A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi boshlang’ich sinflarda axborot texnologiyalaridan foydalanish fanidan Tuzuvchi: katta o’qituvchi M



Download 1,13 Mb.
bet5/39
Sana10.06.2023
Hajmi1,13 Mb.
#950526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Mustaqil ish

Ichki оmillаr bu ахbоrоtlаrning pаydо bo’lishi (yarаtilishi), turlаri. хоssаlаri, ахbоrоtlаr bilаn turli аmаllаrni bаjаrish, ulаrni jаmlаsh, o’zаtish, sаqlаsh vа h.k.
Tаshqi оmillаr — bu ахbоrоt tехnоlоgiyasining tехnikа-uskunаviy vоsi­tаlаri оrqаli ахbоrоtlаr bilаn turli vаzifаlаrni аmаlgа оshirishni bildi­rаdi.
«Ахbоrоt tехnоlоgiyasi» fаni ахbоrоtlаrni jаmlаsh, sаqlаsh, o’zаtish vа shu jаrаyonlаrni аmаlgа оshiruvchi bаrchа tехnik vоsitаlаrni ishlаtishni o’rgatuvchi fan.

Mazvu: O’quv jarayonida axborot texnologiyalarining asosiy yo’nalishlari va uning tadbiqi
Reja:
1. Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha
2. Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo’yiladigan talablar


1. Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha
Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida o’quv jarayonini qisman yoki to’liq avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o’qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o’quv fani bo’yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta’minot, qo’shimcha yordamchi vositalar kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:

  • o’rgatuvchi dasturlar – o’quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o’zlashtirishga yo’naltiradi;

  • test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko’nikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo’llaniladi;

  • mashq qildirgichlar - avval o’zlashtirilgan o’quv materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi;

  • o’qituvchi ishtirokidagi virtual o’quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar.

2. Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo’yiladigan talablar
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini amalga oshirish maqsadida ularning an’anaviy vositalardan ustunligini tasdiqlovchi qator ijobiy omillar mavjud. Mazkur omillar didaktik, psixologik, iqtisodiy, fiziologik guruhlarga ajratildi.
Pedagogik dasturiy vositalarga qo’yiladigan didaktik talablarga quyidagilar kiradi: ilmiylik, tushunarli, qat’iy va tizimli bayon etilishi bilan birgalikda (pedagogika, psixologiya, informatika, ergonomikaning asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga olib, o’quv faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini ta’minlash), uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari o’rganilgan bilimlarning mantiqiy oqibati hamda to’ldiruvchisi hisoblanadi), izchillik, muammolilik, ko’rgazmalilik, faollashtirish (o’qitish mustaqilligi hamda faollilik xususiyatining mavjudligi), o’qitish natijalarini o’zlashtirish mustahkamliligi, muloqotning interfaolliligi, o’qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va amaliyotning yaxlit birligi.
Metodik talablarga quyidagilar kiradi: aniq o’quv fanining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, ma’lum bir faning o’ziga xosligini hisobga olish, axborotni zamonaviy metodlari o’zaro bog’liqliligi, o’zaro aloqadorliligi, turli-tumanligi, amalga oshirilishi.
Psixologik talablarga idrok etish (verbal-mantiqiy, sensor-pertseptiv), tafakkur (tushunchaviy-nazariy, ko’rgazmali-amaliy), diqqati (qat’iyliligi, boshqaga ko’chishi), motivatsiya (ishlashda faol shakllari, yuqori darajada ko’rgazmalilik, o’z vaqtida qayta aloqa yordamida o’quvchilarning yuqori darajadagi motivatsiyalarini doimiy ravishda rag’batlantirish), xotira, tasavvuri, yoshi va individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish (egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini hisobga olib, o’quv fani mazmuni hamda o’quv masalalari murakkablik darajasi o’quvchilarning yosh imkoniyatlari va individual xususiyatlariga mos kelishi, o’quv materialini o’zlashtirishda ortiqcha his-hayajonli, asabiy, aqliy yuklamalardan ta’sirlanishdan himoyalash) kiradi.
Texnik talablarga zamonaviy universal shaxsiy kompyuterlar, tashqi qurilmalari, test o’tkaziladigan manbalar kiradi.
Tarmoq talablariga «mijoz-server» arxitekturasi, Internet-navigatorlar, tarmoq operatsion tizimlari, telekommunikatsiya, boshqaruv vositalari (o’qitish jarayonini individual va jamoaviy ishlari, tashqi qayta aloqa) kiradi.
Estetik talablarga quyidagilar kiradi: tartiblilik va ifodalilik (elementlari, joylashishi, o’lchami, rangi), bezashning funktsional vazifasi va ergonomik talablarga mosligi.
Maxsus talablarga quyidagilar kiradi: interfaollik, maqsadga yo’nalganlik, mustaqillik va moslashuvchanlik, audiolashtirish, ko’rgazmalilik, kirish nazorati, intellektual rivojlanish, differentsiatsiyalash(tabaqalashtirish), kreativlik, ochiqlik, qayta aloqa, funktsionalilik, ishonchlilik.
Ergonomik talablarga quyidagilar kiradi: do’stonalik, foydalanuvchiga moslashish, ekran shakllarini tashkil etish.
Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida o’qitishga mo’ljallangan o’quv fanining o’ziga xos xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini, izlanish metodlari, axborotga ishlov berishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini hisobga olishni ko’zda tutadi.
Dasturlash tillarida pedagogik-dasturiy vositalar yaratish texnologiyasi
Pedagogik dasturiy vositalarning gipermatn hujjatlarini ishlab chiqishda Microsoft Front-Page (HTML-Hyper Text Markup Language), Alliare Home Site (HTML), Microsoft Power Point, Microsoft Word kabi dasturiy vositalardan foydalaniladi.
Mavzuning asosiy tushunchalariga oid o’quv materiallarini yaratishda rastrli yoki vektorli rasmlar bilan ishlovchi dasturlardan foydalanish zarur bo’ladi. Ular qatoriga Corel Draw, Corel Xara, Corel Photo Paint, Adobe Photo Shop, Adobe Illustrator kabilarni kiritish mumkin.
Dinamik illyustratsiyali o’quv materiallari yaratishda Disreet 3D Studio MAX, Alais Wave Front, Maya, Light Wave, SoftImage 3d, Adobe Image Ready, Gif Animator, Macromedia Flash, Adobe Premier kabi maxsus dasturlardan foydalaniladi.
Ovozli jarayonlarni taqdim etish va ovozni tahrir qilish SonicFoundry SoundForge, Wave Lab, Sound Recorder va boshqa dasturlar yordamida amalga oshiriladi.
Ma’lumotlar bazalarini yaratishda Microsoft Excel, Microsoft Access kabi dasturlar qo’llaniladi.
MS Word dasturi haqida tushuncha

Reja:

1. MS Word dasturida uskunalar paneli
2. MS Word dasturida satrlar qatori

ATning qo’llanilishi o’quv jarayonini jadallashtirish o’quvchilar faoliyatining quyidagi turlarini tashkil etish imkonini beradi:


1) axborot-o’quv faoliyati;
2) o’quv-o’yin faoliyati;
3) eksperiment-tekshirish faoliyati;
4) mustaqil faoliyat.
Bu faoliyat turlari o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan ATdan bilish va mustaqil bilish quroli sifatida faol foydalanishga bilimlarni mustaqil taqdim qilish va olishga, atrof-borliqni o’rganish jarayonida “mikrokashfiyotlar” qilishga yo’naltiradi. O’qish jarayonida ATdan foydalanish an’anaviy ta’lim shakllari va metodlarini ta’minlashdan ko’ra ko’proq o’quv­chilarning shaxsiyatli-orientirlangan rivojlanishiga yordam beruvchi variativ metodikalarni yaratish uchun zarurdir.
O’qituvchi tomonidan sanab o’tilgan faoliyat turlarini ATdan foydalanib tashkil etilishi uning ATdan amaliy foydalanish va o’quv jarayonida ularni metodik qo’llash sohasida maxsus kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lishi talab qilinadi.
O’quv jarayonida ATdan foydalanishning metodik maºsadga muvofiºligi ATning imkoniyatlarini hisobga olib, undan foydalanishning asosiy yo’nalishlariga to’xtalamiz.
1) turli shakllardagi axborotni global va lokal tarmoqlarda qidirish, uni qayd etish, yig’ish, to’plash, saqlash, ishlov berish va uzatish;
2) eksperiment natijalarini ishlab chiqish;
3) real ob’ektlarni (o’quv robotlarini) boshqarishni amalga oshirish;
4) virtual modellar bilan Kompyuterli eksperimentlar tashkil qilish va o’tkazish;
5) o’quv faoliyatini avtomatlashtirilgan nazoratini tashkil etish;
6) turli vazifali pedagogik dasturiy vositalarni (PDV) ishlab chiqish;
7) didaktik va metodik materiallarni yaratish;
8) o’quv vazifali WEB-saytlarni yaratish;
9) o’quvchilarning intellektual xordig’ini tashkil etish.
Boshlang’ich maktabning o’quv jarayonida ATdan foydalanish­ning bu sanab o’tilgan hamma yo’nalishlaridan u yoki bu darajada foydalaniladi. ATdan metodik materiallarni (dars ishlanma­lari, metodik tavsiyalar va h.k.larni) va didaktik materiallarni (illyustrativ, qiziqarli material, kartochka-topshiriqlarni ishlab chiqish, intellektual o’yinlar va viktorinalarni tashkil etish, turli vazifali PDVni yaratish eng ko’p foydalaniladi. ATdan foydalanib yaratiladigan didaktik material turlariga va PDV tiplariga batafsilroq to’xtalamiz.
Boshlang’ich maktabda eng ko’p foydalaniladigan didaktik material uni ishlab chiqish uchun Mikrosoft korporatsiyasining zaruriy ATlari 2-jadvalda taqdim qilingan.
2-jadval

T.r.

Didaktik material turi

Dasturiy mahsulot

1

Bosma tarqatma material (kartochka-topshiriqlar, krossvordlar, rebuslar, sxemalar, jadvallar, eslatmalar
va boshq.)

MS Word,
MS Publisher, Paint

2

Bosma illyustrativ material

MS Word,
MS Publisher, Paint

3

Bosma blokli test (ochiq, yopiq)

MS Word

4

Elektron test (ochiq, yopiq), krossvord, rebuslar (natijalarni avtomatik ishlab chiqilmasdan)

MS Word

5

Elektron test (ochiq, yopiq), krossvord, rebuslar
(joriy va yakuniy natijalarni avtomatik ishlab chiqish bilan)

MS PowerPoint

6

Elektron test (ochiq, yopiq), krossvord, rebuslar (joriy va yakuniy natijalarni avtomatik ishlab chiqish bilan)

MS Word, Paint

7

Taklif qilingan ob’ektlarni tasnif­lashga doir elektron didaktik material, tayyor elementlardan ob’ektlarni
loyi­halash)

MS Word, Paint

8

Eksperiment, kuzatishlar, anketa so’rovi va h.k. natijalarni ishlab chiqish uchun shablonlar

MS Word

9

Multimedia namoyish qilinadigan material

MS PowerPoint

10

Elektron ma’lumotnomalar, ma’lumotnoma jadvallar

MS Excel, MS Access

11

Materialni mustaqil o’rganish uchun elektron multimediali materiallar

MS PowerPoint

Bosma tarqatma materialni ishlab chiqish o’qituvchi uchun eng sermehnat ish, agar gap topshiriqlarning bir tipli variant­larini nusxa qilib ko’paytirish to’g’risida boradigan bo’lsa, egsh mashaqqatli ish ham bo’lib kelgan. Bu o’qituvchilarning Word matn protsessorida ishlash texnologiyalarini tez o’zlashtirishga olib keldi.


Word matn protsessori hozirgi vaqtda MS Office paketidagi juda ommaviylashgan va yaxshi o’zlashtirilgan dasturiy vositadir. SHunga qaramasdan o’qituvchilar tmonidan uning juda keng imkoniyatlaridan juda kichik qismigina foydalanilmoqda. Bu gap individual kartochka – topshiriqlar (2-rasm) va blankli testlarni (3-rasm) ishlab chiqishga oiddir.














































































MS Power Point dasturi
Reja:
1. Power Point dasturi haqida tushuncha
2. Slayd va Taqdimot haqida tushuncha
Microsoft Power Point - univеrsal, imkoniyatlari kеng bo’lgan, ko’rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya effеktlari, ovoz, vidеorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini bеradi. 
Slayd - ma'lum bir ulchamga ega bo’lgan muloqot varaqlari xisoblanadi. Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish elеmеntlari joylanadi. 
Slaydl ar kеtma-kеtligidan iborat tayyor ko’rgazmani kompyutеr ekranida, vidеomonitorda, katta ekranda namoyish qilish mumkin. 
Ko’rgazmani tashkil qilish - slaydlar kеtma-kеtligini loyixalash va jixozlash dеmakdir. 
Taqdim etish axborot tеxnologiyasining samaradorligi ko’p jixatdan taqdim etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va x.k.larga bog’liq eqanligini xam unutmaslik lozim. 
PowerPoint dasturi MICROSOFT firmasining WINDOWS qobigi ostida yaratilgan bo’lib, ushbu dastur prеzеntatsiyalar (taqdimot qilish, ya'ni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qo’lay bo’lgan dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali barcha ko’rgazmali qurollarni yaratish va ba'zi joylarda esa ma'lumotlar bazasi sifatida xam qo’llash mumkin. Ayrim xollarda bu dasturdan multimеdia vositalarini boshqarish va ularni qo’llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini xam bajarish mumkin. 
Dasturdagi asosiy tushunchalar bu - slayd va prеzеntatsiya tushunchalaridir.
Prеzеntatsiya(taqdimot) - yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun bеriladigan fayl nomi. Masalan: Prеzеntatsiya1 - PowerPoint dasturi ochilganda, sarlavxalar qatorida paydo bo’lib, yaratilgan yoki yaratilayotgan taqdimotning ayni vaqtdagi nomi xisoblanadi. Bu nomni kеyinchalik o’z xoxishingizga ko’ra almashtirishingiz mumkin. 
PowerPoint dasturini ishga tushirish. Bu dasturni ishga tushirishni WINDOWS ish stolidan boshlash zarur. Ish stolidagi quyidagi buyruqlarni bajarish orqali dastur ishga tushiriladi:
"Пуск" - "Програмы" - "Microsoft PowerPoint" 



Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish