A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya fakulteti


Jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi



Download 2,24 Mb.
bet167/268
Sana16.01.2022
Hajmi2,24 Mb.
#374919
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   268
Bog'liq
Pedagogika O'UM

Jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi – o'quvchilar tanasidagi barcha a'zolarni tabiiy sog'lom o'sishini ta'minlash, ularni aqliy va jismoniy mehnatga shuningdek, vatan mudofaasiga tayyorlashdir.

Bizning ota-bobolarimiz kishilar bilan uchrashganda yoki xayrlashganda avvalo, chin yurakdan mustahkam sog'lik-salomatlik tilashgan. Sihat-salomat bo'lishning qadrini oila qadri bilan sharafli bir o'ringa qo'yib kelishgan. Respublikamizda bahodirlar, polvonlar va botirlarga boy vatanimiz ular bilan g'ururlangan. Bugun ham Respublikamizning barcha shahar va qishloqlarida jismoniy madaniyat va sport turlarini milliy asosda qayta tiklash jarayoni sodir bo'lmoqda.

Sharq Aristoteli nomini olgan Abu Ali ibn Sino ham inson fazilatlaridan quyidagilarni sanab ko'rsatgan, chunonchi, jasurlik-biror ishni bajarishda kishining jasurligi, chidamliligi, inson boshiga tushgan yomonlikni to'xtatib turuvchi quvvat. Aqllilik-biror ishni bajarishda shoshma-shosharlik qilishdan saqlovchi quvvat.

Ziyraklik- sezgi bergan narsalarning haqiqiy ma'nosini tezlik bilan tushunishga yordam beruvchi quvvat.

She'riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy o'zining «Farhod va Shirin» dostonida Farhodning ijobiy xislatlari ichida, uning jismoniy chiniqanligiga alohida e'tibor beradi va iftixor bilan uning jismoniy qobiliyatlarini maqtaydi.



Dostonda yozilishicha Farhod aqliy tarbiya bilangina cheklanib qolmasdan jismoniy va harbiy mashqlar bilan ham shug'ullanib, chiniqa boshlaydi. Suvda suzish, chavondozlik, qilichbozlik va boshqalar uning kundalik mashg'uloti bo'lib qoladi. 10 yoshida 20 yashar yigitning kuch-quvvati bo'ladi, u o'zining aql va jismoniy kuch-quvvati, mahorati bilan kishilarni hayratda qoldiradi.

Abdulla Avloniyning fikricha, sog'lom fikr yaxshi ahloq, ilm-ma'rifatga ega bo'lish uchun badanni tarbiya qilish zarur. «Badanning salomat va quvvatli bo'lmog'i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o'qimoq, o'qitmoq, o'rganmoq va o'rgatmoq uchun insonga kuchlik, kasalsiz jasad lozimdir. Sog' badanga ega bo'lmagan insonlar amallarida, ishlarida kamchilikka yo'l qo'yurlar....Bunday tarbiyaning fikr tarbiyasiga ham yordami bordir. Jism ila rux ikkisi bir choponning o'ng ili terisi kabidur. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon xulqlardan saqlanmasa, choponni ustini qo'yib, astarini yuvib ovora bo'lmak kabidurki, har vaqt ustidagi kiri ichiga uradur. Fikr tarbiyasi uchun mehnat va sog'lom vujud kerakdur».

Sport tufayli o'z kuchi va mahoratini quvonch bilan his etish, tabiat bilan muloqotda bo'lish azaldan kishilar dilini xushnud etgan. Demak, yuqoridagi misollardan ko'rinib turibdiki, insonning aqliy, ahloqiy va jismoniy kamoloti kishilik tarixi taraqqiyotining barcha jabhalarida ulug'langan, qadrlangan.

Jismoniy tarbiya kishilarga qulay ta'sir ko'rsatib, ularning salomatligini mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko'rishga yordam beradi. Sport- har qanday yoshda ham qaddi-qomatni tarbiya qilish, kuch-quvvatni saqlab turishning ajoyib vositasidir. U dam olish bilan mehnatni almashtirib turishga yordam beradi, ijodiy his-tuyg'u manbai bo'lib xizmat qiladi.

Qisqasi, jismoniy madaniyat va sport sog'lom, kuchli, chaqqon, topqir, to'siqlarni enga oladigan, ona Vatanni ko'z qorachig'iday e'zozlovchi vatanparvar, kelajakka ishonch bilan qaraydigan yoshlarni vujudga keltiruvchi ijtimoiy omillardan biri hisoblanadi.

Shu sababli kishilik jamiyatining eng ibtidoiy holatidan hozirgi kunimizga qadar har qanday jismoniy kamolot va to'qlikni avlodlarning kamolotini ta'minlovchi zanjir deb hisoblab kelishgan.

Demak, o'sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy barkamolligini ta'minlash faqat ota-ona, maktabning ishigina bo'lib qolmasdan, balki u davlat ahamiyatiga molik ish hamdir.

Jismoniy tarbiyaga bo'lgan e'tibor, g'amxo'rlikning kun sayin oshib borishi bu fikrimizning yorqin dalilidir.

Jismoniy tarbiya mazmuni besh xil tushunchalarda o'z ifodasini topadi. Ya'ni jismoniy kamolot, jismoniy holat diagnostikasi, jismoniy madaniyat, jismoniy-sport ishlari, jismoniy ma'lumot. Jismoniy kamolot- o'sib kelayotgan yosh avlodning ichki organlarining o'zgarishi, o'sishidir. Birinchi navbatda yurak va o'pka, shuningdek, nerv va harakat tizimi, tana shaklining o'zgarishi, teri-muskul tizimi, og'irligi, tananing mukammal rivojlanishidir. Pedagogik tushunchada jismoniy kamolot insondagi jismoniy ma'lumotning o'sishi borasidagi o'zgarishlar, ya'ni oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga, nomukammallikdan mukammallikka tomon bo'lgan o'zgarishlar tushuniladi.

O'quvchilarning jismoniy kamolotlari uchun sharoit yaratish va pedagogik boshqarish jismoniy tarbiyaning vazifasidir. Jismoniy tarbiya tizimida kamolot diagnostikasi muhim o'rin tutadi. U jismoniy tarbiya saviyasi, fan tili bilan aytilganda, jismoniy tarbiya samaradorligi ko'rsatkichidir. Maxsus usul va jismoniy texnika asosida o'quvchilarning sog'liqlarini, har bir alohida shaxs kamoloti saviyasini tadqiq etish, belgilangan me'yor va undan uzoqlanish ko'rsatkichlarini oldindan belgilash asosida tarbiya uchun doimiy ko'rsatkich aniqlanadi. Jismoniy еtuklik bu badanning tashqi ko'rinishidagi garmoniya, go'zallik shakli: jismoniy sifatlarning yuqori darajadagi kamoloti-kuchi, tezligi, chidamliligi va abjirligi barcha tizimlarning mutanosibligi va ularning salomatligidir. Agar diagnostika o'quvchilarning yoki biron-bir o'quvchining jismoniy va medisina ko'rsatkichlari pasayib ketayotganligini ko'rsatsa, demak, zudlik bilan jismoniy tarbiyadagi mavjud tizimni o'zgartirish lozim.


Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish