I.BOB. Burres Frederik Skinner-Amerikalik psixolog, ixtirochi va yozuvchi.....................................................................................................................8
1.1. . Frederik Skinnerning hayot yoli … .......................................................10
1.2. . Skinnerning psixologiya faniga kirib kelishi.................................................11
II.BOB. . Skinnerning bixeviorizmi....................................................................12
2.1. Skinner bixeviorizmining ahamiyati va tanqidi. ............................22
2.2 Skinnerning operant ta'lim nazariyasining ijobiy va salbiy tomonlari ….....................................................................................................................26
Xulosa . 28
Foydalanilgan adabiyotlar royxati … 30
KIRISH.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. B.F. Skinner bixevioristik nazariyaning yetakchisidir. Skinner boshqa zamondoshlariga nisbatan oz-ozini kuzatishga qarshi bolgan. Shuningdek, u xulq-atvor shakllarini organishga hissa qoshgan. Bixeviorizmning kozga ko'ringan nazariyotchisi. Skinner (19041990) metodlar orqali insonning barcha xulq-atvorini bilish mumkinligini, chunki obyektiv ijtimoiy muhit determinallanganligini etirof etgan. B.F.Skinner motivlar, maqsadlar, hissiyotlar, anglanmagan fikrlar va shu kabi psixik jarayonlar tushunchasini inkor etgan. Uning takidlashicha, inson xulq-atvori deyarli uni qurshab turgan tashqi muhit tasirida butunlay shakllanadi. Bazida bunday yondashuvni invayronmentalizm (environment muhit-atrof) deb ataydilar. B.F.Skinner fikriga kola, inson psixikasining qora qutisi empirik tadqiqotlardan chiqarib tashlanishi, bevosita kuzatish mumkin bolgan inson xulq-atvorini organishga, oxirgi hisobda inson harakatini aniqlab nazorat qiluvchi muhit omillarini organishga qaratilishi kerak. B.F.Skinner hayvonlar xulq-atvorini (kalamush, kabutar) eksperemental tahlili inson va hayvonlar uchun umumiy bolgan xulq-atvor tomonlarini ochishga imkon beradi, deb hisoblangan. Xulq-atvorning umumiy qonuniyatiga tayanib talim va tarbiyaning muhim amaliy psixologik-pedagogik vazifasini hal etish mumkin. Ijtimoiy muhit ozgarishlarini manipulatsiya qilib, yani bogliq bolmagan ozgarishlar individning xulq-atvor reaksiyalarini bogliq ozgaruvchilar taxmin qilish va nazorat qilish mumkin. B.F.Skinner xulq-atvorning 2 ta asosiy turi mavjudligini etirof etgan: respondent va operant. Biroq uning taxminicha, anglash mumkin bolgan, birlamchi stimullar mavjud bolmagan ichki sabablar natijasida vujudga kelgan harakatlar operant xulq-atvordir. Inson va hayvonlar uchun xulq-atvor natijasida yuzaga keluvchi voqea-hodisalar oqibatlari muhimdir.
Oqibatga bog’liq ravishda kelajakdagi xulq-atvorga nisbatan malum bir fikr shakllanadi. Operant xulq-atvor asta-sekin ixtiyoriy harakatni egallaydi. Orgatishning operant turi boyicha insoniyat xulq-atvorining kopgina shakllarining shakllanishi sodir boladi, yani kiyinishni bilish, kitob oqish odati, tajovuzkorlikni namoyon qilishdan tiyilish, gazabni jilovlash, tortinchoqlikni yengib olish va boshqalar. Pirovard ijobiy natijaga olib keladigan reaksiyani takrorlashga harakat qiladi. Shunday qilib, kopgina oilalarda yiglashga operant orgatishni kuzatish mumkin. Hayqiriq va yigl bolaning jismoniy noqulaylikka nisbatan shartsiz reaksiyasi sifatida ota-onani bolaga yaqinlashib unga diqqatini qaratib, yordam berib, tinchlantirishga undaydi bunday gamxorlik bola yiglsi uchun kuchli ijobiy quvvat boladi va yigl ota-ona xulq-atvorini nazorat qilishning operant asoslangan omiliga aylanadi. Shu vaqtning ozida, salbiy natija yoki jazolashni yuzaga keltiruvchi reaksiyalarni takrorlanish ehtimoli kamayadi. Agar tanish kimsa sizning salomingizga javoban labini qisib tanimaslikka olsa, biz tezda u bilan salomlashishni bas qilamiz. Qollab-quvvatlash B.F.Skinner konsepsiyasining tayanch tushunchasidir. Qollab-quvvatlash reaksiyani kuchaytirib uni hosil bolish ehtimolini ko'paytiradi. Bixevioral olganishda qollab-quvvatlashning ikki turi tan olingan birlamchi yoki shartsiz (suv, ozuqa, jinsiy munosabat), ikkilamchi yoki shartli (pul, boshqalar tomonidan etibor, ota-ona, tengdoshlar va oqituvchilarning maqtovi, maqullashlari). B.F.Skinnerning fikricha, ikkilamchi qollab-quvvatlash stimullari avvalgi tajriba natijasida quvvatlovchiga aylanadi. Ular kopchilik odamlar uchun umumiy bolib, ularning xulq-atvoriga kuchli tasir korsatadi. Shuningdek, B.F Skinner ijobiy va salbiy qollab-quvvatlovchini ajratib korsatgan. Ijobiy quvvatlovchi (quvvatlash) birgalikda reaksiyani kuchaytiradi. Salbiy quvvatlovchi (quvvatlash) ham faqatgina qozgatuvchi stimullarni bartaraf qilish hisobiga (ortoqlarning «kichkintoy» «onasini ogli» kabi mazaxlaridan qochib intilishga haqoratlovchi soz va iboralarni qollashni boshlaydi). Xulq-atvor reaksiyasini kuchaytiradi. Shuningdek, xulq-atvor jazolash yordamida ham (osmirning onasi haqoratli so'zlar uchun uni labiga urishi yoki chontak pulidan mahrum qilishi mumkin) nazorat qilishi mumkin. Bunday oqibatga chek qoyish, xulq-atvor reaksiyasiga barham berish talab etiladi. Zamonaviy jamiyatda jazolash texnikasi koproq qollaniladi, lekin B.F Skinner xulq-atvorning bunday nazorati samarasiz (faqat vaqtincha istalmagan xulq-atvorni to'xtatib turadi) ekanligini va undan ham yomoni salbiy zararli tasirni (qorquv, xavotirlanish oz-oziga bahosining pasayishi, (asotsial) antiijtimoiy xulq-atvorning qopol shakllari) yuzaga keltirishga harakat qilgan. B.F.Skinner ijobiy qollab-quvvatlash (kutilmagan natijalarni ragbatlantirish) kattalar xulq-atvorini shakllantirishning juda ham ishonchli usuli (metodi) ekanligini takidlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |