Ilmiy tadqiqot metodlaring tavsifi. “Pedagogika tajribasini o‘rganishda quyidagi metodlar: kuzatish, eksperiment, suhbat, o‘quvchilar ijodini o‘rganish, tarbiya muassasalarini hujjatlarini o‘rganish turli xilda qo‘shib olib borilishi mumkin”.
Ilmiy - pedagogik tadqiqotning asosiy metodlari kuzatish, suhbat, tekshirish, eksperiment metodlari singari faoliyat natijalarini o‘rganishdan iborat. Hozirgi vaqtda quyidagi metodlar asosida ishlaydi. Bular: pedagogik kuzatish, so‘rash, o‘quvchilar faoliyati natijalari va o‘quv -tarbiya muassasalari hujjatlarini o‘rganish, pedagogik eksperiment, modellashtirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va yoyish, sotsiologik, matematika va statistika materiallarini ishlash kibernetika, anketa, intervyu olish va tasvirga olish singari metodlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |