Ta’limning ilmiy bo’lish qoidasi.
Tevarak atrofni o’rab olgan dunyoning qonuniyatlarini, narsa va hodisalarning ichki muhim xossalarini va o’zaro aloqalarini aks ettiruvchi bilimlargina ilmiy hisoblanadi.
Ilmiy bilimlarni egallash jarayonida o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash, e’tiqod tarkib topadi. Tafakkur rivojlanadi.
Ta’limning ilmiy bo’lish qoidasi ta’lim jarayonida o’quvchilarni hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti darajasiga muvofiq keladigan ilmiy bilimlar bilan qurollantirish yoshlarni ilmiy tadqiqot usullari bilan tanishtirib borishini ta’minlashga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |