3- guruh
Kapillyar qon ketishi belgi va alomatlari:
• Kapillyar qon oqishda qon kichkina jarohatdan oqayotgandek bo’ladi.
• Qon past bosim ostida oqib chiqadi.
• Kapillyar tomirdan oqadigan qon arterial qon singari och qizil rangda bo’lmaydi.
• Qon tez quyuladi.
Birinchi yordam ko’rsatish
• Jarohatni antiseptik eritma yoki suv bilan sovunlab yuviladi.
• Ifloslangan jarohatni tozalash uchun toza salfetka yoki sterillangan tampondan foydalaniladi. Doim jarohatning o’rtasidan boshlab, chetiga qarab tozalab boriladi. Keyingi har ishda salfetka almashtiriladi.
• Kichikroq bog’lam qo’yiladi.
• Yaraga infektsiya tushishi xavfi bo’lgan taqdirdagina vrach yordami lozim bo’ladi.
• Jarohatni yuvish uchun spirtdan foydalanish mumkin emas.
Ichki qon ketishini aniqlash tashqi qon ketishini aniqlashga qaraganda qiyinroq. Chunki uning belgi va alomatlari aniq ko’rinmaydi va ma’lum vaqt o’tgandan keyingina bilinishi mumkin. Shikastlangan joyda terining qontalashib qoladi. Yumshoq to’qimalarda og’riq bo’lib, shishadi yoki qo’l tekizganda qattiq tuyuladi. Masalan, qorin bo’shlig’idagi ichki qon ketishida qorin "qattiq" bo’lib qoladi. Jabrlanuvchi hayajonlanadi yoki bezovtalanadi. Tomir tez, lekin sust uradi. Nafas olish tezlashadi. Terining rangi o’chadi, qo’l bilan paypaslaganda sovuq yoki terchil bo’lib turadi. Ko’ngil aynib, qayt qiladi. Qondirib bo’lmaydigan tashnalik his etiladi. Hushida turish darajasi pasayadi.
Ichki qon ketishida birinchi yordam ko’rsatish
Har qanday sharoitda ham birinchi yordam ko’rsatish bo’yicha asosiy qoidalarga amal qilish lozim. Shok paytidagi yoki uning kuchayishining oldini olishdagi kabi yordam ko’rsatiladi. Sovuq kompress og’riqni kamaytirib, shishni qaytaradi. Shikastlangan joyga muzni dokaga, sochiqqa yoki matoga o’rab qo’yiladi. Har soatda 15 minutdan sovuq kompress qilinadi. Zudlik bilan "03" ga qo’ng’iroq qilish kerak. Ichki shikastlanishni yengiltaklik bilan "shunchaki ko’kargan"ga yo’ymaslik kerak. Jabrlanuvchini ko’zdan kechirib, ichki organlari jiddiy shikastlanganmi-yo’qmi, aniqlashga harakat qilish, agar jabrlanuvchi qattiq og’riq borligidan shikoyat qilsa yoki qo’li yoxud oyog’ini qimirlata olmasa zudlik bilan tez yordam chaqirish kerak.
Qorin bo’shlig’ida hayotiy muhim organlar joylashganligi bois bu sohadagi shikastlanish o’limga olib kelishi mumkin. Bu yerda joylashgan ichki organlar, organizmning boshqa zonalaridagidan farqli ravishda, himoyalanmagan. Osonlik bilan shikastlanadigan hamda jarohatlanganda kuchli qon ketishiga moyil bo’lgan organlar, masalan, jigar va qorataloq eng muhim organlardir. Bu a’zolardan qon ketganda quyidagi belgilar kuzatiladi:
• kuchli og’riq; qorinning og’rishi yoki unda ezilishni his etish,
• qontalashning yuzaga chiqishi,
• ko’ngil aynishi,
• qayt qilish (ba’zan qon yoki qora qusish),
• behollik,
• axlat (najas)da qon asorati ko’rinishi (axlatning qora rangda bo’lishi).
Qorin bo’shlig’i organlaridan qon ketishi tashqi yoki ichki bo’lishi mumkin. Hatto qon ko’rinmasa ham, ichki organ yorilganda shokka olib keladigan darajada qattiq ichki qon ketishi mumkin. Qorin shikastlanishi juda og’riqli bo’ladi. Bundan tashqari qorin bo’shlig’iga qon yoki boshqa narsalar tushishi og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Burun qonashi
Burunda shikastlanganda qon ko’p ketadigan ko’plab qon tomirlar mavjud. Odatda qon burun kataklaridan oqadi, lekin nafas olganda nafas yo’liga tushib, bo’g’ilishga yoki qayt qilishga olib kelishi mumkin.
Burun, odatda, zarbadan shikastlanadi. Natijada qon oqadi. Yuqori qon bosimi yoki dengiz sathidan balandlikning keskin o’zgarishi ham burun qonashiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |