tushuntirgan taqdirdagina bahoning 
tarbiyaviy xarakteri ochiladi. Aks holda “keyingi darsda yana ham yaxshi harakat 
qilish, ishlanish, hozir “4” baho qoyaman” deyish bilan bahoning tarbiyaviy 
xarakteri ochilmaydi.


Albatta, bunday yondoshishda talaba xulqiga beriladigan baho bilan ilmiga 
beriladigan bahoni farqlash talab etiladi. 
Darsda talabaning bilim va malakasiga baho beriladi. Uyga beriladigan vazifa aniq 
bo’lib, kerak bo’lsa, qisqa yo’llanma berish talab etiladi.
Quyida ayrim mutaxassislik fanlaridan laboratoriya mashg‘ulotlarini utkazishga 
oid misollar kelti ramiz. 
1.Texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashning ukuv rejasi, dasturini 
taxlil kilishga oid amaliy ishda bulajak o‘qituvchilarni ukuv-uslubiy xujjatlar bilan 
tanishtirish va ularni tahlil qilishda bilim kunikmalarni shakllantirish maqsad qilib 
quyiladi. 
Mashg‘ulotning nazariy qismida malaka tavsivnomasi, o‘quv reja va 
dasturlai haqida, nazariy va amaliy ta’lim, o‘qitilish hajmi va ketma-ketligi, o‘quv 
dasturi nimalarni o‘rgatishi, amaliy va laboratoriya ishlar, o‘quv adabiyotlari, 
qullanma va o‘qitish vositalari ruyxatlari o‘quv dasturini bajarish majburiyligi va 
o‘quv rejasi hamda dasturlarning boshqa uslubiy asoslari haqida tushuntirish 
ishlari olib boriladi.
Ishning borishida quyidagi ishlar amalga oshirilishi ta’kidlanadi. 
1. Texnologiya ta’limi yunalishi buyicha dastur tuplami va xujjatlar bilan 
tanishib chikish (o‘quv rejalari qachon va kim tomonidan tasdiqlangan, o‘quv
muddati). 
2. Dastur xujjati tuplamining tarkibiy qismi sanab utish, qisqacha tavsif berish. 
Kursatilgan kasb malaka tavsifnomasi bilan tanishish. (kasbi,ixtisosi). 
4. Texnologiya ta’limi o‘qituvchisi uz kasbi sohasi buyicha nimalarni bilishi 
kerak» rubrikasi ostidagi kerakli punktlarni tanlash. 
5. Bilim va kunikmalarni shakllantirishda saylangan mavzular uchun o‘quv 
elementlarini tanlash. (O‘quv elementlari – fan xakida tushuncha, bilim va 
kunikmalarni shakllantiruvchi mavzu). 
6. Berilgan savollarning xar bir punktida talab etilgan yozuvlar bajarilsin. 


7. Xulosalash. O‘zini o‘zi tekshirish savollari orqali mashg‘ulot mazmun 
mohiyati buyicha olingan bilim va malakalar mustahkamlanadi. 
2. Mutaxassislik fanlari buyicha perspektiv mavzuiy va dars rejalarini 
tuzishga amaliy mashg‘ulotda o‘quv dasturlari mavzulari asosida perspektiv-
mavzuiy reja tuzish orkali boshlangich kunikmalarni shakllantirish maqsad qilib 
quyiladi. 
Mashg‘ulotni nazariy qismida dars-butun bir tizimni, unda ta’lim va 
tarbiyaviy maqsad va vazifalar takomillashuvi, o‘qituvchi darsni rejalashtirishi, 
rejalashtirish odatda perspketiv-tematik reja va perktiktiv dars rejalaridan tashkil 
topishi, yaxshi uylangan perspektiv-mavzuiy reja o‘qituvchiga hozirgi za mon va 
har tomonlama o‘quv jarayonining material-texnik bazasi buyicha tayyorlash ga, 
shuningdek nazariyaning ishlab chikarish bilan bog‘lanishini ta’minlashga sha roit 
yaratilishi, Perspektiv-mavzuiy reja darslar tizimini tug‘ri tashkil etishda va 
keyingi darsda tayyorlanishda yangiliklar keltirishi, bu tajriba mashg‘ulotida 
perspektiv-tematik rejani tuzishda o‘qituvchi harakatlari ketma-ketliklari haqida 
urgatish ishlarini olib boriladi. Mashg‘ulotni olib borish va bajarish hamda 
hisobotlarini quyidagi jadval asosida amalga oshirish mumkin. 

Etaplar 
Maksadlar 




Kvalifikatsion 
xarakteristikani urganish 
1.Kasblar buyicha yosh kvalifikatsion 
ishchilar kanday dars va bilimlar olishini 
yuzaga chikarish. 
2.Predmet maksadi va vazifalarini aniqlash. 

Ukuv rejasi va dasturi
Bilan tanishish 
1.Mazkur ukuv yurtida ukitiladigan fanning 
tarbiya tizimidagi urnini yuzaga chikarish. 
2. Dastur buyicha talabalarga shakllanadigan 
bilim, malaka,kunikmalar xajmi xakida 
tushunchalar berish.


 3
Mavzu buyicha ukuv 
materiali mazmunini taxlil 
kilish. 
1.Aniqlash: 
a) mavzuni urganishdagi tushunchalar 
b) ulardan birinchi uchraganlarni aniqlash. 
2.Ukuv materiali xajmi va darslar buyicha 
ketma-ketligini aniqlash.

Ishlab chikarishning 
fanlararo boglikligi taxlili. 
1.Tarbiya mavzusidagi tushunchalar, bu ukuv 
materialini darslar buyicha taksimlashda kul 
keladi. 
2.Ishlab chikarish darslari tushunchalari- 
ni urganish. 

Dars tizimlarini kayta 
ishlash. 
1.Tarbiya uchun kiritilgan asosiy tu shun 
chalar,ular murakkabligi,yangi bilim larni 
takomillashtirish darslarini aniqlash. 
2.Amaliyotda bilimlarni kullash buyicha 
talabalarga kanaka kunikmalar xosil bulishni 
dastur buyicha aniqlash, bilim yuklamalarni 
shakllantiriruvchi dars larni joriy etish. 
3.Talabalar bilimlarini tizimlashtiruv 
chi,shuningdek tekshiruv ishlarini olib 
borishga bagishlangan umumiy tuzilishdan 
darslar sonini aniqlash. 
4.Ukuv jarayonini aktivlashtiruvchi turli 
yunalishdagi dars tizimini aniqlash. 

Mustakil ishlarni kayta 
ishlash tizimi. 
1.Berilgan mavzu materiallarida kunik- 
malarning mustakil ketma-ketlikda 
shakllanishini aniqlash. 
2.YUkorida kursatilgan kunikmalar 
shakllanishi darajasini aniqlash. 
3.Bilimlar usish dinamikasini urganish. 
4.Darsliklar,ukuv kullanmalari,topshirik va 


mashklar materialini taxlil kilish. 

UTV kompleksini 
tayyorlash. 
1.UTV dan nimalar borligini aniqlash. 
2.Ular tugriligini tekshirish. 

Didaktik materiallar 
kompleksini tayyorlash. 
1.Kanaka didaktik materiallar kullanilishini 
aniqlash. 
2.Tarkatuvchi materiallar tayyorlash. 

Muvofiqlikni aniqlash. 
1.Bilim,kunikmalarni talabalarga 
mustaxkamlash. 
2.Talabalarning sinfdan tashkari ishlarni 
bajarishda sharoitlar yaratish. 
SHuningdek ishning borishi va bajarish tartib quyidagicha bo‘lishi mumkin. 
1. O‘quv dasturlari mavzulari asosida tuzilgan perspektiv-mavzuiy va dars rejalari 
bilan tanishish va ularga tavsiyanoma berish. 
2. Biror bir mutaxassislik fani buyicha mavzu tanlash va perspektiv-mavzuiy va 
dars rejalarini tuzish. 
3. Namuna I va II larni tahlil kilish. 
4. Ish buyicha xulosa chikarish. 
Uz-uzini tekshirish savollari. 
1.Ukuv rejasining kiskacha pedagogik taxlilini bering. 
2.Perspektiv-mavzuiy va dars rejalarining axamiyati nimadan iborat? 
3.Dars rejasi tuzishining o‘qituvchi uchun axamiyati nimadan iborat? 
Quyida ilova tariqasida perspektiv mavziy reja va perspektiv dars rejasini tuzish 
jalvallarini tavsiya qilamiz. 
Perspektiv – mavzuiy reja. 
Namuna 1
Mavzuning 
YAngi 
Mavzu 
Ukituv- 
UTV 
Fanlararo 
Uyga 


nomi,mazmuni mav 
zuni ur- 
ganish 
formasi 
maksad 
chilar bi 
lan mus- 
takil ish 
lash 
boglikligi 
vazifa 
Perspektiv – dars rejasi. 
Namuna 2 
Dars no- 
mi,maz- 
muni 
Dars
turi 
Darsda 
kullanila 
digan us- 
lublar 
Didaktik 
materiallar 
va UTV 
Kullani- 
Ladigan 
adabiyot- 
lar 
Mustakil 
ish 
Uyga
vazifa 
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar 
1. O‘qituvchiga qanday kasbiy pedagogik talablar qo‘yiladi? 
2. Ilmiy-ijodkorlik nima? 
3. Ilmiy tadkikotchilik nima?
4. Ma’ruza darslari qanday tashkil qilinadi? 
5. Laboratoriya amaliy mashg‘ulotlarini qanday tashkil qilinadi? 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish