zararkunandalardan himoya qilishda fiziologik-biokimyoviy, toksikologik omillarga asoslangan
holda ilmiy ish olib borish. Laboratoriyaning o`simliklarni himoya
qilish muammosi atrof-
muhitni ifloslantirmaslik masalalari bilan uzviy bog’langandir.. Atrof-muhitning kimyoviy
moddalardan zaharlanmasligi uchun quyidagilar tavsiya qilinadi: 1. Qishloq xo`jaligida
zararkunandalarga bardoshli navlarni tanlash; 2. O`simliklarni himoya qilishda tabiiy
kushandalardan keng foydalanish; 3. Har xil tabiiy sharoitda kushanda bilan zarar kunanda va
ular o`rtasidagi bog’lanishni o`rganish; 4. O`simliklarni himoya qilishda kam, zararlaydigan
kimyoviy, mikrobiologik moddalardan va boshqarib turuvchi moddalardan foydalanish.
Ternologiya bo`limi laboratoriyasida X. S. Solihboev, G. I. Ishuninlar Turkiston
tog’larining ov hayvonlarini o`rgandilar. 60-yillardan boshlab X. S. Solihboev rahbarligida ilmiy
ijodxona oldiga issiq iqlimda yashovchi hayvonlarning hayotini o`rganish tavsiya etiladi.
Natijada « O`zbekiston janubidagi umurtqali hayvonlarning ekologiyasi va xo`jalik ahamiyati»
degan asar yaratildi. Bunda sutemizuvchi hayvonlar ekologiyasiga va xo`jalikda ahamiyatga ega
bo`lgan turlariga alohida e`tibor berildi. Qarshi cho`lini o`rganish natijasida D. Kashkarov, A.
Zokirov, A. Petrovalar birgalikda «Qarshi cho`lining umurtqali hayvonlari ekologiyasi»ni
yaratdilar. Bu asarda sut emizuvchi hayvonlarning tarkibi, tarqalishi, ekologiyasi va ulardan
foydalanish yo`llari ishlab chiqilgan.
1963-1966 yillarda Nurota tog’ining hayvonot dunyosini o`rganish vazifasi qo`yildi.
Olimlar oldida Qizilqum hayvonot dunyosining Nurota tog’ining hayvonot dunyosiga ta`sirini
o`rganish muammosi turardi. Natijada H. S. Solihboev, O. P.
Bogdanov, T. A. Palenko, S. T.
Gubaydulina, G. I. Ishunin, D. Yu. Kashkarov, N. Zokirovlar ilmiy ishlari natijasida «Nurota
tog’i umurtqali hayvonlari ekologiyasi» (1970) nomli asar yaratildi. «Farg’ona vodiysining
umurtqali hayvonlari» degan asarda vodiyda yashovchi umurtqali hayvonlar zoologiyasi,
ekologiyasi, ularning tarqalishi, hayot tarzi, ko`payishi, ovqatlanishi, xo`jalikdagi ahamiyati
keltirilgan. 1966
yilda T. Zohidov va O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, biologiya
fanlari nomzodi G. S.Sultonovlar tashabbusi bilan sut emizuvchilarni o`rganish ilmiy ijodxonasi
tashkil qilindi. 1981-1985 yillarda ilmiy ijodxona oldiga O`zbekistonda ovlanadigan kamyob
hayvonlar ekosistemasini o`rganish vazifasi qo`yildi. Bo`limga V. I. Tarennikov rahbarlik qildi.
Ushbu besh yillikda sut emizuvchi noyob hayvonlar sonining
kamayish sabablarini aniqlash,
ularning eski areallarini tiklash, kamyoblarini saqlash va ulardan oqilona foydalanish yo`llarini
ishlab chiqish vazifasi turar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: