11-Аmaliy mashg’ulot. QON KETISHINI TO’XTATISH USILLARI
Darsning maqsadi: 1) talabalarga qon ketishini to’xtatish usullari haqida Vaqtinchalik va batamom to’xtatish.haqidtushunchalar berish. 2) mavzuni yangi innovatsion texnologiyalar ( klasterlarga bo’lish , amalda bajarish, QQQ) usullarni qo’llagan holda yoritiladi
Darsning ta’minoti: tablisalar, ta rqatma materiallar
I-Guruh
Qon ketishi turlariga qarab birinchi yordam ko’rsatiladi. Vaqtinchalik qon ketishini to’xtatishda bosuvchi bog’lam qo’yish, gavdadan yuqori qo’yish, maksimal bukish yo’li bilan, jgut qo’yish usulidan foydalaniladi. Batamom to’xtatish usuli shifoxonada mutaxasislar tomonidan amalga oshiriladi.
Birinchi yordam ko’rsatish
• Jarohatni antiseptik eritma yoki suv bilan sovunlab yuviladi.
• Ifloslangan jarohatni tozalash uchun toza salfetka yoki sterillangan tampondan foydalaniladi. Doim jarohatning o’rtasidan boshlab, chetiga qarab tozalab boriladi. Keyingi har ishda salfetka almashtiriladi.
• Kichikroq bog’lam qo’yiladi.
• Yaraga infektsiya tushishi xavfi bo’lgan taqdirdagina vrach yordami lozim bo’ladi.
• Jarohatni yuvish uchun spirtdan foydalanish mumkin emas.
2- guruh
Tashqi qon kegishida birinchi yordam ko’rsatish
• Jarohat siqiladi.
• Shikastlangan qo’l yoki oyoqni balandroq ko’tariladi.
• Jabrlanuvchini orqasi bilan yotqiziladi.
• Bosib turuvchi bog’lam qo’yiladi.
• Shokka qarshi chora ko’llaniladi.
Arterial qon ketishida arteriyani barmoq bilan bosish uslubi arterial qon ketishini to’xtatishning bir usulidir. Uni jarohatni bevosita bosish bilan birga qo’llaniladi. Bu usullda birinchi yordam ko’rsatayotgan odam o’z qo’li bilan arteriyani shikastlangan joydan yuqoriroqdan bosadi. Arteriyaning barmoq bilan bosiladigan nuqtalari ko’p, lekin ikki asosiy: yelka va son arteriyalarini eslab qolish kerak. Bu ishni kamida o’n minut davomida qilish zarur. Buning asosiy kamchiligi shundaki, yordam ko’rsatayotgan odam bu vaqt ichida boshqa ish qila olmaydi. Qo’l-oyoqdagi nazorat qilib bo’lmaydigan qon ketishida bog’lam (jgut) qo’yish arterial qon ketishini to’la to’xtatishning samarali usulidir. Quyida bog’lam qo’yish qoidalari keltirilgan:
• bog’lam jarohatlangan joydan taxminan 5 sm yuqori qo’yilishi kerak,
• shikastlangan qo’l yoki oyoq bilan bog’lam orasiga qatlam qo’yiladi,
• bog’lam sifatida bir necha bor taxlangan uch burchak bog’ichga o’xshash gazlama enli bo’lagidan foydalanish mumkin, u qo’l yoki oyoq atrofiga ikki marta o’raladi. Arqon yoki chilvirdan foydalanish mumkin emas, chunki ular quyida joylashgan to’qimani zararlantirishi mumkin.
• Bog’lamni bir bor bog’lab, bironta narsa (ruchka, qaychi, taxtacha)ni ustiga qo’yib, uning ustidan yana bir bor bog’lab qo’yiladi, so’ng qon oqishi to’xtamagunicha aylantiriladi. Narsani ikki marta tugib mahkamlab qo’yiladi,
• Bog’lamni har 15-20 daqiqada bo’shatib turiladi. Jgut qo’yilgan vaqt va sana yozib qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |