metal me`yordan 40-50 barobar ortiq. Bundaylarga qolgan Chirchiq (Salardan keyin), Salar
(Toshkent va YAngiyo`ldan so`ng).
Suv kishi salomatligida va uning xo`jalik faoliyatida katta ahamiyatga ega.
Aks holda iflos
suv turli negativ oqibatlarga olib kelishi mumkin. Kasalliklarni paydo qiladi, tarqatadi; sanoat
korxonalaridagi texnologik jarayonga salbiy ta`sir ko`rsatadi, mahsulot sifatini pasaytiradi,
qimmatbaho asbob-uskunalarni ishdan chiqaradi, gidrotexnik, temir-beton inshootlarini, suv
quvurlarini emiradi va juda katta iqtisodiy va ma`naviy zarar etkazadi.
Suv va suv resurslarining ifloslanishi deyilganda birinchi navbatda insonning
salbiy
faoliyatini ko`z oldimizga keltirishimiz lozim. Suv havzalarining antropogen, ifloslanish
manbalaridan quyidagilarni sanab o`tish mumkin. Bularga sanoat va maishiy xo`jalik
korxonalaridan, davolash-sog’lomlashtirish va boshqa tashkilotlardan chiqadigan iflos oqava
suvlar, yuvuvchi sintetik moddalar, ruda, shaxta, neft’ konlarida yuvilish natijasida oqiziladigan
iflos suvlar, avtomobil’ va temir yo`l transportidan chiqqan suvlar, yog’och
tayyorlash, uni qayta
ishlash va tashishda hosil bo`ladigan chiqindilar, chorvachilik fermalari va majmuilaridan oqib
chiqadigan
iflos suvlar, qishloq xo`jalik ekinlarini sug’orish natijasida vujudga kelgan oqava
tashlandiq va zovur suvlar, zaharli kimyoviy moddalar ishlatilgan dalalardan oqib chiqa.digan
suvlar, shahar va qishloq, ishchilar shaharchalari hududidan oqib chiqadigan suv manbalarini
ko`rsatib o`tish mumkin. Ana shunday ifloslanishlar natijasida barcha tirik organizmlar,
jumladan inson iste`mol qiladigan o`simlik va o`simlik mahsulotlari, hayvon va hayvon
mahsulotlari tarkibiga zaharli moddalar o`tib, yishilar zarar ko`rishi shubhasiz bir holdir.
Bu o`rinda respublikamiz hayotiga doir ba`zi bir raqamlarni ko`rsatib o`tish o`rinlidir.
Masalan, daryo va ariqlardagi suv tarkibida kaliy, kal’tsiy, fosfor
organik moddalar, azot
birikmalarining miqdori yildan yilga ko`payib bormoqda. Salor arig’i, Chirchiq, Zarafshon
daryolari va boshqa bir qancha suv manbalarida salomatlik uchun xavfli moddalar ko`p
miqdorda uchraydi. Suv manbalarini ifloslantirmaslikka da`vat qiladigan targ’ibot ishlar ko`lami
va samarasi juda ham past darajada. Vaholanki, ifloslangan suvlarni tozalash choralarini qo`llash
natijasida bunday ko`ngilsiz hodisalarning oldini olish mumkin, albatta. Bunday tozalash
usullaridan mexanik, kimyoviy va biologik tozalash usullari mavjuddir. Demak, biz shu
usullardan unumli foydalanib ish ko`rishga juda katta e`tibor berishni unutmasligimiz kerak.
Afsuski, hozirgi kunda bunday usullardan to`la foydalanib samarali ishlar qilayotirmiz deb
bo`lmaydi. Kelgusida toza suv tanqisligi sezilib qolgudek bo`lsa, insoniyat bir qancha
qo`shimcha choralar ko`rishga majbur bo`ladi. Bunday choralar qatoriga er osti suvlaridan
foydalanish, muzlik suvlardan foydalanish, dengiz va okean suvlarini chuchuqlashtirib
foydalanish va nihoyat yomg’ir suvlaridan foydalanish kabi vazifalar kiradi.
Respublikamizdagi eng katta suv omborlaridan bo`lgan Qayroqqum, Chorvoq, Andijon,
Kattaqo`rg’on, Janubiy Surxon va boshqalarda chuchuk suvlarning bir
qismini saqlash muhim
ahamiyatga ega. Hozir bunday suv omborlarida 20 km
3
ga yaqin chuchuk suv to`plangan. Lekin
kelajakda suv havzalaridan tejamkorlik bilan foydalanilmasa, Sirdaryo va Amudaryo suvlarining
ko`p qismi
uvol qilib yuborilsa, Orol dengizining sathi yanada pasayib borishi mumkin. Natijada
ekologik vaziyat buzilib, Orolbo`yidagi aholi boshiga yanada ko`proq falokatlar yog’ilishi
mumkin. Shu sababli ham hozirgi kunda Orol muammosini ijobiy hal etish uchun respublika
prezidenti va hukumati juda jiddiy tadbirlar ko`rmoqda. Bu sohada respublikamizning jahon
jamoatchiligi, olimlari va hukumatlari bilan hamkorlikda ish olib borishga harakat
qilayotganligini yuqori baholash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: