A qadimgi Bobil b isroil c yangi Bobil d xett



Download 70 Kb.
Sana09.12.2021
Hajmi70 Kb.
#190565
Bog'liq
6 tarix. 60 talik-test umumiy


1. Sparta davlatiga asos solingan va Tibr daryosi bo’yida yangi shaharga asos solingan vaqt oralig’ida tashkil topgan davlatni aniqlang.

A) Qadimgi Bobil B) Isroil C) Yangi Bobil D) Xett


2. Quyidagi hukmdorlarning qaysi davlatda hukmronlik qilganiga muvofiq joylashtiring.

1) Kiaksar 2) Ashoka 3) Sargon I 4) Gilgamesh

a) Uruk b) Mauriya c) Midiya d) Shumer-Akkad

A) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a B) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c

C) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b D) 1-d, 2-a, 3-c, 4-b
3. Afinada qaysi organ yan­gi inshootlar qurilishiga, armiyaga va boshqalarga mablag' ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilar edi?

A) Beshyuzlar Kengashi B) Oqsoqollar Kengashi

C) Xalq Majlisi D) Senat
4. Yunoniston san’atkor haykaltaroshlari nimaga harakat qilganlar?

A) o‘z zamondoshlarining ichki kechinmalari, his-tuyg’ularini kelajak avlod uchun yetkazishga

B) har bir fuqaroni tarbiyalashda zarur bo’lgan fazilatlarni alohida bo'rttirib ko'rsatishga

C) barcha zamonlarda faqat kuchlilargina davlatni boshqara olishini ishontirishga

D) hukmdorlarning kuch-qudratini bo’rttirib ko’rsatishga
5. Rimliklarga tez va pishiq inshootlar qurishga imkon bergan omilni aniqlang.

A) tosh yo’nuvchi ustalarning mahorati

B) qulchilikning mavjudligi

C) betonning ishlatilishi

D) sarkardalarning jangovarligi
6. ... Suriya va Mesopotamiya hududlari Rim imperiyasi tarkibiga kirdi.

A) Yuliy Sezar davrida B) Trayan davrida

C) M.II-III asrlarda D) Puni urushi davrida
7. M. vv. I asrda Rim davlati uchun olib borayotgan urushlardan birida halok bo'lgan Rim sarkardasining asosiy xizmati nimada?

A) Spartak qo’zg’olonini bostirdi

B) Karfagen shahrini vayron qildi

C) Rim imperiyasini tuzdi

D) hech qanday saylovlarsiz mansabdor shaxslarni tayinladi
8. Misrliklar Nubiyaga oltin, qatron, fil suyagi, nodir navli yog‘ochlarni ayirboshlash uchun ... borganlar.

A) Sinay yarim oroli orqali B) Nil bo‘ylab

C) Memfis shahri orqali D) O’rta Yer dengizi bo’ylab
9. M.av.IV asr oxirgi choragida sodir bo’lgan voqeani aniqlang.

A) Aleksandr vafot etdi.

B) Perikl hukmronligi tugadi.

C) Xeroniya yaqinida jang bo’lib o’tdi.

D) Olimpiya o’yinlari o’tkazilishi to’xtadi.
10. Quyidagilar orasidan noto'g'ri javobni aniqlang:

1. Qadimgi Xorazm san’atida mahalliy ananalar, Qadimgi Sharq va Qadimgi Yunoniston ellinistik san’at uslublari muvofiqlashgan.

2. Qiziltepa, Afrosiyob va Uzunqir kabi katta shaharlar burjlari va jangovar shinaklari bo'lgan mustahkam devorlar bilan o'rab olingan.

3. Poliyen Shiroq jasorati haqida saklar rivoyatiga asoslanib ma'lumot bergan.

4. M.avv. 328-yil kuzida Spitamenning Aleksandr bilan hal qiluvchi jangi bo'ldi.

a) faqat 1 b) 1.2. с) 3.4. d) barchasi to'g'ri


11. Sho’rabashat va Uchqo’rg’on shaharlari joylashgan davlatning qadimiy poytaxtini aniqlang.

a) Parkana; b) Dovon; c) Bityan; d) Erish.


12. Stiks daryosi tilga olingan asardagi voqealar hozirgi qaysi hududda bo’lib o’tgan?

a) Iliada; b) Troya; c) Yunoniston; d) Turkiya.


13. Jonbosqal’a qal’asi bunyod etilgan vaqtda qaysi davlatlar o’rtasida urush harakatlari bo’lib o’tgan edi?

A) Rim va Karfagen B) Yunoniston va Fors

C) Makedoniya va Fors D) Yunoniston va Makedoniya
14. Mesopatamiyada qanday buyumlar ayniqsa qadrlangan?

1. shoyi gazlamalar 2. chorva mahsulotlari 3. zeb-ziynatlar 4. qurol-yarog’ 5. metal buyumlar

6. kulolchilik buyumlari

A) 1,2,3,4,5,6 B) 2,3,4,5,6 C) 1,3,4,5 D) 3,4,5,6


15. Olimp tog'ida yashovchi xudolar taxtdan ag'darmaguncha hukmronlik qilgan yunon xudolarini aniqlang.

A) Zevs va Apollon; B) Zevs va Geya;

C) Uran va Aid; D) Uran va Geya;
16. Kushon podsholigida Kanishka hukmronligi davrida ... 1) Kushon podsholigi o‘z taraqqiyotining cho‘qqisiga erishadi. 2) yangi-yangi shaharlar bunyod etildi.

3) Hindiston, Vizantiya va Rim imperiyasi bilan savdo va elchilik munosabatlari yo‘lga qo‘yildi.

4) poytaxt Baqtriyadan Nishopurga ko‘chiriladi.

5) zarb qilingan tangalar qadri ortadi.

A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,3,5 D) 1,2
17. Qadimgi Sparta davlatida chet elliklar qanday mavqega ega edi?

1. Uar yunonlar bilan bir tilda so'zlashar edilar.

2. Shaxsan ozod kishilar hisoblanardilar.

3. Xalq kengashida ishtirok eta olmas edilar.

4. Ular Spartaga kiritilmagan.

5. Ular armiyada xizmat qila olmagan.

6. Ularni sport musobaqalarida qatnashishga majbur qilishgan.

A) 2.3.5. B) 1.3.6. C) 2.4.6. D) 4.


18. Afinada Xalq majlisining katta qismi kimlardan iborat edi?

1. Dehqonlar. 2. Zodagonlar. 3. Yollanib ishlovchilar.

4. Harbiylar. 5. Savdogarlar. 6. Amaldorlar. 7. Qullar.

8. Hunarmandlar.

A) 1.2.3.6.7.8 B) 1.3.4.5.6.8 C) 2.3.5.6.8 D) 1.5.8.
19. Rim butun Italiyani zabt etishga erishgan asrda ...

A) Buyuk Xitoy devorining qurilishi boshlandi.

B) Xan sulolasi hukmronligi boshlandi.

C) Buyuk ipak yo’li vujudga keldi.

D) Spartak boshchiligida qo’zg’olon ko’tarildi.
20. Qadimgi Oromiy alifbosi asosidagi Xorazmiy va So'g'diy yozuvlari keng tarqalgan hududlarni aniqlang.

1. Amudaryo quyi oqimi. 2. Farg'ona vodiysi.

3. Toshkent vohasi. 4. Sirdaryoning quyi oqimi.

5. Zarafshon vodiysi. 6. Qashqadaryo vodiysi.

a) 1.3.4.6. b) 2.3.5. с) 1.5.6 d) 1.3.5.6.
21. Xorazmdagi qaysi manzilgohning markaziy maydonida muhtasham saroy va ibodatxonalar joylashgan?

A) Jonbosqal’a B) Qal’aliqir

C) Tuproqqal’a D) Oybo’yirqal’a
22. Quyidagi javoblarning qaysi birida rimliklar xudolari to'g'ri ko'rsatilgan:

1) Morfey; 2) Venera; 3) Geya; 4) Femida;

5) Yustitsiya; 6) Ares; 7) Yupiter; 8) Fortuna;

9) Anibus; 10) Vulkan; 11) Demetra; 12) Baxus.

a) 1,2,3,5,6,7,11,12. b) 1,2,4,5,7,10,12.

c) 1,2,5,7,8,10,12. d) 1,2,3,7,9,12.


23. Xalq tribunlari Rim qashshoq aholisi vakillari bo'lib, ular plebeylar manfaatini…

A) Senatda himoya qilgan;

B) Xalq majlisida himoya qilgan;

C) Konsullar oldida himoya qilgan;

D) Rim armiyasi oldida himoya qilgan.
24. Qadimgi Ahamoniylar davlatida soliq quyida keltirilgan mahsulotlardan qaysi biri bilan to’lanmagan?

a) hayvonlar terisi; b) hunarmandchilik buyumlari;

c) kiyim-kechak; d) dehqonchilik mahsulotlari.
25. Buyuk Ipak yo'lining yo‘nalishini to‘g‘ri ketma-ketlikda ko‘rsating.

a) Sariq dengiz sohili, Sharqiy Turkiston, O‘rta Osiyo, Mesopotamiya, Eron, O‘rtayer dengizi sohillari.

b) Sariq dengiz sohili, O‘rta Osiyo, Sharqiy Turkiston, Eron, Mesopotamiya, O‘rtayer dengizi sohillari.

c) Sariq dengiz sohili, O‘rta Osiyo, Eron, Sharqiy Turkiston, Mesopotamiya, O‘rtayer dengizi sohillari.

d) Sariq dengiz sohili, Sharqiy Turkiston, O‘rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya, O‘rtayer dengizi sohillari.
26. Milodiy V asrda Rim imperiyasiga yurish qilgan qabilalar nomini aniqlang.

1. gotlar. 2. axeylar. 3. vandallar. 4. ost-gotlar.

5. xunnlar. 6. oriylar. 7. doriylar.

a) 1.4.7. b) 2.3.5. с) 1.3.5. d) 1.4.6.


27. Misrdagi … podsholik hukmdorlari qo‘shni davlatlar bilan kurashni endi bosqinchi sifatida davom ettirishdi.

A) Qadimgi B) Yangi C) Ilk D) O’rta


28. Rim respublikasining oliy hokimiyati bu ...

a) senat edi; b) 2 nafar konsullar edi;

c) patritsiylar edi; d) xalq majlisi edi.
29. Rimda diniy marosimlar o'tkazilishi ustidan kim nazorat qilgan?

a) konsullar; b) pontifiklar; c) avgurlar d) senatorlar.


30. Mil.avv.4-ming yillikda Mesopotamiyada qaysi xalqlarning manzilgohlari vujudga kelgan?

1) midiya 2) akkad 3) elamiy 4) shumer

A) 1,3 B) 1,2 C) 2,4 D) 3,4
31. Qadimgi Yunonistondagi Labirint saroyi kim uchun barpo etilgan?

A) Zevs B) Minos C) Perikl D) Dedal


32. Frada boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar bilan fors qo‘shinlari o‘rtasida hal qiluvchi jang bo‘lganidan ...

A) 836 yil o’tib xristianlik dini boshqa dinlar bilan teng deb e’lon qilindi.

B) 620 yil o’tib Rim imperiyasida Trayan taxtga o’tiradi.

C) 916 yil o’tib Rim imperiyasi ikkiga bo’lindi.

D) 934 yil o’tib Alarix boshchiligidagi gottlar Rimga hujum qiladilar.
33. Sfinks – gavdasi x niki va boshi y niki bo‘lgan, piramidalarni qo‘riqlovchi ulkan haykal – afsonaviy mavjudot.

A) x- buqa, y- sher B) x- inson, y- sher

C) x- sher, y- inson D) x- fil, y- inson
34. Quyidagi qo`zg`olonlardan qaysi biri butun mamlakatni qamrab oladi?

A) Spartak qo`zg`oloni B) Spitamen qo`zg`oloni

C) ”Sariq ro`molliklar” qo`zg`oloni D) ”Qizil qoshlilar” qo`zg`oloni
35. Misrda qadimgi podsholik davrida bosib olingan qaysi hudud(lar)ning mahalliy qabilalari Misrga soliq to‘lay boshlashdi?

A) Nubiya B) Falastin va Suriya C) Liviya D) Sinay


36. Quyidagi fikrlarning qaysi birida xatolik mavjud?

A) Maurya davlati rivojlanishda yuksak pog’onalarga erishgan asrda Zardusht va’zlari matnlari 21 ta kitobga jamlangan;

B) Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra, inson umrining tub ma’nosi adolatli turmush tarzidan iborat bo’lishi lozim;

C) Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra, Mitra quyosh xudosidir

D) Zardushtiylikning ehtiromga sazovor xudolari Ahuramazda, Mitra va Anaxitadir.
37. Selungur makoni joylashgan hududda qaysi qabila yashagan va bu yerni chor Rossiyasi davrida o’rgangan olimni aniqlang.

A) saka tiay-tara-darayya, P. P. Semyonov

B) saka tigraxauda, A. P. Fedchenko

C) saka xaumovarka, N. A. Seversov

D) massaget, V. Vyatkin
38. So‘nggi paleolit davriga oid g‘orlar devorlarida topib tekshirilgan rasmlar qadimgi odamlarning ... to‘g‘risida hikoya qiladi.

A) harbiy mahorati B) hunarmandchilik sohasi

C) diniy tasavvurlari D) sehrgarligi
39. O’rta tosh davri oxirida ... xo‘jalikning yangi tarmoqlari –... vujudga keldi.

A) Old Osiyoda / dehqonchilik va chorvachilik

B) Kichik Osiyoda / termachilik va ovchilik

C) Teshiktoshda / din va e’tiqod

D) O’rta Osiyoda / ziroatchilik va chorvachilik
40. Xettlar haqidagi ma’lumotlarni muvofiqlashtiring.

1) m.av.II ming yillik oxirida 2) m.av.II ming yillik boshlarida 3) m.av.XIV-XIII asrlarda 4) m.av.XIII-XII asrlarda

a) temirdan foydalana boshlaganlar

b) o’z davlatiga asos solganlar

A) 1-b, 2-a B) 2-b, 3-a C) 2-b, 4-a D) 1-a, 2-b
41. Quyidagi voqealarni sodir bo’lgan vaqtiga ko’ra muvofiqlashtiring.

1) m.av.VI asr 4-choragi 2) m.av.VI asr 2-choragi

3) m.av.VI asr 3-choragi

a) Ahamoniylar sulolasiga asos solindi.

b) Kir II massagetlar bilan bo’lgan jangda halok bo’ldi.

c) Saklar sardori Skunxa Ahamoniylar tomonidan qo’lga olindi va sak qabilalari bo’ysundirildi.

A) 1-a, 2-c, 3-b B) 1-b, 2-a, 3-c

C) 1-c, 2-a, 3-b D) 1-c, 2-b, 3-a


42. Milodiy 395-yili Rim imperiyasi G‘arbiy va Sharqiy qismlarga ajrab ketdi. a) G‘arbiy qismga va b) Sharqiy qismga qaysi hududlar kirganini aniqlang.

1) Frakiya joylashgan hudud

2) Langobardlar o’z davlatini qurgan hudud

3) yunonlarning Milet koloniyasi joylashgan hudud

4) yunonlarning Kirena koloniyasi joylashgan hudud

5) Yevropa

6) XVIII asrda giksoslar tomonidan bosib olingan hudud

A) a-1, 3, 5; b-2, 4, 6 B) a-2, 3, 5; b-1, 4, 6

C) a-2, 4, 5; b-1, 3, 6 D) a-3, 4, 5; b-1, 2, 6
43. Sun’iy sug‘orish vujudga kelgan davrda … vujudga keldi.

1) ko‘p xonali uylar 2) Sharqdagi ilk davlatlar va shaharlar 3) paxsa imoratlar 4) ibodatxonalar

A) 1,2 B) 3,4 D) 1,3 D) 2,4
44. Fir’avn Tutmos II qaysi hududlarni istilo qilishni

boshlaganligini aniqlang.

1) Ekbatana shahari mavjud hududni,

2) qadimgi Mitanni davlati joylashgan hududni,

3) Isroil davlati vujudga kelgan hududni,

4) Xett davlati mavjud hududni,

5) qadimgi Ugarit shahri mavjud hududni,

A) 2,4,5 B) 1,2,4 C) 2,3,4 D) 3,4,5


45. Qaysi davlatlar armiyalarining og‘ir qurollangan piyoda jangchisi goplit deb atalgan?

A) Qadimgi Yunoniston va Fors davlati

B) Qadimgi Yunoniston va Yunon-Makedoniya

C) Qadimgi Rim va Yunoniston

D) Qadimgi Fors podsholigi va Salavkiylar davlati
46. Qaysi xalq Misrni «Nil in’omi» deyishgan?

A) yunonlar B) misrliklar C) rimliklar D) forslar


47. Milodiy 1 ming yillikda 1) ... imperatorning yagona hokimiyati saqlanib qolgan bo’lsa, 2) ... alohida davlatlarga parchalana boshladi.

A) 1-Sin imperiyasida, 2-Xan imperiyasi

B) 1-Ossuriyada, 2-Xett podsholigi

C) 1-Sharqiy Rim imperiyasida, 2-G‘arbiy Rim imperiyasi

D) 1-Yuqori Misrda, 2-Quyi Misr
48. O‘rta podsholik fir’avnlari … Falastin yerlari va Nubiya …ni Misrga qo‘shib olishga erishdilar.

A) Shimoliy / sharqi B) Janubiy / shimoli

C) G’arbiy / sharqi D) Sharqiy / janubi
49. Xett davlati vujudga kelgan asrda zavolga yuz tutgan

shahar-davlatni aniqlang.

A) Magadxa B) Mauriya C) Midiya D) Xarappa
50. Mil. avv. 3-ming yillikda Eronning janubi-g‘arbiy

qismida ... bilan chegarada Elam davlati vujudga keldi.

A) Hindiston B) Mesopotamiya C) Misr D) Nubiya
51. Ossuriya davlati qayerda vujudga kelgani va qachon tarix sahnasidan ketganini aniqlang.

A) Frot va Dajla daryolari yuqori oqimida, m.av.VII asr

oxirgi choragida

B) Dajla daryosi yuqori oqimida, m.av.I ming oxirlarida

C) hozirgi Turkiya sharqiy qismida va Armaniston hududlarida, m.av.VII asr boshlarida

D) Dajla daryosi o’rta oqimida, m.av. VII asr boshlarida


52. Mehnat qurollarining temirdan yasalishi eng avvalo,

…ning rivojiga ta’sir qildi.

A) hunarmandchilik B) chorvachilik

C) dehqonchilik D) ovchilik


53. Qaysi fikr to’g’ri emas?

A) Hindlar jon bir tanadan boshqasiga ko‘chib o‘tishiga

e’tiqod qilishgan.

B) Hindlarning e’tiqodicha, tabaqalardan har birini oliy

xudo Braxman o‘z jismining qaysidir bir qismidan

dunyoga keltirgan ekan.

C) Qadimiy Hindistonda ilm-fan, xususan, astronomiya va matematika sohasi yuksak darajaga erishadi.

D) Qadimiy hind tillari asosida yangi adabiy til bo‘lmish sanskrit tili vujudga kelgan.


54. Zarafshon va Qashqadaryo vohasida dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi ko‘plab aholi istiqomat qilgan. Yunon yozma manbalarida bu hudud ... deb nomlangan.

A) So‘g‘diyona B) Baqtriya C) Davan D) Bityan


55. Yangi tosh davrida jamoalarning dehqonchilikka o‘tib borishiga imkon yaratgan omil(lar)ni aniqlang.

1) odamning o‘zini qurshab turgan tevarak olamni

tushunishga intilishi, 2) mehnat faoliyati,

3) o‘troq turmush tarziga o’tilishi,

4) tevarak olam haqida to’plangan bilimlar,

5) mehnat qurollarining yanada takomillashishi,

A) 2,4 B) 3,5 C) 1 D) 1,2
56. Maykop qo‘rg‘oni yodgorligi topilgan hududda vujudga kelgan davlat poytaxtini aniqlang.

A) Suza B) Xattusa C) Nineviya D) Tushpa


57. Qorako‘l tumanidagi manzilgohdan ... topilgan.

A) zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari

B) yirik xumlarda saqlangan bug‘doy va arpa doni

C) bronza ko’zgular D) ibodatxona qoldiqlari


58. M.av. XVIII asrdan tez-tez ro‘y beruvchi toshqinlar,

o‘rmonlar va changalzorlar kengayishi natijasida zavolga yuz tutib, butunlay vayronaga aylangan shaharlar qayerda joylashgan edi?

A) Xitoy B) Hindiston C) Yunoniston D) Misr
59. Qadimgi Misrda Sinay yarimoroliga boradigan yo’l qayerdan o’tgan?

A) Falastin hududi orqali B) arab cho’llari orqali

C) Fiva shahridan D) Quyi Misrdagi Memfis shahridan
60. Quyidagilarni hududiga ko’ra joylashtiring.

1) Lidiya tarixiy o’lkasi 2) Isroil davlati 3) Urartu

a) Kavkazortida b) Falastin hududida c) Kichik Osiyoda

A) 1-b, 2-c, 3-a B) 1-a, 2-b, 3-c



C) 1-c, 2-b, 3-a D) 1-b, 2-a, 3-c
Download 70 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish