A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan ma


O`zbekistonda  o`simliklarni  o`rganish  va  ekologiya



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/150
Sana30.12.2021
Hajmi0,9 Mb.
#87931
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   150
Bog'liq
Ekologiya.maruza

O`zbekistonda  o`simliklarni  o`rganish  va  ekologiya.  O`simliklar  dunyosini 
o`rganishga bag’ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlari asosan ekologik, florogenetik va fitotsenologik 
yo`nalishlarda  olib  borilgan.  O`rta  Osiyo  o`simliklar  olamini  o`rganish  M.  S.  Popov,  E.  P.  
Korovin, K. 3. Zokirov, A. M. Muzaffarov, I. I. Granitov, S. S. Sahobiddinov, M. M. Nabiev, A. 
I. Vvedenskiy, A. Butkov kabi olimlarning nomi bilan bog’lantan. Ilmiy yo`nalishlar o`simliklar 
olamini muntazam tahlil qilish, geobotanik jihatdan o`rganish, ulardan oqilona foydalanish 
yo`llarini ishlab chiqish, ya`ni cho`l, adir, tog’, o`tloqlarning unumdorligini oshirish, foydali 
o`simliklarni ko`paytirish, turli joylarda o`sadigan em-xashak va xom ashyo manbai 
hisoblanuvchi o`simliklarning morfogenezi, fiziologiyasi, cho`l o`simliklarining ekologiyasi, 
biologiyasi yanada keng o`rganilib serhosil o`simlik turlarini cho`l sharoitiga moslashtirish kabi 
sohalarda olib borildi. 
Ekologik yo`nalish uslubining mohiyati shu bilan belgilanadiki, botaniklar flora tarkibini 
o`rganish bilan birgalikda o`simlikka organizm sifatida, uning ekologiyasiga va u yoki bu tuproq 
turiga munosabatni tekshirdilar. Ayniqsa, o`simliklar ayrim turlarining ekologiyasini o`rganish 
ishlariga ko`p e`tibor berildi. Bu ishlar E. P. Korovin, M. V. Kul’tiasov vaM. S. Popovlarning 
nomlari bilan bog’liqdir. Ularning ish uslublarida Qozon geobotanika maktabining ishlariga 
e`tibor berildi. Bunda ekologik sharoitning o`zgarishiga evolyutsiya jarayonining yo`naltiruvchi 
omili deb -qaraldi. 
O`zbekistonda ekologik yo`nalishdagi ishlarning asoschilari D. N. Kashkarov va E. P. 
Korovinlar hisoblanadi. Ular ekologik ilmiy tadqiqotlarni rejalashtirish va ekolog mutaxassislar 
tayyorlash masalasini o`rtaga tashlaydilar va uning nihoyatda zarur ekanligini ta`kidlaganlar. 30- 
yillarda D. N. Kashkarov va E. P. Korovinlar tomonidan «Muhit va jamoa», «O`rta Osiyo va 
Qozog’iston cho`llarining turlari va ulardan xo`jalikda foydalanish istiqbollari», «CHo`ldagi 
hayot» kabi ilmiy asarlar chop etildi. Bu asarlarda ekologiya predmeti va uning vazifalari, 
uslublari o`z aksini topgan. Keyingi yillarda ham ekologiya fanining rivojlanishida xo`jalik bilan 
bog’liq bo`lgan muammolarning ilmiy echimi asosiy muammo bo`lib qolaveradi. E. P. Korovin 
va I. I. Granitov kabi olimlar rahbarligida cho`l mintaqasidagi yaylovlarni yaxshilash borasida u 
yerdagi o`ziga xos kserofit-ekologik guruhga mansub o`simliklarni o`rganishga kirishildi. 
ekologik ishlarning dolzarbligi munosabati bilan O`zbekiston FA Botanika institutida V. A. 
Burigin rahbarligida o`simliklar ekologiyasi laboratoriyasi tashkil etildi. Ushbu laboratoriya 
xodimlari cho`l va chala cho`l sharontida o`simliklarning moslanishini o`rgandilar. Natijada 
tog’oldi mintaqalarida fitomeliorativ ishlarning rivojlanish asosi ishlab chiqildi. Keyinchalik bu 
ishlar amalda O. H. Hasanov, R. S. Vernik va boshqalar tomonidan davom ettirildi. 
Fitomeliorativ ishlar bilan birgalikda qurg’oqchilik zonalaridagi muhim em-xashak o`simliklari 
ekologiyasini o`rganishga ham e`tibor berildi. 1950 yilda tashkil etilgan o`simliklar fiziologiyasi 
va bioximiyasi laboratoriyasida Janubi-G’arbiy Qizilqum cho`llaridagi em xashak o`simliklarida 
ekologo fiziologik yo`nalishdagi ishlar olib borildi. 1959 yilda tashkil etilgan Qizilqum cho`l 
stantsiyasi olib borgan muhim ilmiy ishlar o`simliklar qoplamidagi asosiy edifikator turlarni 
o`rganish, shuningdek, asosiy o`simlik jamoalarining tuzilishi va mahsuldorligi kabilarni 
aniqlash (tuproq xususiyatlari bilan birgalikda), Janubi-G’arbiy Qizilqumda serhosil sun`iy 
yaylovlarni barpo etishning ilmiy asoslarini va uslublarini yaratishdek ekologobiologik 
yo`nalishlardan iborat bo`ldi. 


1960 yilda tashkil etilgan Nurota chala cho`l stantsiyasi ham o`zining faoliyatini 
O`zbekistondagi chala cho`l zonalarida yaylovlarni yaxshilashga, qimmatli em-xashak 
o`simliklari orasidan qurg’oqchilikka chidamli turlarni tanlashga hamda ularning ekologo-
biologik xususiyatlarini o`rganishga qaratdi. Hozirgi vaqtda laboratoriyada cho`ldagi em-xashak 
o`simliklarining hayot jarayonlari mahsuldorlikka bog’liq holda o`rganilmoqda. SHuningdek, 
sun`iy ekosistemalar sharoitida suv va issiqlik stressi (qo`zg’alish) ta`sirida xloroplastlarning 
to`planishi va fitoximik faolligi, xlorofill-oqsil birikmasi, nuklein kislotalarning almashinuvi va 
boshqalar o`simlikning o`sishi davomida tadqiq etilmoqda. 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish