AVLIYO SHAYX BURHON. Avliyo SHayx Burxon qabri ham Hazrat Mahdumi A’zamning qabristoni xududida joylashgan. SHayx Burxon hazratning avlodlaridan hisoblanib XVIII asrlarda shayxlik qilib, shu qabristonda xalqqa amru-ma’ruf aytgan. SHayx Burxon vafotidan keyin aholi uni shu maqbara yaqinida dafn etib, unga e’tiqod qilishgan. Qabri ustida xonaqo, maqbara qurib, tug‘-a’lamlar qo‘tarishib, muqaddas ziyoratgohga aylantirishgan. Xozirda bu maqbara ham yiqilib, o‘rnida yangi imoratlar qurilgan.
Rivoyatlarga qaraganda SHayx Burxonni yana bir nomi “Non emas bobo”, ya’ni uning ovqat eganini xech kishi ko‘rgan emas. Kuzatishlar natijasiga qaraganda bu qabr xozirgi shahar xokimiyati va “Sobir Arqonchi” mehmonxonasi o‘rnida bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |