A qodiriy nomidagi



Download 1,09 Mb.
bet26/196
Sana06.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#324442
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   196
Ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qat’i nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunesini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafquraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim, deb o‘ylayman.

Agarki masalaga amaliy ko‘z bilan qaraydigan bo‘lsak, ma’naviyatimizga qarshi qaratilgan har qanday xuruj — bu millatimizni millat qiladigan, asrlar, ming yillar davomida ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan o‘ziga xos va o‘ziga mos xususiyatlarga, milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘usiga, bizni doimiy ravishda tadrijiy taraqqiyotga chorlaydigan, shu yo‘ldagi barcha asorat va illatlardan xalos bo‘lib, ozod va farovon hayot barpo etishdek ezgu maqsadlarimizga katta zarba beradigan mudxish xavf-xatarlarni anglatadi.

Lo‘nda qilib aytadigan bo‘lsak, bunday mafkuraviy xurujlar milliy va diniy tomirlarimizga bolta urishini, ulardan bizni butunlay uzib tashlashdek yovuz maqsadlarni ko‘zlashini, o‘ylaymanki, yurtimizda yashaydigan sog‘lom fikrli har bir odam yaxshi tushunadi.

Takror aytishga to‘g‘ri keladi — ota-onalar, ustoz-murabbiylar bu masalada hushyorlikni yo‘qotmasligimiz, yoshlar tarbiyasida aslo beparvo bo‘lmasligimiz zarur.

O‘ylaymanki, tarihda ko‘p-ko‘p sinov va mashaqqatlarni ko‘rgan, aziz farzandining baxti va kelajagini o‘z hayotining ma’no-mazmuni deb biladigan xalqimiz bunday xatarlarning mash’um oqibatlarini yaxshi anglaydi.

Xulosa qilib aytganda, bugungi shiddatli davrda chinakam ma’naviyatli va ma’rifatli odamgina inson qadrini bilishi, o‘z milliy qadriyatlarini, milliy o‘zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallashi uchun fidoiylik bilan kurasha olishi mumkin.

Nafaqat davlat rahbari, avvalambor, buyuk tarix, madaniyat va ma’naviyat egasi bo‘lgan xal-qimizning bir farzandi sifatida, ana shu bebaho boylikni asrab-avaylash, uni har xil oshkora va pinhona hujumlardan himoya qilish haqida qayg‘uradigan bir inson sifatida yuqorida zikr etilgan o‘ta muhim va o‘ta nozik bu masalalar meni ham ko‘pdan buyon o‘ylantirib keladi.
Ushbu kitob insonning yuksalishida ma’naviyat olamining qanday ta’sir va ahamiyatga ega ekani, shuningdek, ma’naviyatga qarshi qaratilgan xurujlarning real xavfi haqida atroflicha fikr yuritish, xalqimiz yangi hayot, yangi jamiyat asoslarini qurayotgan hozirgi murakkab va tahlikali zamonda odamlarni bunday xatarlardan ogoh etish, el-yurtimiz, keng jamoatchilik e’tiborini bu masalalarga yana bir bor qaratish, kelajak avlodimizni ma’naviy sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash bilan bog‘liq vazifalarni aniq belgilab olish borasidagi hayotiy ehtiyoj mahsuli sifatida dunyoga keldi.

Agarki mendan, hozirgi kunda ma’naviyatimizni asrash uchun nima qilish lozim va unga tahdid soladigan xurujlarga nimani qarshi qo‘yish kerak, deb so‘rasa, men avvalambor shu yurtda yashayotgan har qaysi inson o‘zligini anglashi, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, ulug‘ ajdodlarimizning merosini chuqurroq o‘zlashtirishi, bugungi tez o‘zgarayotgan hayot voqeligiga ongli qarab, mustaqil fikrlashi va diyorimizdagi barcha o‘zgarishlarga daxddorlik tuyg‘usi bilan yashashi zarur, deb javob bergan bo‘lardim.

Ishonchim komilki, ana shunday noyob insoniy fazilatlarga, yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan xalq hech kimga hech qachon qaram bo‘lmaydi, o‘zining ezgu maqsadlariga albatta etadi.


Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish