Tаrbiya jаrаyoni quyidаgi tаmоyillаr аsоsidа bоshqаrilаdi:
mаqsаdgа qаrаtilgаnligi vа g’оyaviy yo’nаlgаnligi;
tаrbiyaning insоnpаrvаrlаshuvi;
tаrbiyaning hаyot, mеhnаt bilаn bоg’liqligi;
tаrbiyagа yaхlit(kоmplеks) yondаshuv;
jаmоаdа tаrbiyalаsh vа jаmоаgа suyanib ish ko’rish;
shахsgа tаlаbchаnlik bilаn hurmаtni birgа qo’shib оlib bоrish;
o’qituvchilаr, jаmоаt tаshkilоtlаri vа оilаning tаlаb hаmdа
tаrbiyaviy tа’sirlаrining birligi;
tаrbiyalаnuvchining yosh vа individuаl хususiyatlаrini hisоbgа
оlish;
tаrbiya jаrаyonining tizimligigi vа uzluksizligi.
Tаrbiya turlаrining umumiy tаvsifi. Tаrbiya turlаri turli sоhаlаrgа ko’rа tаsnif etilаdi. Ko’prоq umumlаshgаn tаsnif o’zidа аqliy, mеhnаt, jismоniy tаrbiyani qаmrаb оlаdi. Tа’lim muаssаsаlаridаgi tаrbiyaviy ishlаrning turli yo’nаlishlаri bilаn bоg’liqlikdа fuqаrоlik, siyosiy, bаynаlmilаl, ахlоqiy, estеtik, mеhnаt, jismоniy, huquqiy, ekоlоgik, iqtisоdiy tаrbiyagа bo’linаdi. Institutsiоnаl bеlgilаrigа bo’yichа оilа, tа’lim muаssаsаsi, tа’lim muаssаsаsidаn tаshqаri, diniy, bоlаlаr, yoshlаr tаshkilоtlаridаgi tаrbiya, mахsus tа’lim muаssаsаlаridаgi tаrbiyagа bo’linаdi. Tаrbiya vа tаrbiyalаnuvchilаr оrаsidаgi munоsаbаtlаr uslubigа ko’rа аvtоritаr, dеmоkrаtik, libеrаl, erkin tаrbiya; turli fаlsаfiy kоntsеptsiyalаr bilаn bоg’liqlikdа prаgmаtik, аksiоlоgik, jаmоаviy, individuаl tаrbiya fаrqlаnаdi.
Tarbiya jarayonini ilmiy asoslangan tarzda olib borish uning qonuniyatlarini chuqur o'rganishni talab qiladi. Bu qonuniyatlar voqealarning muayyan rivojlanishi uchun sharoit yaratuvchi sabab va oqibat o'rtasidagi muhim, zarur ichki aloqalarning ifodasi sifatida namoyon bo’ladi. Tarbiya jarayonining asosini ijtimoiy hayotning ob’ektiv talablari insonning ijtimoiy mohiyatini va tabiatini aks ettiruvchi qonuniyatlar tashkil etadi. Tabiat yoki jamiyatdagi har qanday murakkab hodisada ob’ektiv ravishda mavjud bo’ladigan barqaror aloqalar kuzatiladi. Bunday aloqalar qonuniyat deb ataladi. Bunday qonuniyatga tarbiya jarayonida ham amal qilinadi. Tarbiya qonuniyatlari mohiyati bir tomondan ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning o'ziga xos xususiyatlari, ikkinchi tomondan shaxsning rivojlanishi bilan bogliqdir. Tarbiyaning birinchi va eng muhim qonuniyati uning ijtimoiy muhitning ob’ektiv va sub’ektiv omillariga bog'liqligidir. Ijtimoiy tarbiya azmuni m oddiy ishlab chiqarish usuli, jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, siyosiy tuzum hamda milliy mafkura g ‘oyalari asosida qaror topadi. Ijtimoiy jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy-g'oyaviy asoslarini tashkil qiladigan hamda tarbiyaning mazmuni va uning olib borilishiga kuchli ta’sir ko'rsatadigan ijtimoiy jarayonlar tarbiyaning sub’ektiv omillari sirasiga (tarbiya muassasalari, jamoat tashkilotlari, o’qituvchilar, tarbiyachilar, oila muhiti, jamoatchilik dunyoqarashi, mafkura g'oyalari, shaxsni har tomonlama rivojlantirishga oid faoliyat kabilar) kiradi. Demokratik tamoyillar hamda qonun ustvorligi ta'minlangan sharoitda tarbiyaviy jarayonning ijtimoiy muhit bilan o'rgatiladigan aloqalari shaxs shakllanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Tarbiyaning ikkinchi muhim qonuniyati uning shaxs rivojlanishi bilan birligi, o ’zaro aloqadorligi va bogliqligidir. SHaxs rivojlanishi tarbiyaning g'oyaviy mazmuni va sifat darajasiga bog’liqdir. Ayni chog'da tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari shaxsning rivojlanganlik darajasiga ham bog’liq . Tarbiya jarayoni psixologiya fani asoslarini, shaxsning psixologik va fiziologik rivojlanish qonuniyatlarini bilishni talab qiladi. Tarbiyachi (o'qituvchi) tarbiyalanuvchi (o‘quvchi) shaxsni har tomonlama o’rganishi va shu asosida unga to'g'ri psixologik tavsif berishi hamda ta'sir ko'rsatishi lozim. Tarbiyalanuvchining shaxsiy xususiyatlari va imkoniyatlari hisobga olinmas ekan, ularga har qanday tarbiyaviy ta'sir bir tomonlama yoki tasodilly bo"lib qoladi. Shuningdek, ular boshqa tarbiyaviy ta’sirlarga mos bo'lmay qoladi. Tarbiyaning uchinchi qonuniyati faoliyat va munosabat birligini e'tirof etish, shaxsning ijtimoiy ijobiy fazilatlarini shakllantirishning asosiy manbai bo'lib xizmat qiladi. Tarbiyalanuvchilarning faoliyati jamiyat uchun qanchalik foydali, maqsadga muvofiq tashkil etilsa, shaxs va jamiyat o'rtasidagi munosabat oqilona bo’lsa, tarbiya jarayoni shunchalik samarali bo'ladi. Sub’ekt (shaxs) - ob'ekt (ijtimoiy borliq) ijtimoiy munosabatlari to'g'ri tashkil etiladigan aloqa jarayoni shaxs faoliyati mazmuni va yo‘nalishini ham belgilashi mumkin. Ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish jarayonida shaxsda borliqni his etish, o"z-o‘zini anglash, aloqa, aralashuv va muloqotni tashkil etish ehtiyojini yuzaga keltiradi. Ehtiyojni qondirish yo'lidagi dastlabki urinish ijtimoiy munosabatlar mazmunini o'rganish va o'zlashtirish sanaladi. Ijtimoiy munosabatlar mohiyatini anglash ehtiyojni qondirishga qaratilgan faoliyat jarayonida ijtimoiy bilimlarni o'zlashtirishga nisbatan qiziqish hosil bo'ladi. Qiziqish o'z navbatida shaxsda muayyan hayotiy maqsadni qaror topishiga olib keladi. Maqsad asosida shaxs nafaqat ijtimoiy bilimlarni egallashga intilishi, balki o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash layoqatini ham namoyon eta borishi maqsadga muvofiqdir. Maqsad mazmunini ifoda etuvchi g‘oyalar amaliy hnrakatlarini tashkil etish borasidagi rag‘batlarni yuzaga kelishi uchun zamin hozirlaydi. Rag'batlar o'zida quyidagi xususiyatlarni aks ettiradi: fuqarolik, vatanparvarlik, insonparvarlik, ilmiy anglash, axloqiylik, iqtisodiy, ekologik, jismoniy, estetik, huquqiy va boshqalar. Qayd etilgan rag'batlar amaliy harakatning tashkil etilishi uchun turtki beradi. Ijtimoiy munosabatlar jarayonida shaxs faoliyati mazmunini tahlil etish, ularda o 'z faoliyatlariga nisbatan tanqidiy yondashuvni qaror toptirish, shuningdek, o'quv, faoliyatini boshqarish talab etiladi. O‘quvchi shaxsida shakllanadigan ijtimoiy insoniy sifatlar quyidagi tizim asosida kechadi. Yuqorida bayon etilgan fikrlardan anglashiladiki, shaxsning shakllanishuviga - uning asosiy munosabatlarining yaxlit tizimida tarbiyachi, o'qituvchi, farzandlar va shaxs bilan bo’ladigan o‘zaro ta’siri jarayonida kelib chiqadigan tarbiyalovchi munosabatlar alohida ahamiyatga ega. Bu munosabatlar doirasida ijtimoiy tarbiyaning maqsadlari amalga oshiriladi. Tarbiyaning to‘rtinchi qonuniyati tarbiyalanuvchilarning o'zaro tarbiyaviy ta’sirga ega ekanliklari, ularning o‘zaro munosabatlari hamda faol faoliyatlari o'rtasidagi bog'lanishning mavjudligi sanaladi. Tarbiyachi (o'qituvchi)larning va o'quvchilar jamoasining tarbiyalanuvchi (o'quvchi)larga pedagogik ta’siri, ular faoliyati va munosabatlarini tizimli hamda rcjali tarzda maqsadga muvofiq tashkil qilishni nazarda tutadi. Tarbiya jarayonida tarbiyachi (o'qituvchi) va tarbiyalanuvchi (o'quvchi)larning ijtimoiy roli bir xil emas. Tarbiyachi uchun tarbiyalanuvchi har vaqt tarbiyaviy ob’ekt hisoblanadi. Biroq, tarbiyalanuvchi tarbiyachi bilan ongli ravishda o'zaro munosabatda bo’lishga erishsa, tarbiyaviy munosabatlar faol xarakter kasb etadi. Rivojlanuvchi (shaxsni rivojlantirish), tarbiyalovchi (tarbiya maqsadlarini amalga oshirish) va tashkilotchilik (faoliyat va munosabatlarni maqsadga muvofiq tashkil etish) vazifalari tarbiya jarayonida (tarbiyalanuvchilarning) asosiy vazifalari sanaladi. Tarbiyalovchiga ko'rsatiladigan ta’sirlar muayyan shaxslarga turlicha ta'sir ko‘rsatadi. Shu bois, tarbiyachi har bir tarbiyalanuvchining o‘ziga xos shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib, ta’sir ko’rsatishning alohida yo'llarini qidirib topishi lozim. Tarbiyadagi muvaffaqiyat, aksariyat hollarda pedagogning o’z o‘quvchilarining tarbiyalanganlik darajasini. ya’ni ularning ongliligi, axloqiy sifatlariga egaligi, odilligi, qat’iyatliligi va boshqalarni bilishiga bog’liq . Demak, tarbiya jarayonining qonuniyatlari quyidagilardan iborat. Tarbiya jarayonining qonuniyatlari bilan birga bola tarbiyasining ham o'ziga xos bir qator muhim qoidalari bo’lib, ular quyidagilar:
- tarbiyaning aniq bir maqsadga qaratilganligi;
- tarbiyaning hayotiy faoliyat bilan bog’liq hodisa deb bilish;
- shaxsni jamoada tarbiyalashga oid o'rni;
- tarbiyalanuvchi shaxsiga nisbatan talabchan bo’lishi va uning shaxsini hurmat qilish;
- tarbiyalanuvchi (o'quvchi)ning tarbiya jarayonida yoshi va o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
- tarbiyaviy ishlarning izchilligi va muntazam olib borilishiga e’tibor.
Tarbiya jarayonining muvaffaqiyati uni tashkil etishda qanday tamoyillarga ko‘ra ish ko'rilayotganligiga ham bog’liq. Tarbiya tamoyillari deb yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan kelib chiqadigan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni va yo'nalishiga (qo'yiladigan eng muhim talablarni belgilab beruvchi asosiy g‘oya va qoidalar yig‘indisiga aytiladi. Tarbiya tamoyillari o'qituvchi va tarbiyalanuvchilarga yo‘l-yo'riq ko'rsatuvchi qoidalar bo'lib, yosh avlodni tarbiyalash, barkamol insonni shakllantirish vazitalariga muvofiq belgilanadi. shuningdek, ular shaxs tarbiyasi borasidagi ilg'or ta’limotlar g'oyalariga hamda pedagogika fanida erishilgan yutuqlarga asoslanadi. Tarbiya tamoyillari tarbiya jarayoni qonuniyatlarini aks ettiradi. Tarbiyaviy jnrayonda ilg'or tamoyillarga amal qilinishi tarbiya samarasini ta’minlaydi. Tarbiya tamoyillari quyidagilardan iborat:
Tarbiyaning maqsadga yo'naltirilganligi va g'oyaviyligi;
Tarbiyada demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustunligi;
Tarbiyada milliy, umumbashariy qadriyatlarning ustunligi;
Tarbiyada izchillik va tizimlilik;
Tarbiyaning ijtimoiy hayot bilan qo'shib olib borish;
Tarbiyani mehnat bilan bog'lash;
Tarbiyalanuvchi shaxsni hurmat qilish;
Tarbiyada o'quvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish; Jamoa va jamoa yordamida tarbiyalash;
Tarbiyada o'quvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy tomonlarni yo'qotish.
Do'stlaringiz bilan baham: |