A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Download 6,84 Mb.
bet124/150
Sana01.06.2022
Hajmi6,84 Mb.
#626029
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   150
Bog'liq
2 5188671791828047660

Aralashmaslik qoidasi-boshqa davlatlar yoki xalqlarning ichki ishlariga aralashmaslik to‘g‘risidagi qoida. Xalqaro huquqda tinchlikni saqlash va mustahkamlashning asosiy prinsiplaridan biri.
BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti) (ingl. United Nations Organization, UNO, UN)-davlatlar va xalqlar orasida hamkorlikni rivojlantirish hamda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha davlatlarning xalqaro uyushmasi 1945 yilda tuzilgan. BMT Nizomi tinch hayot kechirish xartiyasi (yorlig‘i), xalqaro huquqning umum etirof etilgan kodeksi sifatida tan olingan. BMT Nizomining 1-moddasida quyidagi ustivor yo‘nalishlar ilgari surilgan: xalqaro tinchlik va havfsizlikni ta’minlash, tinchlikka xavf va bosqinchilikka qarshi samarali jamoaviy chora-tadbirlarni amalga oshirish, tinchlikning buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xalqaro bahslarni tinch yo‘l bilan, adolat tamoyillariga amal qilgan holda hal etilishiga harakat qilish.
BMTga a’zolik har bir tinchliksevar va BMT Nizomida aks ettirilgan majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishga qodir davlatlar uchun ochiq. 1992 yil 2 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning teng huquqli a’zosi sifatida bir ovozdan BMTga qabul qilindi.
Brifing-xalqaro kelishuvlar, uchrashuvlar va konferensiyalar jarayonida tadbir qay tarzda o‘tayotganligi, tomonlarning pozitsiya va qarashlarini ommaga etkazish uchun hukumat raxbari, uning yordamchisi yoki matbuot xizmatchisi bilan ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar bilan o‘tkazadigan qisqa uchrashuvi.
Viza (fr. visa-ko‘rib chiqilgan)-biror bir shaxsning mamlakat hududiga kirishi yoki chiqishi uchun ruxsat beruvchi uning xujjatiga qo‘yiladigan belgi. Viza mazkur mamlakat hukumati organlari tomonidan ma’lum bir mudatga beriladi.
Globallashuv-lotincha “glob” so‘zidan olingan bo‘lib, aynan uni “dumaloqlashuv”, “kurralashuv” deb tarjima qilish mumkin. Er sharining, er kurrasining fan-texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi xuddi bir butun sharga, kurraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi. Insoniyat taraqqiyoti ayni vaqtda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi jarayonidir. Bu jarayon asrdan asrga, ming-ming yillar davom etgan. Insoniyat jamiyati ayniqsa XVI-XX asrlarda XV asrgacha bo‘lgan uch million yillik tarixida yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarga nisbatan ko‘proq ne’matlarni yaratdi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib Er shari hammamizga ma’lum, har jihatdan o‘zlashtirilgan, har kuni har burchagida nima bo‘layotgani barchamizga ma’lum go‘shaga aylandi. Fan va texnikaning yangidan yangi yutuqlari bu borada insonning imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Globallashuvning ijobiy tomoni shundaki, u xalqlarning davlatlarning, milliy madaniyat va iqtisodiyotlarning yaqinlashishini tezlashtiradi, ularning rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Uning salbiy tomoni shundaki, ko‘p ming-ming mayda, qoloq etnik guruhlar va millatlarning madaniyati, tili, rasm-rusmlari jahon bo‘ylab kuchayib borayotgan globallashuv jarayonlarida katta millatlar yirik milliy madaniyatlar, boy tillar bilan raqobatlasha olmay o‘z-o‘zidan faol ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotdan chetga chiqib qolmoqda. Bunday sharoitda har bir ongli fuqaroning vazifasi-o‘z millatining raqobatbardoshligini ko‘rsatish, buning uchun uning faol siyosati, iqtisodiyoti, madaniyatida salmoqli yutuqlari uchun kurashishdir. Bugungi mustaqil O‘zbekiston fuqarosi hozirgi zamon amaliyoti talab qilayotgan to‘rt sifatga ega bo‘lishi shart: 1) zamonaviy mutaxassis bo‘lishi; 2) o‘zbek davlat tili, rus tili, ingliz tillarini mukammal bilishi; 3) doim o‘z bilim doirasini yangilab borishi; 4) tadbirkor-tashabbuskor bo‘lishi.

Download 6,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish