1. O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida” gi Qonuni.
Mustaqillik o‘zbek xalqiga o‘zining haqiqiy tarixidan voqif bo‘lish, dunyoda hech bir xalqdan kam emasligini anglash imkonini berdi. Istiqloldan keyingi davr ichida xalqimizning azaliy milliy qadriyatlari tiklanib, ma’naviy yuksalish sari yuz tutdi, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan noyob moddiy va nomoddiy madaniyat namunalariga bo‘lgan munosabat tubdan ijobiy tomonga o‘zgardi. Prezident I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda, “Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni qayta tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi”.
O’zbekiston Respublikasining 2001 - yil 30 - avgustdagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida” gi Qonuni 7-bo’lim 36 ta moddadan iborat bo’lib unga ko’ra, ansambllar — tarixan tarkib topgan hududda aniq ko‘zga tashlanadigan, atrof manzarasi bilan umumiyligi yoki aloqadorligi tarixiy, arxeologik, me’moriy, estetik yoki ijtimoiy-madaniy qimmatga ega bo‘lgan, ijtimoiy, ma’muriy, diniy, ilmiy, o‘quv-ta’lim, istehkom, saroy, turarjoy, savdo, ishlab chiqarish va boshqa ahamiyatga molik hamda rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy bezak san’ati, me’morchilik asarlari bilan bog‘liqlikda alohida yoki o‘zaro birgalikda turgan yodgorliklar, imoratlar va inshootlar guruhlari, shuningdek tarixiy tarhlarning hamda manzilgohlar imoratlarining qoldiqlari, landshaft arxitekturasi va bog‘-rog‘ san’ati asarlari (bog‘lar, istirohat bog‘lari, xiyobonlar, sayilgohlar), diqqatga sazovor joylar — inson va tabiat ijodining mushtarak mahsuli, shuningdek tarixiy, arxeologik, shaharsozlik, estetik, etnologik yoki antropologik qimmatga ega bo‘lgan hududlar, shu jumladan xalq hunarmandchiligi maskanlari, tarixiy manzilgohlar yoki shaharsozlik tarhi markazlari va tarixiy (shu jumladan harbiy) voqealar, yodgorliklar, atoqli tarixiy shaxslarning hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan imoratlar, xotira joylari, tabiiy landshaftlar, shuningdek ko‘hna shaharlar, shahristonlar, manzilgohlar, qarorgohlar imoratlarining madaniy qatlamlari, qoldiqlari, marosimlar bajo etiladigan joylarni asrab avaylash ko‘zda tutiladi.
Bundan tashqari mustaqillik yillarida madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo’yicha quyidagi qarorlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi:
O‘zbekistan Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash hamda tarixiy, madaniy va me’moriy yodgorliklarni asrab-avaylash, ularni kelajak avlodlarga yetkazish choralarini kurish va yodgorliklarning davlat muhofazasini ta’minlash, Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 29 iyuldagi 269-sonli "Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’grisida"gi Qarori va "Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtirish bo’yicha Idoralararo komissiya to’g’risidagi Nizom", "O’zbekiston Respublikasi madaniy meros obyektlari davlat kadastrini yuritish to’g’risidagi Nizom" va "Madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi to’g’risidagi Nizom"lar, Vazirlar Mahkamasining "Tarixiy obidalar, ziyoratgohlar va qadamjolarda aholiga hamda sayyohlarga xizmat ko’rsatishni yanada yaxshilash choralari to’g’risida”gi majlisi bayonnomalari shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |