A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan ma



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/150
Sana30.12.2021
Hajmi0,9 Mb.
#87931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   150
Bog'liq
Ekologiya.maruza

             
O`rta  Osiyolik  allomalarning  tabiat  va  ekologiya  haqidagi  fikrlari. O`rta asrlarda 
O`rta Osiyoda yashab ijod ztgan olimlardan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, 
Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqalar tabiat fanlarining rivojlanishiga katta hissa 
qo`shganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, 
o`simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni e`zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar. 
Buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy (782—847) risolalaridan birida bunday deb 
yozadi; «Biling-ki, daryoning ko`zlari yoshlansa uning boshiga ham, kulfat tushgan bo`ladi. 
Odamlar, daryodan mehringizni darig’ tutmanglar». Dunyoning yoshli ko`zlari deganda 
Muhammad al-Xorazmiy nimalarni ko`zda tutdi ekan? ehtimol, u daryo suvining ortiqcha isrof 
bo`lishini nazarda tutgandir? Vaholanki, buyuk bobomiz eng avvalo daryo bilan odamlarning 
bir-birini tushunishlari va til topishishlari, o`zaro mehr-muhabbat qo`yishlarini nazarda tutgan. 
847 yilda Muhammad al-Xorazmiy «Kitob surat al-arz» degan asarini yozdi. Unda dunyo 
okeanlari, quruqlikdagi qit`alar, qutblar, ekvatorlar, gullar, tog’lar, daryo va dengizlar, ko`llar, 
o`rmonlar va ulardagi o`simlik, hayvonot dunyosi, shuningdek boshqa tabiiy resurslar erning 
asosiy boyliklari haqida ma`lumotlar keltirilgai. Ushbu risolada matematika, geologiya, 
astronomiya, etnografiya, tibbiyot, shuningdek dunyo xalqlarining tabiiy ko`nikmalari va tarixiy-
huquqiy bilimlari umumlashtirilgan. 
O`rta Osiyo xalqlari ijtimoiy-falsafiy fikrining eng yirik va mashhur vakillaridan biri Abu 
Nasr Forobiyning (870—950) ilmiy-falsafiy merosi nihoyatda boy. Uning asarlari hozirgacha 
to`liq aniqlanmagan. Nemis olimi M, K. Brokkel’manning ro`yxatida Forobnyning turli 
sohalarga oid 180 ta asarining nomi keltiriladi. Bu asarlar bir necha guruhlarga bo`linadi. 
SHulardan 11-guruhga Forobiyning tabiatshunoslik ilmi, amaliy faoliyat va hunarmandchilik 
masalalariga oid asarlari kiritiladi. 
Forobiy tabiatshunoslikning turli tarmoqlari bilan shug’ullangan bo`lib, «Kitob al-hajm 
va al-miq-dor», «Qitob al-mabodi al-insonia» («Insoniyatning boshlanishi haqida kitob»), 
«Qalam fia`zo al-hayvon» («Hayvon a`zolari to`g’risida kitbb») nomli asarlari buiga dalil bo`la 
oladi. Forobiy o`zining «Ixsoa al-ulum va al-ta`rif» asarida zamonasidagi ilmlarni har 
tomonlama o`rganib, ularni ma`lum tizimga solib, turkumlarga ajratdi, har bir ilm tarmog’iga 
ta`rif berishga harakat qildi, tabiatshunoslik ilmiga katta e`tibor berdi. 
Tabiatshunoslikka oid «Odam a`zolarining tuzilishi» («Risolatfi-a`zo al-inson»), 
«Hayvonlar a`zolari va ularning vazifalari haqida» kabi asarlarida odam va hayvonlar ayrim 
a`zolarining tuzilishi, xususiyatlari va vazifalari haqida, ularning o`xshashligi va farqlari 
keltirilishi bilan birga asosiy anatomik-fiziologik tushunchalar berilgan. Ularning ruhiy 
holatlarqdagi xususiyatlari haqida ham to`xtab o`tilgan. Odam a`zosining tuzilishi va vazifalari 
haqida so`z yuritilganda ularning o`zaro bog’liqligi va yaxlitligi, ularda kelib chiqadigan 
o`zgarishlar, ya`ni kasalliklar birinchi navbatda ovqatlanish tartibining buzilishy oqibatida kelib 
chiqadi deb tushuntiriladi. Kasallikning oldini olish, sog’lomlashtirish va boshqa chora-
tadbirlarni qo`llash lozim ekanligi haqida ma`lumotlar keltiriladi. Forobiy tabiiy va inson qo`li 


bilan yaratiladigan sun`iy narsalarni ajratgan. U tabiiy narsalar tabiat tomonidan yaratilgan, 
degan xulosaga keladi. Inson omilining ta`siri katta ekanligini, tabiiy va sun`iy tanlash hamda 
tabiatga ko`rsatiladigan boshqa ta`sirlarni atroflicha baholagan. 
Abu Rayhon Beruniy (973—1048) koinotdagi hodisalarni taraqqiyot qonunlari bilan
narsa va hodisalarning o`zaro ta`siri bilan tushuntirishga urinadi. Olim erdagi ba`zi hodisalarni 
quyoshning ta`siri bilan izohlaydi. Uningcha, inson tabiat qoidalariga rioya qilgan holda borliqni 
ilmiy ravishda to`g’ri o`rgana oladi. Beruniy ba`zi tabiiy-ilmiy masalalarda tabiat hayotidagi 
dialektikani topishga harakat qiladi va shu zaylda, umumiy shaklda bo`lsa ham, keyingi 
davrlardagi tabiatshunos olimlarga ba`zi muhim ilmiy yutuqlarga erishish uchun yo`l ko`rsatib 
beradi. Masalan, Beruniy aytadiki, erdagi o`simlik va hayvonlarning yashashi uchun zarur 
imkoniyatlar cheklidir. Lekin o`simlik va hayvonlar cheksiz ko`payishga intiladi va shu 
maqsadda kurashadi. Beruniy tabiatshunos sifatida tabiat haqida quyidagicha fikr yuritadi: «Ekin 
va nasl qoldirish bilan dunyo to`lib boraveradi». Garchi dunyo cheklangan bo`lsa-da, kunlar 
o`tishi bilan bu ikki o`sish natijasida ko`payish cheklanmaydi. Agarda o`simliklardan yoki 
jonivorlardan biror xilining o`sishiga sharoit bo`lmay, o`sishdan to`xtasa ham boshqalarida bu 
ahvol bo`lmaydi. Ular birdaniga paydo bo`lib, birdaniga yo`qolib ketmaydi. Balki ularning biri 
yo`qolsa ham, u o`z o`xshashini qoldirib ketadi. 
Agar er yuzini bir xil daraxt yoki bir xil hayvon butunlay qoplab olsa, bu holda 
hayvonning ko`payishiga ham, daraxtning o`sishiga ham o`rin qolmaydi. shu sababdan 
dehqonlar ekinlarni o`toq qilib, keraksizini yulib tashlaydi. Bog’bon ham daraxtlarning meva 
beradigan shoxlarini qoldirib, keraksizini kesib tashlaydi. Asalarilar ham o`z jinsidan bo`la turib, 
ishlamay, asalni bekorga eb yotadiganlarini o`ldirib tashlaydi. Tabiat ham xuddi shunday ish 
qiladi. Lekin tabiat yaxshini yomondan ayirmasdan, hammasiga bir xil ta`sir kilish yo`li bilan 
daraxt barglarini to`kib, mevasini buzib, meva qilishdan qoldirib quritadi. 
Beruniy asarlarida o`simlik va hayvonlarning biologik xususiyatlari, ularning tarqalishi 
va xo`jalikdagi ahamiyati haqida ma`lumotlar topish mumkin. Beruniyning ilmiy qarashlari 
asosan «Saydana», «Mineralogiya», «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» kabi asarlarida 
uchratiladi. Beruniy «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» asarida eronning turli tropik 
o`simlik va hayvonot dunyosini bayon etgan. Ushbu asarda o`simlik va hayvonlarning tashqi 
muhit bilan aloqasi, ularning xulq-atvori yil fasllarining o`zgarishi bilan bog’liq ravishda 
o`zgarishi misollar bilan tushuntirilgan. Jumladan, asarda qish qattiq, sovuq kelsa, qushlarning 
tog’dan tekisliklarga tushishi, chumolilarning uyasiga bekinib olishi va hokazolar ifoda etiladi. 
Beruniy Er qiyofasining o`zgarishi o`simlik va hayvonot dunyosining o`zgarishiga, tirik 
organizmlarning turli hayoti Er tarixi bilan bog’liq bo`lishi kerak deb hisoblaydi. Qumni kovlab, 
uning orasidan chig’anoqni topish mumkin, deydi alloma. Buning sababi shuki, bu qumlar 
qachonlardir okean tubi bo`lgan, deb xulosa qiladi u. 
Beruniy «Saydana» degan asarida 1116 tur dori-darmonlarni tavsiflagan. Ularning 750 
tasi turli o`simliklardan, 101 tasi hayvonlardan, 107 tasi esa minerallardan olinadi. Har bir 
o`simlik, hayvon va minerallarning xossalari, tarqalishi va boshqa xususiyatlari keltirilgan. 
Beruniy yoshlik davrlaridan boshlaboq tabiat shaydosi bo`lgan. Buning isboti uchun «Saydana» 
kitobidagi ma`lumotni keltirish mumkin. Jumladan, Beruniy Rumdan kelgan kishiga 
o`simlikning meva va urug’larini ko`rsatib, uning nomini so`ragan va yozib olganligini hikoya 
qiladi. Beruniyning «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» va «Hindiston» degan 
"asarlarida o`simlik va hayvonlarning tuzilishi hamda ularning tashqi muhit bilan o`zaro aloqasi 
haqida ham qiziqarli ma`lumotlar keltiriladi. Beruniy o`zining tabiiy-ilmiy kuzatishlari, 
tajribalari asosida tabiatdagi hodisalar ma`lum tabiiy qonuniyatlar asosida boshqariladi, degan 
xulosaga keladi. Ularni tashqaridan ta`sir etuvchi har qanday kuch o`zgartish qobiliyatyga ega 
emas. 
Abu Ali ibn Sino (980—1037) jahon madaniyatiga buyuk hissa qo`shgan olimlardan 
biridir. Yirik entsiklopedist olim sifatida u o`z davri ilmining deyarli barcha sohalari bilan 
shug’ullangan. Turli yozma manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi eslatiladi. Bizgacha 
esa uning 240 ta asari etib kelgan. Ibn Sino asarlari orasida «Tib qonunlari» shoh asari tibbiyot 


ilmining qomusi bo`lib, o`rta asr tibbiyot ilmi tarqalishining oliy cho`qqisi hisoblanadi. Ibn 
Sinoning juda ko`p qimmatli fikrlari, jumladan, uning inson sog’lig’ini saqlash haqidagi, parhez, 
gigiena to`g’risidagi xulosa va maslahatlari hanuzgacha o`z ahamiyatini yo`qotmagan. U barcha 
yoshdagi, kishilar uchun jismoniy mashg’ulotlarni tavsiya etgan. Asab kasalligiga mubtalo 
bo`lganlarga jismoniy usul-lar bilan davolanishni maslahat beradi. Ibn Sino tibbiyot tarixida 
fizioterapiya asoschilaridan biri hisoblanadi. Kishi organizmiga tashqi muhit ta`siri muhimligini 
bilgan alloma ayrim kasalliklar suv va havo orqali tarqalishi haqida fikr bayon etgan, ya`ni u 
kasallikning yuqishi masalasini hal etishga yaqinlashgan edi. «Kasalliklarning ba`zilari yuqumli 
bo`ladilar. Bular moxov, qo`tir, chechak, vabo isitmasi, yiringlagan yaralar kabi kasalliklardir. 
Xususan, bular odamlarning turar erlari tor bo`lganda hosil bo`ladi va kasal kishining qo`shnilari 
shamolning tagida bo`lganda yuz beradi». 
Abu Ali ibn Sinoning falsafiy va tabiiy-ilmiy qarashlari uning jahonga mashhur asari 
«Kitob ash-shifo», ya`ni «Davolash kitobi»da bayon etilgan. Bu asarda materiya, fazo, vaqt, 
shakl, harakat, borliq kabi falsafiy tushunchalar, shuningdek matematika, kimyo, botanika, 
zoologiya, geologiya, astronomiya, psixologiya kabi fanlar haqida fikrlar bayon etilgan. Ibn Sino 
o`rta asrlarda ilm barcha sohalarining rivojlanishida turli masalalarni o`z ichiga oluvchi tabiat 
falsafasiga katta e`tibor beradi. Ayniqsa, tabobat va uning bilan bog’liq holda anatomiya, 
psixologiya, farmakologiya, terapiya, jarrohlik, diagnostika, gigiena kabi ilmlar ibn Sino ijodida 
bir qancha yangi kashfiyotlar bilan boyidi va yuqori bosqichga ko`tarildi. Ibn Sinoning 
tog’larning vujudga kelishi, Er yuzining davrlar o`tishi bilan o`zgarib borishi, zilzila-ning 
bo`lishi kabi turli tabiiy jarayonlar haqidagi fikrlari geologiya ilmining rivojlanishiga katta ta`sir 
qildi. 
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483—1530) ning nomi aytilganda ba`zilar uni shoir deb 
biladi. Uning g’azallari juda jozibador, har kimga manzur. Ammo Bobur faqat shoirgina 
bo`lmay, balki podshoh, sarkarda, tarixchi va mashshoq, ovchi va bog’bon, sayyoh va 
tabiatshunos ham bo`lgan. Bobur asarlari bamisoli tagi yo`q bir xazinadir. «Boburnoma» 
Boburning eng yirik asaridir. Asarda Boburning ko`rgan kechirganlari, yurgan joylarining 
tabiati, boyligi, odamlari, urf-odatlari, hayvonoti, o`simliklari va boshqalar tasvirlangan. Har bir 
kasb egasi bu kitobdan o`ziga keragicha ma`lumot topadi. Asar muhim atamalar va toponimik 
manbalarga boy. Unda er, suv, havo, turli tabiiy hodisalarga tegishli xalq so`zlari ko`plab 
topiladi. .«Boburnomani o`qigan va o`rgangan har bir kishi uni tabiat va geografiyani yaxshi 
bilgan o`lkashunos va olim yozgan degan xulosaga keladi. Bobur o`lkani bilgan kishilarni 
hurmat qilgan, ularning qadriga etgan va ular bilan hamisha maslahatlashgan. «Biron safarga 
chiqishdan oldin er, suv bilur kishilarni chorlab, atrof va tomonlar surishtirilar edi». Bobur har 
bir hududni ma`lum bir tartibda tasvirlaydi. Avvalo joyning geografik o`rni, so`ngra qaysi 
iqlimga mansubligi, har xil shifobaxsh joylari, o`simliklari, qazilmalari, xayvonoti va aholisi 
beriladi. Bobur tabiatdagi ba`zi hodisalarni tasvirlaganda ularni mutlaqo mo``jizalarga 
bog’lamaydi. U ko`zi bilan ko`rgan har bir mamlakatning qaysi iqlimga mansubligini yozadi. 
Bobur iqlim va meterologiya hodisalari bilan qiziqqan.  
«Boburnoma»da muallif O`rta Osiyo, Afg’oniston va Hindiston davlatlari qishloq 
xo`jaligining rivojlanishi haqida ma`lumotlar keltirgan. Asarda O`rta Osiyoda qadim vaqtlardan 
buyon qovun, bug’doy, o`rik, olma, behi, anor, shaftoli, olcha, yong’oq, nok va tutlarning bir 
necha navlari borligi ta`kidlanadi. SHuningdek, Bobur O`rta Osiyo va Hindistonda chorvachilik 
va hunarmandchilikning rivojlanishiga katta e`tibor bergan. «Boburnoma»da Afg’oniston 
xalqining asalarichilik bilan qadimdan shug’ullangani va savdo qilishiga to`xtalgan. Bobur 
bo`lgan joylarining tabiati va o`ziga xos xususiyatlarini jonajon vatani Andijon bilan 
taqqoslaydi. U ayniqsa gullar, manzarali hamda mevali daraxtlarni ko`paytirishga va ularning 
tarqalishiga e`tibor bergan. Bobur ovga juda ham qiziqar edi, shuning uchun u O`rta Osiyo, 
Afg’oniston, Xuroson va Hindistondagi hayvonlarni batafsil bayon etgan. Allomaning fikricha, 
o`sha davrlarda Farg’ona vodiysida antiloplar, tog’ qo`ylari va yirik yirtqich qushlar, 
Samarqandda esa jayronlar, Buxoro antilopi, tog’ echkilari, kakliklar va boshqa hayvonlar ko`p 
bo`lgan. U Hindiston hayvonlaridan fil, karkidan, antiloplarning bir necha turlari, maymunlarini 


batafsil yoritgan. Qushlardan esa tustovuqlar, to`tiqushlar, bulbullar, suvda yashovchi laylak, 
g’oz va o`rdaklar, yirik sut emizuvchi hayvonlardan begimot, suv to`ng’izi kabilar keltiriladi. 
Bobur bir necha bor Yer qimirlashi, Oy va Quyosh tutilishi kabi tabiiy hodisalar guvohi 
bo`lgan. Ushbu hodisalarning tabiat qonunlaridan boshqa narsa emasligiga ishonch hosil qilgan. 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish