MDH (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi)-sobiq SSSRning uchta respublikasi RSFSR, Belorus va Ukraina vakillari tomonidan 1991 yil 8 dekabrda Minskda imzolangan MDHni tashkil etish haqidagi Bitim, 1991 yil 21 dekabrda (Boltiq bo‘yi respublikalari va Gruziyadan tashqari) 11 sobiq Ittifoq respublikalari tomonidan Olma-otada imzolangan Bitimga Protokol va shu sanada imzolangan Olma-ota Deklaratsiyasi asosida tashkil qilingan davlatlararo ixtiyoriy birlashma. 1993 yil 22 yanvarda Minskda qabul qilingan MDH Ustavi O‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan o‘sha yili ratifikatsiya qilingan. Ustavga binoan Hamdo‘stlik maqsadi xalqlar va davlatlarning siyosat, iqtisodiyot, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, fan, texnika, savdo-sotiq, insonparvarlik va boshqa sohalardagi teng huquqli va o‘zaro foydali hamkorlik qilish, keng axborot almashinuvi, o‘zaro majburiyatlarni vijdonan va so‘zsiz bajarishdan iborat.
Osiyo taraqqiyot banki (OTB)-xalqaro mintaqaviy bank. 1966 yilda tashkil topgan. Bank faoliyatining asosiy maqsadi Osiyodagi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotiga va tashqi savdosiga ko‘maklashish, moliyaviy, texnik va iqtisodiy yordam ko‘rsatish. Bankning har qanday qarorini hamkorlikda 1|3 ovozga ega bo‘lgan AQSH va YAponiyat to‘xtatib qo‘yishi mumkin. SHtab kvartirasi Manila (Filippin) shahrida.
O‘zbekiston ushbu bankka 1995 yil 31 avgustda a’zo bo‘lgan.
Tashqi siyosatning asosiy prinsiplari-davlatning xalqaro munosabatlardagi asosiy yo‘nalishini qamrab oluvchi tashqi siyosiy tushunsa. O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy prinsiplari Respublikamiz Konstitutsiyasining 17-moddasida qayd qilingan. Tashqi siyosat davlatning boshqa davlatlar bilan munosabatlari sohasidagi faoliyati maqsad va tadbirlari majmuini o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning dahlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalarini xurmat qilish tamoyillariga asoslanadi.
Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, forovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzulmalarga kirishi va ulardan chiqib ketishi mumkin.
Terrorizm (lot. Terror-qo‘rquv, dahshat)-o‘z maqsadiga erishish yo‘lida ayrim shaxs, shaxslar guruhi yoki g‘ayridemokratik hukumat organlari tomonidan muholifat kuchlarini jismoniy kuch ishatib qo‘rqitishdan tortib omoviy jismonan yo‘q qilinishigacha boradigan umuminsoniy o‘ta havfli jinoyat turi.
Do'stlaringiz bilan baham: |