§ 1.3. Masalalarni yechish usullari……………………………….22-29
II Bob Boshlang’ich sinf o’quvchilarini masalalar yechishga o’rgatish metodikasining umumiy masalalari
§ 2.1. Matematik masalalar va ularning turlari ..........................30-31
§ 2.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida masala yechish ko’nikmasini shakllantirish metodikasi .............................................................32-39
§ 2.3. Boshlang’ich sinfda masalalarni o’rganishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish …………………….40-43
Xulosa …………………………………………………………..44-45
Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………..46-47
Kirish
Ta’limni tubdan isloh qilishning ajralmas va muhim qismi hisoblangan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, amaliyotga joriy qilinishi mumkin bo’lgan yo’l-yo’riqlar yangicha usullar orqali mutaxassislar tomonidan ma’lum tizim asosida o’rgatilishi lozim. Jahon ta’limi tajribasi shundan dalolat beradiki, jamiyat taraqqiyoti ta’limning takomillashishi va taraqqiy qilishi bilan chambarchas bog’liqdir.
Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda “Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, hayotimizning yanada erkin va obod bo’lishiga erishish – bizning bosh maqsadimizdir” mavzusida qilgan ma’ruzasida jumladan shunday fikrlarni o’qish mumkin:
“Bu yo’lda bizning eng katta tayanch va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz yosh avlodimizdir.
Bu – O’zbekistonda tashkil etilgan dunyo miqyosida katta qiziqish va havas uyg’otayotgan mutlaqo yangi o’quv tizimida yuksak ta’lim-tarbiya olayotgan, eski asoratlardan, qarashlardan uzoq bo’lgan, zamonaviy kasb-hunarlarni o’zlashtirgan, mustaqil fikrlaydigan, ertangi kunga intilayotgan bizning farzandlarimizdir.
… Ishonchim komil, bunday yoshlarimizning safi qancha ko’paysa, qancha rivoj topsa, hech shubnasiz, marra bizniki, O’zbekistonnikidir”1
Mustaqillik yillarida ta’lim tizimidagi o’zgarishlar ta’lim jarayoni tarkibiy qisimlarini yangicha tartibda namoyon bo’lishini taqozo etadi. An’anviy ta’lim qonuniyatlari va tamoyillariga mos holda yangi tamoyillarga amal qilish, ta’lim metodlarining paydo bo’lishi, ta’lim vositalarining takomillashuvi, ayniqsa ta’limni tashkil etishning noan’anaviy shakllari keng ko’lamda joriy etilishi kuzatilmoqda.
Mazkur o’zgarishlarning bir qismi mavjud didaktik ta’limotlarning tarkibidan o’sib chiqqan bo’lsa, yana bir qismi dunyodagi ta’lim tizimi rivojlangan mamlakatlar olimlarining pedagogik tajribalariga suyangan holda paydo bo’ladi. Shu o’rinda ta’limning zamonaviy interfaol metodlarining mamlakatimiz ta’lim sohasiga kirib kelishi alohida e’tibor qaratadigan yo’nalishlardan biri ekanligini qayd etish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |