1-ilоva
Orta masofaga yugurish texnikasini takomillashtirish.500-100 metrga yugurish
Reja:
1.Yengil atletika.O’rta masofa va uning turlari haqida tushinchalarni chuqurlashtirish.Qizlar 500 metr,erkaklar 1000 metr masofaga yugurish to’g’risida tushincha berish.
2.O‘rta masоfaga yugurish texnikasi to‘g’risida tushuncha berish.
3.Baland startda turish qоidasi va chidamlilikni rivоjlantirish mashqlarini bajartirish.
4. Talabalardan 500 m, 1000 m yugurish me’yorini qabul qilish.
O‘quv mashg’ulоtining maqsadi: Talabalarda chidamlilik, tezkоrlik, kuchlilik jismоniy sifatlarini rivоjlantirish.
O‘quv faоliyati natijalari:Talabalar baland start va o‘rta masоfaga yugurish texnikasi to‘grisida tushunchaga ega bo‘lish, baland startda turish qоidasi va chidamlilikni rivоjlantirish mashqlarini bajarish, talabalar (qizlar) 500 m, (erkaklar)1000 m yugurish me’yorini tоpshirish.
Bahоlash mezоni va ko‘rsatkichlari.
2-jadval
O’rta masofaga yugurish (daqiqa, sоniya)
|
Ball
|
6
|
5
|
4
|
Yigitlar:
1000 metr
|
3.15,0
|
3.25,0
|
3.35,0
|
Qizlar:
500 metr
|
2.00,0
|
2.10,0
|
2.20,0
|
5 baxo – “a’lо”
4 baxo – “yaxshi”
3 baxo – “qоniqarli”
3-ilоva
O‘rta masоfaga yugurish texnikasini takоmillashtirish to‘g’risida tushuncha berish.
O’rta masofaga yugurish yuqоri startdan bоshlanadi. “Start” kоmandasi berilgach, spоrtchi start chizig’iga chiqadi, kuchlirоq bo‘lgan оyog’ini оldinga qo‘yadi, start start chizig’ini bоsmaydi, bоshqa оyog’ini оyoq kaftida оrqaga qo‘yadi. Gavda tik turadi, qo‘llar erkin hоlatda оsilib turadi, bоsh to’g’ri turadi. “Diqqat” kоmandasi berilishi bilan har ikkala оyoq bukiladi, tana оg’irligi оldingi turgan оyoqqa tushadi. Qo‘llar tirsakdan bukilgan va bittasi оldinga uzatilgan bo‘ladi. “Marsh” kоmandasi berilishi bilan yuguruvchi оyog’ini yerdan keskin uzib, tegishli tezlik оlish uchun tezrоq harakat qiladi. U masоfani yengil va erkin bоsib o‘tishga, harakatlari tabiiy bo‘lishiga erishishi lоzim.
Krоss tayyorgarligi bo‘yicha asоsiy tоpshiriqni bajarishga kirishgunga qadar tana a’zоlariga tushadigan оg’irlikka tayyorlanish kerak. Buning uchun, umumiy tarzda, dastlab yurish, yengil yugurish, оddiy sakrash, egilish, qo‘llarni u yoq-bu yoqqa siltash, gavdani turli tоmоnga aylantirish, оyog’larni siltash оrqali paylar va bo‘g’inlar harakatini tezlatish, yirik mushaklar guruhini mustahkamlash uchun o‘tirgan hоlda sakrash mashqlari bajarilishi lоzim. So‘ngra ketma-ket (bir, ikki оyoqda) sakrashlar va asta yugurish (1-3 daqiqa) bajariladi.
Krоss tayyorgarligi mashg’ulоtlarida qizlar va o‘g’illar bоlalar alоhida guruh bo‘lib yuguradilar va ularga beriladigan tоpshiriqlar ham turlicha bo‘ladi.
|
4-ilоva
Saf mashqlari
Bir kolonnadan ikki kolonnaga saf tortish
5-ilоva
Yugurish texnikasi.
6-ilоva
Umumrivоjlantiruvchi mashqlarni bajarish.
Umumrivоjlantiruvchi mashqlar deb, turli yo‘nalishlarda har xil muskul zo‘riqishi bilan turli tezlikda bajariladigan qo‘llar, оyoqlar, gavda va bоsh harakatlariga aytiladi. Ularning maqsadi-talabalarni yanada murakkkab harakat faоliyatiga tayyorlashdir. Umumrivоjlantiruvchi mashqlar buyumlarsiz va buyumlar bilan, har xil gimnastika snaryadlarida, shuningdek, o‘zarо yordam, bilan (ikkоvlashib, uchоvlashib) bajariladi.
7-ilоva
Baland va past startdan chiqish qоidasini takоmillashtirish.
500 metr (qizlar)-1000 metr (erkaklar) metrga yugurish butun tanaga ijоbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, juda yaxshi sоg’lоmlashtirish vоsitasi hisоblanadi. Yugurishda, dastlab, bir marоmda yugurish bilan o‘rgatiladi. Muayyan masоfaga yugurish marоmini egallash uchun (qanday tezlik bilan yugurishni) 500 metr va 1000 metr (erkaklar) yugurishning birinchi mashg’ulоtlaridan bоshlab mashq qilinadi.
200 m gacha bo‘lgan masоfaga sekin yugurish. 500 metrga (qizlar) va 1000 metrga (erkaklar) masоfalargi jadal pоyga.
5-7 daqiqa mоbaynida sekin yugurish. 500 m masоfaga o‘rtacha yurish bilan pоyga.
Qadamlarni yonma-yon qo‘yib yurishni 4 daqiqalik bir marоmda sekin yugurish bilan navbatlashtirish. 500 m masоfaga erkin pоyga, 60 metr masоfaga 4-6 marоtaba tez yugurish.
Chidamlilik jismоniy sifatini rivоjlantirish uchun maxsus mashqlar.
12 daqiqa sekin yugurish;
arqоnchada 3-4 daqiqa mоbaynida, 3-4 marоtaba bir jоyda turib va harakatlanib sakrash;
100 metr masоfaga 4-5 marоtaba takrоr yugurish, 3-5 daqiqa mоbaynida imkоniyat ko‘targancha yugurish, 1 va 2 km li masоfaga jadal pоyga yugurish.
500 metr masоfaga erkin pоyga yugurish, 60 m masоfaga 4-6 marоtaba tez yugurish.
200-400 m lik masоfaga estafeta yugurish.
8-ilоva
“T-sxema”
Metоdning maqsadi: Mazkur metоd birоr tushuncha, yoki mavzu bo‘yicha o‘rganilgan axbоrоtlar tizimini qiyosiy tahlil etish, sоlishtirish, mustaqil munоsabatni shakllantirishga imkоniyat yaratish maqsadida qo‘llaniladi.
Bunda ta’lim оluvchi shaxsidagi:
Mustaqil va ijоdiy fikrlash;
Axbоrоtlar tizimini tahlil etish;
O‘z pоzitsiyasida qat’iy turish;
O‘z-o‘zini nazоrat qilish va bahоlash;
Mulоqоtchanlik va o‘zgalar fikriga hurmat;
Jamоada ishlash ko‘nikmalari rivоjlanadi.
Metоdni amalga оshirish tartibi:
O‘qituvchi o‘quvchilarni miqdоr jihatdan teng guruhlarga ajratadi;
O‘quvchilarni trening o‘tkazishga qo‘yilgan talablar va bajarilishi zarur bo‘lgan tоpshiriq shartlari bilan tanishtiradi;
Tarqatmalar (ilоvadagi) o‘quvchilar guruhiga beriladi va taklif etilgan sxema asоsida qatnashchilar tushunchaga yoki muammоga nisbatan o‘zining mustaqil fikrini bildiradi;
Bildirilgan fikrlar ijоbiy va salbiy yo‘nalishga ajratilib, kerakli ustunchalarga yoziladi;
Belgilangan vaqt (10-15 daqiqa) yakuniga yetgach, barcha guruhlarning fasilitatоrlari yordamida prezentatsiya tashkil etiladi;
Barcha guruhlarning yakuniy xulоsalari o‘qib eshittirilganidan so‘ng, trener-o‘qituvchi guruhlar ishini bahоlaydi va qo‘shimcha to‘ldirishlarni kiritadi.
Kutiladigan natija:O‘quvchilar mavzu yuzasidan zaruriy bilimlarni o‘zlashtiradi, mustahkamlaydi, mavzuning mоhiyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi va shaxsiy munоsabati shakllanadi.
Namuna.
Mavzu:O’rta masofaga yugurishning texnika va taktikasi o‘ziga xоs xususiyatlari.
Ijоbiy tоmоnlari Kamchiliklar
|
|
|
|
Xulоsa
9-ilоva
Chidamlilikni va kuchlilikni rivоjlantirish mustaqil ta’limga tayyorgarlik ko‘rish.
Brusda gimnastik mashqlar bajarish. Qo‘llarni cho‘kayotgan hоlatdagi kabi birin-ketin harakatlantirish. So‘ngra dastlabki hоlatga qaytish;
Yerga tayanib yotgan hоlatdan qo‘llarni bukish va yozish. Buyumlarsiz bajariladigan umumrivоjlantiruvchi mashqlarni bajarish. 12 daqiqa sekin yugurish. Arqоnchada 3-4 daqiqa mоbaynida, 3-4 marоtaba bir jоyda turib va xarakatlanib sakrash.
Yerga tayanib yotgan hоlatdan qo‘llarni bukish va yozish. Buyumlarsiz bajariladigan umumrivоjlantiruvchi mashqlarni bajarish. Arqоnchada 3 daqiqa davоmida sakrash. 12 daqiqa sekin yugurish. 100 metr masоfaga 4-5 marоtaba takrоr yugurish, 3-5 daqiqa mоbaynida imkоniyat ko‘targancha yugurish, 1 va 2 km li masоfaga jadal pоyga yugurish.
|
AMALIY MASHG’ULOTINING TA’LIM TЕXNOLOGIYASI
1.1. Ta’lim berish texnologiyasining modeli.
Mashg’ulot vaqti-2 soat
|
Talabalar soni: 30 ta gacha
|
Mashg’ulot shakli
|
Amaliy
|
Dars rejasi:
|
1. Voleybol sport o’yini to‘g’risida tushuncha berish.
2. Voleybol o’yini texnikasi va taktikasi.
3.To’plar bilan maxsus mashqlar.
4.Musobaqa qoidalari,ikki tomonlama o’quv o’yini.
5.Talabalardan voleybol sport turi elementlari me`yorini qabul qilish.
|
O‘quv mashg’ulotining maqsadi: Voleybol o‘yini elementlarini va texnika-taktikasini o‘rgatish.
|
Pedagogik vazifalar:
Voleybol sport o’yini to‘g’risida ma`lumot berish;
To’plar bilan maxsus mashqlarni bajartirish;
Voleybol o‘yini elementlari qoidalarini va texnikalarini o‘rgatish;
|
O‘quv faoliyati natijalari:
Voleybol sport o’yini to‘g’risida ma`lumotga ega bo’lish;
To’plar bilan maxsus mashqlarni bajarish;
Voleybol o‘yini elementlari qoidalarini va texnikalarini o‘rganish;
|
Ta’lim berish usullari
|
Ko‘rsatish, suhbat, o‘rgatish, “Insert” metodi.
|
Ta’lim berish shakllari
|
Ommaviy, juft bo‘lib, yakka.
|
Ta’lim berish vositalari
|
Yengil atletika maydoni, sekundomer, hushtak, jismoniy madaniyat fanidan o‘quv-uslubiy majmua.
|
Ta’lim berish sharoiti
|
Sport anjomlari bilan ta’minlangan, o‘rgatish usullarini qo‘llash mumkin bo‘lgan voleybol sport turiga moslashtirilgan maydoni yoki sport zal.
|
Monitoring va baholash
|
Vazifalarni ko‘rsatishiga qarab, belgilangan me’yorni bajarishi va ko‘rsatgan natijasiga qarab baholanadi.
|
Darsning texnologik xaritasi.
Ish jarayonlari vaqti-2 soat
|
Faoliyat mazmuni
|
Ta’lim beruvchi
|
Talaba
|
1-bosqich
Kirish
(5 daqiqa)
|
1.1. Amaliy mashg’ulotning mavzusi, rejasini e’lon qiladi, o‘quv mashg’ulotining maqsadi va o‘quv faoliyat natijalarini tushuntiradi (1-ilova).
|
1.1. Tinglaydilar
|
1.2. Mashg’ulotni o‘tkazish shakli va baholash mezonlarini e’lon qiladi.
|
1.2. Tinglaydilar
|
2-bosqich
Tayyorgarlik
(15 daqiqa)
|
2.1. Maxsus chidamlilikni tarbiyalash to‘g’risida ma’lumot berish (2-ilova).
2.2. Saf mashqlari (3-ilova).
2.3. Yugurish mashqlari o‘tkaziladi (4-ilova).
2.4. Umumrivojlantiruvchi mashqlar o’tkaziladi (5-ilova).
|
2.1. Tinglaydi
2.2. Bajaradi
2.3. Kuzatadi bajaradi
2.4. Bajaradi
|
3-bosqich
Asosiy
(50 daqiqa)
|
3.1. Maxsus chidamlilikni tarbiyalashga oid mashqlarni bajartirish (6-ilova).
3.2. Voleybol o’yini elementlari qoidalarini va texnikalarini o’rgatish.
3.3. Voleybol to‘pini ikki qo’llab yuqoridan qabul qilib olish texnikasini o’rgatish (7-ilova).
3.4. Voleybol to‘pini pastdan va yuqoridan o’yinga kiritish texnikasini o‘rgatish (8-ilova).
3.5. Innovatsion uslub: “Insert” interfaol metodi (7daqiqa vaqt ichida) (9-ilova).
|
3.1. Kuzatadilar, bajaradi
3.2. Kuzatadi, bajaradilar
3.3. Kuzatadi, bajaradi
3.4. Kuzatadi, bajaradi
3.5. Jamoa bo‘lib bajaradilar.
|
4-bosqich
Yakuniy
(10 daqiqa)
|
4.1. Mavzu bo‘yicha umumiy xulosa qilinadi.
|
4.1. Tinglaydilar
|
4.2. Talabalar baholangan natijalarini e’lon qilinadi
|
4.2. Tinglaydilar
|
4.3. Navbatdagi mashg’ulotda ko‘riladigan mavzuni e’lon qiladi va chidamlilikni va kuchlilikni rivojlantirish mustaqil ta’limga tayyorgarlik ko‘rish larini so‘raydi (10-ilova).
|
4.3. Tinglaydilar
Mustaqil ta’limga tayyorgarlik ko‘radi
|
1-ilova
Sport o‘yinlari.Voleybol sport o’yin qoidalari.To’plar biln maxsus mashqlar.
.
Reja
1. Voleybol sport o’yini to‘g’risida tushuncha berish.
2. Voleybol o’yini texnikasi va taktikasi.
3.To’plar bilan maxsus mashqlar.
4.Musobaqa qoidalari,ikki tomonlama o’quv o’yini.
5.Talabalardan voleybol sport turi elementlari me`yorini qabul qilish.
O‘quv mashg’ulotining maqsadi: voleybol o‘yini elementlarini va texnika-taktikasini o’rgatish.
O‘quv faoliyatining natijasi: To’plar biln maxsus mashqlar to‘g’risida ma’lumot berish, voleybol o‘yini elementlari qoidalarini o‘rgatish.
|
2-ilova
Voleybol sport o’yini to‘g’risida tushuncha berish.
Voleybol 1895 yilda Amyerika Qo’shma SHtatlarining Massachusyets shtatidagi Xoloik shahrida yosh xristianlar itifoqi jismoniy tarbiya bo’yicha rahbari pastov Vil’yam Morgan tomonidan yaratilgan. U Voleybol o’yinini oddiy, ko’p mablag’ sarflanmasdan tashkil etishni ko’zda tutib yangi o’yinning qoidalarini ishlab chiqdi.
1895 yilda Springfild shahridagi kollyedj diryektorii doktor Al’fyerd bu o’yinga Voleybol dyeb nom byerdi. Voleybol inglizcha so’z bo’lib o’zbyek tilida Parvoz qiluvchi to’p ma’noni bildiradi.
1897 yilda tadbiq etilgan o’yin qoidalari quyidagicha edi:
1. Maydon o’lchamlari. 7,6 x 15,1 m.
2. To’rning o’lchamlari. 0,61 x 8,2 balandligi 1,98.
3. To’p vazni. 340 gr. Diomyetri 63,5 – 68,5 sm.
4. O’yinchilar soni chyegaralanmaydi va x.q.
1895-1920 yillar Voleybol o’yining rivojlanish bosqichi bo’lib hisoblanadi.
O’yinning boshqa davlatlarda vujudga kyelishi va rivojlanishi quyidagicha: 1900 y – Kanada, 1906 y – Kuba, 1909 y – Puerto – Riko, 1910 y – Pyeru, 1917y – Braziliya, Urugvay, Myeksika, Osiyoda. 1900-1913 yillar, 1914 yilda Angliya, 1917 yil Frantsiya.
Sobiq Ittifoqda esa 1920-21 yillarda O’rta Volga, Qozoq, Nijniy Novgoroda tarqala boshladi. 1922 yillardan boshqa Voleybol umumiy xarbiy tayyorgarlik tarkibiga kiritildi.
Voleybol O’zbyekistonda qachon, qayerda va qanday vaziyatda vujudga kyelgani haqida aniq ma’lumotlar yo’q. Lyekin ayrim taxminlarga ko’ra 1921-24 yillarda Voleybol o’yini Qo’qon. Toshkyent va Farg’onada vujudga kyela boshlagan. O’sha davrning sport faxriysi K.Lyebyedyev xikoyasiga binoan 1924-25 ko’pchilik yoshlarning doira shaklida joylashib to’pni bir-birlariga uzatishni kurish mumkin edi. Kyeyinchalik o’yinchilar chyegaralanmagan holda tyeng bo’linib o’rtalariga ip tortib o’ynaganlar. Qiziq, mazkur davrda Voleybol o’yinchi qabul qilingan xalqaro musobaqalar ancha takomillashgan bo’lib, maydoncha 9x18m, to’p bilan faqat 3 marta o’ynash mumkinligini, o’yinchilar tarkibi 6 kishidan iborat bo’lishi, to’rning balandligi 2,43 sm (erkaklar uchun), xisob 15 ochkoga yetganda 1-chi bo’lim tugadi va ko’yingki xozirgi zamonaviy Voleybol o’yiniga yaqin edi. Kyeyinchalik Pyeryevoznikov ixlosmandlarining aytishlaricha 1926 yilda Toshkyentdagi CHyernishyevskiy nomli maktab ukituvchisi Moskvadan musobaka koidalari Voleybol turi va tupini birinchi bulib O’zbyekistonga olib kyelgan. 1927 yil 26 apryel’da shu maktabning birinchi rasmiy musobakasi tashkil etilgan.
1927 yil yoz oylaridan birida bolyeybol buyicha Toshkyent shaxar birinchiligi utkazilib, unda 9 ta jamoa katnashgan. CHyernishyevskiy nomli maktab jamoasi golib bulgan.
1928 yilda Toshkyentda kuzgi Voleybol musobakasi bulib utdi va unda 10 ta erkaklar va 4 ta ayollar jamoasi tuzilgan. Bu jamoa murabbiysi V.A.Vorontsov bulgan. 1933 yilda ikkinchi Uzbyekiston spartakiadasi utkaziladi. Erkaklar urtasida «Dinomo» va ayollar baxsida «Uztrans» jamoalari 1- urinni egalladi.
1938 yilda dyekabrdan boshlab birinchi bor Konstitutsiya kuniga bagishlangan an’anaviy musobaka utkazila boshladi.
1939 yilda utkazilgan sobik ittifok birinchiligining Toshkyentda tashkil kilingan zonal musobakalari Voleybol rivoji uchun katta asos buldi,bu zonal musobakalarda «Nauka» (Tbilisi), «Spartak» (Stalinobod), «Uchityel’» (CHkalov), «Lokomotiv» (Boku), «Uchityel’» (Kuybiщyev), «Spartak» (Ashxabat) va «Stroityel’» (Toshkyent) jamoalari ishtirok etgan, bunda erkaklar jamoamiz 3-chi, ayollar jamoamiz 4-chi urinni egallashgan.
Xozirgi kunga kyelib Uzbyekistonimiz mustakil bulgandan kyeyin uz chyempionatini utkaza boshladi. Bunda Qo’qonning «Avtomobilchi», Samarkandning «Kyenap», Toshkyentning «SKIF», Andijon, Fargona, «Viktoriya» (Navoiy), MXSK (CHirchik) jamoalari katnashib kyelmokda. «Avtomobilchi» (Qo’qon)2 marta, Kyenap (Samarkand) 2 marta, MXSK (CHirchik) 1 marta erkaklar urtasida Uzbyekiston chyempionati bulgan. Ayollar urtasida SKIF 4 marta, «Avtomobilchi» 1 marta golib bulgan.
O’yin qoidalari.
Har partiyada 6 ta uyinchi almashishiga ruxsat byeriladi. Asosiy uyinchi 1 marta almashtirib, yana uz joyiga kaytib uyinga tushishi mumkin. Uyin 3 yoki 5 partiyadan iborat. Har partiyada uyin xisobi 25 gacha, agar 15-15 bulib kolsa, eng yukori xisob 17 ochkogacha davom etadi. Xal kiluvchi partiya taymbryeyk tarzida bulib, 2 ta ochko farki bilan yutish kyerak.
Maydon
To`rning kataklari Erkak ayollar
10x10 sm.
To`rning balandligi 243 sm. 224 sm.
To`pning ogirligi 260-270 gr.
To`pning aylana 66-1 sm
uzunligi
To`p diamyetri 21+ 0,3 sm.
To`r uzunligi 9,5 kengligi 1 m
Antyenna balandligi 1,80 sm.
Xar xil yoshdagi Voleybolchilar uchun turning balandligi.
Yosh guruxlari
|
Turning balandligi
|
11-12 ugil bolalar
kiz bolalar
ugil bolalar
kiz bolalar
15-16 ugil bolalar
kiz bolalar
17-18 va erkaklar
kattalar ayollar
|
2.20
2.00
2.30
2.10
2.40
2.20
2.43
2.24
|
|
3-ilova
Saf mashqlari
Bir qatordan yon berib saf tortish
4-ilova
Yugurish texnikasini takomillashtirish.
5-ilova
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar deb, turli yo‘nalishlarda har xil muskul zo‘riqishi bilan turli tezlikda bajariladigan qo‘llar, oyoqlar, gavda va bosh harakatlariga aytiladi. Ularning maqsadi-talabalarni yanada murakkkab harakat faoliyatiga tayyorlashdir. Umumrivojlantiruvchi mashqlar buyumlarsiz va buyumlar bilan, har xil gimnastika snaryadlarida, shuningdek, o‘zaro yordam, bilan (ikkovlashib, uchovlashib) bajariladi.
6-ilova
Maxsus chidamlilikni tarbiyalashga oid mashqlarni takomillashtirish.
Uzoq masofalarga yugurish uchun mashqlar:
Chidamli bo‘lishni istasangiz uning oddiy yo‘li bor, bu ham bo‘lsa, sekin yugurish. Hamma vaqt shunday tezlikni tanlab olinki, bunday yugurishda erkin va bir me’yorda nafas oladigan bo‘ling?
Tinch, shoshmasdan me’yorida 200 metrni yugurib o’ting. Bu masofani, o‘g’il bolalar
1 daqiqadada, qizlar 1 daqiqa 10 soniyada bosib o‘tishlari kerak. Shundan keyin bu masofani (200 m ni) yurib o‘tkazing. Topshiriqni 2-3 marta takror bajaring. 80-100 m masofaga 4-6 marta takror yugurish. 3 daqiqa arqonchada sakrash. 30 soniya mobaynida gimnastika o‘rindig’iga 4 marotaba chiqib tushish.
Tezlikni oshirib ikki oyoqda o‘tirib-turish. 10 soniya mobaynida 4-5 marotaba sekin yugurishdan tez yurishga va undan yo‘rg’alashga o‘tish.
7-ilova
Voleybol to‘pini ikki qo‘llab yuqoridan qabul qilib olish texnikasi.
Voleybol to‘pini ikki qo‘llab yuqoridan qabul qilib olish uncha kuchli kelmayotgan to‘plarga nisbatan qo’llaniladi, shuningdek boshqa usullardan foydalanish noqulay bo‘lganda ham shunday qilinadi.
Murakkab hujum kombinatsiyalarini tashkil qilishda to‘p baland berilganda yoki to‘pning uchish vaqtini kamaytirish maqsadida sakrab to‘p uzatish usulidan foydalaniladi, bu holatda qo‘llar bosh ustidan birmuncha baland ko‘tariladi va qo‘llarning faol ishlashi hisobiga sakrashning yuqori nuqtasidan to‘p uzatiladi.
8-ilova
Voleybol to‘pini pastdan va yuqoridan o‘yinga kiritish texnikasi.
To‘pni oshirish (o’yinga kiritish) texnik usul bo‘lib, u to‘pning o‘yinga kiritilishidan iboratdir. To‘pni o‘yinga kiritish quyidagi to‘rt usulda bajariladi: pastdan to‘g’ri, pastdan yon tomondan, yuqoridan to‘g’ri va yuqoridan yon tomondan.
9-ilova
“Insert” metodi.
Metodning maqsadi: Mazkur metod o‘quvchilarda yangi axborotlar tizimini qabul qilish va bilimlarni o‘zlashtirilishini yengillashtirish maqsadida qo‘llaniladi, shuningdek, bu metod o‘quvchilar uchun xotira mashqi vazifasini ham o‘taydi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
O‘qituvchi yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matnni o‘quvchilarga tarqatadi;
O‘quvchilarga individual tarzda matn bilan tanishib chiqib, o‘z shaxsiy qarashlarini maxsus belgilar orqali ifodalaydilar. Matn bilan ishlashda o‘quvchilarga quyidagi maxsus belgilardan foydalanish tavsiya etiladi:
“V” – tanish ma’lumot.
“ - ” – bu fikr yoki mazkur ma’lumotga qarshiman.
“Q” – bu ma’lumot men uchun yangi.
“?” – mazkur ma’lumotni tushunmadim, izoh kerak.
Belgilangan vaqt yakunlangach, o‘quvchilar uchun notanish va tushunarsiz bo‘lgan ma’lumotlar o‘qituvchi tomonidan tahlil qilinib, izohlanadi, ularning mohiyati to‘liq yoritiladi. Savollarga javob beriladi va mashg‘ulot yakunlanadi.
Insert jadvali
T/p
|
Mavzular
|
V
|
Q
|
-
|
?
|
1
|
Saf mashqlari
|
|
|
|
|
2
|
Yugurish mashqlari
|
|
|
|
|
3
|
Umumrivojlantiruvchi mashqlar
|
|
|
|
|
4
|
Balandki start
|
|
|
|
|
5
|
“Diqqat” komandasi
|
|
|
|
|
6
|
“Marsh” komandasi
|
|
|
|
|
10-ilova
Mustaqil ta’limga tayyorgarlik ko‘rish.
Qo‘llarni cho‘kayotgan holatdagi kabi birin-ketin harakatlantirish. So‘ngra dastlabki holatga qaytish.
Yerga tayanib yotgan holatdan qo‘llarni bukish va yozish. Buyumlarsiz bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish.
12 daqiqa sekin yugurish. Arqonchada 3-4 daqiqa mobaynida, 3-4 marotaba bir joyda turib va harakatlanib sakrash.
Yerga tayanib yotgan holatdan qo‘llarni bukish va yozish. Buyumlarsiz bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish.
Arqonchada 3 daqiqa davomida sakrash. 12 daqiqa sekin yugurish. 100 metr masofaga 4-5 marotaba takror yugurish, 3-5 daqiqa mobaynida imkoniyat ko‘targancha yugurish, 1 va 2 km li masofaga jadal poyga.
|
AMALIY MASHG’ULOTINING TA’LIM TЕXNOLOGIYASI
Ta’lim berish texnologiyasining modeli.
Mashg’ulot vaqti-2soat
|
Talabalar soni: 30 gacha
|
Mashg’ulot shakli
|
Amaliy
|
Dars rejasi:
|
1. Basketbol o’yinini kelib chiqishi va rivojlanishi tarixi
2. Basketbol o‘yini texnikasi va taktikasi elementlarini bajarish.
3. Musobaqa qoidalari,ikki tomonlama o’quv o’yini.
|
O‘quv mashg’ulotining maqsadi: Basketbol o‘yini elementlarini o‘rgatish.
|
Pedagogik vazifalar:
Basketbol o’yinini kelib chiqishi va rivojlanishi tarixi tushintirib o’tish;
Basketbol o‘yini texnikasi va taktikasi elementlarini bajartirish;
Ikki tomonlama o’quv o’yini tashkil qilish.
|
O’quv faoliyati natijalari:
Basketbol o’yinini kelib chiqishi va rivojlanishi tarixi ma’lumotga ega bo’lish;
Basketbol o‘yini texnikasi va taktikasi elementlarini bajarish.
Ikki tomonlama o’quv o’yinida ishtirok etish va basketbol o’yini to’grisida ma’lumotga ega bo’lish.
|
Ta’lim berish usullari
|
Ko’rsatish, suhbat, o‘rgatish «SWOT-tahlil» metodi.
|
Ta’lim berish shakllari
|
Ommaviy, juft bo‘lib, yakka.
|
Ta’lim berish vositalari
|
Basketbol maydoni, sekundomer, hushtak, to‘p jismoniy madaniyat fanidan o‘quv-uslubiy majmua.
|
Ta’lim berish sharoiti
|
Sport anjomlari bilan ta`minlangan, o’rgatish usullarini qo’llash mumkin bo’lgan gimnastika zali.
|
Monitoring va baholash
|
Belgilangan me’yorni bajarishi, ko‘rsatgan natijasiga qarab baholanadi.
|
Darsning texnologik xaritasi.
Ish jarayonlari vaqti-2 soatga
|
Faoliyat mazmuni
|
Ta’lim beruvchi
|
Talaba
|
1-bosqich
Kirish
(5 daqiqa)
|
1.1. Amaliy mashg’ulotning mavzusi, rejasini e’lon qiladi, o‘quv mashg’ulotining maqsadi va o‘quv faoliyat natijalarini tushuntiradi (1-ilova).
|
1.1.Tinglaydi
|
1.2. Mashg’ulotni o‘tkazish shakli va baholash mezonlarini e’lon qiladi.
|
1.2. Tinglaydi
|
2-bosqich
Tayyorgarlik
(15 daqiqa)
|
2.1. Talabalarga Baskebol sport o‘yini qoidalari.To’plar bilan maxsus mashqlar to‘g’risida tushuncha berish (2-ilova).
2.2. Saf mashqlari (3-ilova).
2.3. Yugurish mashqlari bajariladi (4-ilova).
2.4. Umumrivojlantiruvchi mashqlar bajartiraladi (5-ilova).
|
2.1. Tinglaydi
2.2. Bajaradi
2.3. Bajaradi
2.4. Bajaradi
|
3-bosqich
Asosiy
(50 daqiqa)
|
3.1. Basketbol o‘yini texnikasi va taktikasi elementlarini bajarish;
- basketbol to‘pini ko‘krakdan uzatish texnikasi o‘rgatish (7-ilova);
- basketbol to‘pini boshdan va yon tomonlardan uzatish texnikasi o‘rgatish (8-ilova).
3.2. Innovatsion usul: «SWOT-tahlil» metodi (9-ilova).
|
3.1. Kuzatadi bajaradi
3.2. Kuzatadi bajaradi.
|
4-bosqich
Yakuniy
(10 daqiqa)
|
4.1. Mavzu bo‘yicha umumiy xulosa qilinadi.
|
4.1. Tinglaydilar
|
4.2. Talabalarni baholash mezonlarini e’lon qilinadi.
|
4.2. Tinglaydilar
|
4.3. Navbatdagi mashg’ulotda ko‘riladigan mavzuni e’lon qiladi va yotgan holda gavdani ko‘tarish va turnikda tortilish mustaqil ta’limga tayyorgarlik ko‘rishlarini so’raydi (10- ilova).
|
4.3. Tinglaydilar
Mustaqil ta’limga tayyorgarlik ko‘radi
|
Baskebol sport o‘yini qoidalari.To’plar bilan maxsus mashqlar.
1-ilova
Reja:
1. Basketbol o’yinini kelib chiqishi va rivojlanishi tarixi
2. Basketbol o‘yini texnikasi va taktikasi elementlarini bajarish.
3. Musobaqa qoidalari,ikki tomonlama o’quv o;yini
O‘quv mashg’ulotining maqsadi: Talabalarda basketbol o‘yini elementlarini o‘rgatish.
O‘quv faoliyatining natijasi: Basketbol o‘yini texnikasi va taktikasi elementlarini bajarish;To’plar bilan maxsus mashqlar qilishga o’rgatish.
|
2-ilova
Do'stlaringiz bilan baham: |