4. O’xshash masala tuzish
Bir xil matematik strukturaga ega bo’lgan masalalar o’xshash masalalar deyiladi. O’xshash masalalarni o’quvchilar tomonidan tuzilishi turli hayotiy vaziyatlarda berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi umumiy bog’lanishlarni aniqlashga yordam beradi. O’xshash masalalarni berilgan tayyor masalani yechib bo’lgandan so’ng, tuzish kerak, shu bilan birga bunda iloji bo’lganda masalaning faqat syujeti va sonlarini emas balki kattaliklarni ham o’zgartirish lozim taklif etish lozim. Masalan, agar 3-sinf o’quvchilari baho, miqdor, jami pul kabi kattaliklarga doir masalani yechishgan bo’lsa, endi unga o’xshash masalani lekin, boshqa kattaliklar tezlik, vaqt, masofa bilan berish kerak.
5. Teskari masalalar tuzish
Teskari masalalar tuzish va yechishga doir masalalar miqdorlar orasidagi bog’lanishlarni o’zlashtirishga yordam beradi. Teskari masalalarni berilgan sodda masalaga nisbatan ham tuzish mumkin. Biroq o’qituvchi bu teskari masalaga bolalarning kuchi yetish-yetmasligini har doim tekshirib turishi lozim. Teskari masalalarni tuzish masalalarni tekshirish bilan birga olib borish kerak.
6. Ilyustratsiyaga qarab masala tuzish
Berilgan rasm, chizma yoki qisqa yozuvga qarab masalalar tuzishga doir mashqlar foydalidir. Ular masalani bolalar konkret vaziyatda ko’rishga yordam beradi. Masalan: rasmga qarab bolalar bir nechta masala tuzishlari mumkin ,, bo’lochka non 5 so’m, 1 stakan choy esa 3 so’m turadi. Bir stakan choy va bo’lochka necha pul turadi?’’ ,,Bulochka 5 so’m, 1 stakan choy oldim.’’
Bolalarga u yoki bu ilyustratsiya bo’yicha masala tuzishni taklif qilishdan avval bu ilyustratsiyani analiz qilish, ya’ni suhbat o’tkazish va bolalar ilyustratsiyasida nima tasvirlanganini, sonlar nimani ifodalanishini, nimani bilishi kerakligini, bilish bilmasliklarini aniqlash kerak.
7. Berilgan yechilishiga qarab masala tuzish
Masalalar yechish malakasini shakllanishiga masala yechilishiga nisbatan teskari deb atash mumkin. faqat raqamlar bo’lgan mashqlar yordam beradi – bu masalani uning yechilishiga qarab tiklashdir.
Masalaning yechilishi ixtiyoriy formada berilishi mumkin: aolhida amallar, ifoda yoki tenglama bilan, bo’lgan tushuntirish yozuvlari bilan va ularsiz berilishi mumkin. Bunda masalaning yechilishi bitta amalni o’z ichiga olishi mumkin. Bir nechta amalni ham o’z ichiga olishi mumkin. Faqat raqamlar yordamida emas, balki harflar bilan ham yozilishi mumkin. masala tuzishni taklif qilayotgan avval masalani berilgan yechilishini analiz qilish kerak.
Ayrim hollarda bolalarga masala syujetini yoki kattalikning nomini aytib berish maqsadga muvofiqdir. Masalan o’qituvchi 3-sinf o’quvchilariga berilgan ushbu ifoda bo’yicha, tezlik, vaqt, masofa kattaliklari qatnashgan masala tuzishni taklif qiladi. (12:3)*2. Bu yerda qaysi amal birinchi berilgan (bo’lish), so’ngrachi? (x) Bu ifodaga ko’ra tezlik, vaqt, masofa kattaliklari qatnashgan masala tuzish kerak. Ko’paytirish amali bajarilgandan so’ng nimani bilamiz. (masofani) Demak 2 soni nimani bildiradi. (harakat vaqtini) 12:3 ifoda nimani bildiradi? (tezlikni) Agar bu ifoda tezlikni bildirsa, unda har bir son nimani ko’rsatadi? (12 o’tilgan masofani, 3 esa harakat vaqtini). Masala tuzing. Bolalar masalan quyidagi masalani tuzishlari mumkin: ,,Yo’lovchi bir xil tezlik bilan yurib 3 soatda 12 km yo’lni bosdi. Shunday tezlik bilan yursa, yo’lovchi 2 soatda qancha yo’lni bosadi? Ko’rsatilgan amallar bo’yicha masalalar tuzish taklif qilish ham mumkin. Masalan, o’qituvchi yechilishida avval ko’paytirish amali bajarilishi lozim bo’lgan masala yoki yechilishi avval qo’shish amali, so’ngra bo’lish amali bajarish zarur bo’lgan masala tuzishni taklif qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |