AVLIYO SHOHI MISKIN BOBO. SHohi Miskin boboning qabri Xiva shahrining Deshon qal’asida joylashgan bo‘lib, uning asli ismi Pir Muhammad bo‘lgan. Bu muhtaram zot Xiva shahrida tavallud topgan bo‘lib, ota-bobosidan qolgan uy-joy, molu-mulkni sotib, devonasifat bo‘lib yashagan. Bu inson doimo tilanchilik bilan kun kechirib, topgan narsasini o‘zi qatori tilanchi-devonalar bilan baham ko‘rar ekan. SHu sababli xalqlar unga “SHohi Miskin” (Miskinlar shohi, devonalar, yo‘qsillar shohi) deya laqab qo‘yishgan. Miskin bobo vafotidan keyin, uning qabri ustida peshtoqli gumbaz qurilgan. SHohi Miskin boboni qabrini aholi tomonidan muqaddaslashtirilib, tug‘-al’am osilib, katta ziyoratxonaga aylangan.
XX asrning 60 – yillarida bu qabriston tekislanib, o‘rnida A.S.Pushkin nomli o‘rta maktab qurilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |