A qodiriy nomidagi


Ma’naviyatni shakllantirishga



Download 1,09 Mb.
bet27/196
Sana06.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#324442
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   196
Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil — bu ta’lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog‘liqdir.

Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilmu ma’rifat, ta’lim va tar-biyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Albatta, ta’lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni, xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi.

Ma’lumki, ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi — bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi.

Bu haqda fikr yuritganda, men Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir» degan chuqur ma’noli so‘zlarini eslayman. Buyuk ma’rifatparvar bobomizning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Ma’naviyatning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati haqidagi fikr-mulohazalarimizga yakun yasar ekanmiz, avvalambor, shuni chuqur anglab olishimiz darkorki, ma’naviy yuksalishga erishish — bu bir yillik yoki besh-o‘n yillik ish emas. Xalq, millat o‘z milliy ma’naviyatini yillar, asrlar davomida yuksaltirib, boyitib boradi. CHunki ma’naviyat qotib qolgan aqidalar yig‘indisi emas, aksincha, doimiy harakatdagi uzluksiz jarayon bo‘lib, taraqqiyot davom etar ekan, uning shiddatli yurishi tufayli ma’naviy hayot oldiga qo‘yiladigan talablar ham muttasil paydo bo‘laveradi.

YA’ni, mamlakatimiz taraqqiyot pillapoyasidan yangi-yangi cho‘qqilar sari qadam qo‘yar ekan, biz yashayotgan zamon sur’atlari shiddat bilan tez-lashib, oldimizda yana qancha muammo va mashaq-qatlar paydo bo‘lar ekan, tabiiyki, ma’naviy hayotimiz ham ana shu sinovlarda toblanib, yuk-salib, jamiyatimiz, millatimizning yorug‘ va sog‘-lom kelajagini har qanday tahdid va to‘fonlar-dan — davr o‘zgarishi bilan ularning ko‘rinishi va shakli o‘zgarishiga qaramasdan — bezavol saq-lash va asrab qolishga qodir bo‘lishi darkor.

Ana shu fikr va xulosalardan kelib chiqqan holda, «Biz kimmiz?» degan savolga javob ber-masdan turib, eng muhimi, ma’naviy boylikni, ma’naviyatni yuksaltirishga doimiy intilmasdan turib biz o‘z oldimizga ko‘ygan ezgu maqsadlarga erishish mumkin emas, desam, qalbimdan chuqur joy olgan fikrni aytgan bo‘laman.

Bugungi kunda ma’naviyat dunyosiga nisbatan mavjud bo‘lgan xavf-xatarlardan albatta ko‘z yumib bo‘lmaydi, lekin bizning ishonchimiz komilki, xalqimiz tarixning murakkab jarayonlarida irodasi chiniqib, har qanday hujum va tazyiqlarga qaramasdan, ma’naviy olami kuchayib va yuksalib borayotgani, bizni ko‘rolmaydigan kuchlar ham bu haqiqatni tan olayotganini mamnuniyat bilan qayd etamiz.

CHunki xalq - bamisoli ulug‘ va sharafli yo‘ldan ilgarilab borayotgan ulkan karvon. Uni yo‘ldan chalg‘itishga urinuvchilar, payt poylab orqasidan hamla qiluvchilar hamisha bo‘lgan, bundan keyin ham bo‘lishi mumkin. Karvon bexatar bo‘lmas, degan gap bejiz aytilmagan. Ammo xalq karvonini hech qanday kuch ortga qaytarolmaydi. Nega deganda, xalqning qalbida ne-ne avlodlardan meros engilmas kuch - ma’naviyat bor.

Barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydigan tomoni shundaki, bizning ezgu intilishlarimiz zamirida ham ana shunday pok niyat, buyuk ishonch mujassam. Aniq maqsad yo‘lidagi bunyodkorlik ishlarimiz amaliy natijalar bera boshlagan, ko‘zlagan rejalarimiz bosqichma-bosqich ro‘yobga chiqib, dunyo hamjamiyatidan o‘zimizga munosib o‘rin egallab borayotgan hozirgi kunda xalqimiz, millatimiz qalbidagi ana shu ishonch yanada mustahkamlanmoqda.

SHu bois men shonli tarixiga sadoqat bilan qarab, bugungi ozod hayotini qadrlab, o‘z kelajagiga katta umid bilan intilayotgan xalqimizning donishmandligi va matonati, uning iymon e’tiqodi, mustahkam irodasi va yuksak ma’naviy ruhi doimo barqaror yashaydi, deb ishonaman deyiladi asar xotimasida.

Islom Karimovning “O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” risolasida davlatni bosh islohotchi ekanini e’tirof etib, siyosiy-ma’naviy islohotlarda ham milliy tarbiyani yuksaltirishda ham davlat bosh islohotchi bo‘lishini tan olishimiz kerak va tegishli qonunlar orqali ma’naviy yo‘nalishlarning poydevorini asoslab berishimiz kerak” deb qayd etadi.

“YUrtiga, vataniga muhabbat, insonparvarlik tuyg‘ulari xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy xususiyatidir. Ana shu noyob fazilatlarni asrab, avaylash va yanada takomillashtirish, farzandlarimizni ozod va demokratik O‘zbekistonning munosib o‘g‘il-qizlari etib tarbiyalash masalasi ma’naviyat sohasidagi ishlarimizning asosiy yo‘nalishini tashkil etmog‘i kerak” deyiladi.

Aslini olganda ahloq – ma’naviyatning o‘zagi. Inson ahloqi shunchaki salom-alik, xush muomiladangina iborat emas. Ahloq – bu avvalo insof va adolat tuyg‘usi, imon, xalollik degani deb ta’kidlanadi.

Qadimgi ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir ahloqiy talablar majmuasini, zamonaviy tilda aytsak, sharqona ahloq Kodeksini ishlab chiqqanlar. Kishi qpalbida xaromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo‘lishi kerak deyiladi ushbu asarda.


Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish