tozalaganda biokimyovii va mikrobiologik jarayon katta rol’ o`ynaydi.
Suvni biologik tozalash
usuli tabiiy va sun`iy sharoitda ro`y berishi mumkin. Tabiatda suvni mexanik usul bilan
tozalashda daryo terrasalari va tekis (alohida ajratilgan) maydonlardan foydalaniladi. CHunki,
iflos suvlar tuproq orqali o`tganda (filtratsiya) zararli moddalar tuproq qatlamida qoladi (suv
filtratsiyasi uchun 80 sm qalinlikdagi tuproq qoplami etarli). Suv tuproqdan bir necha marta
o`tgandan so`ng zararsizlanadi. Ba`zi vaqtlarda suvni tozalashda kichik omborlardan ham
foydalaniladi. Bu holda bir necha suv havzalari bir-biri bilan tutashgan va nishab bo`lishi kerak.
CHunki, tingan iflos suv bir havzadan ikkinchi bir havzaga o`tganda tozalanib boradi.
Iflos suvni
biologik usulda sun`iy sharoitda tozalash uchun maydonchalarga maxsus qurilmalar quriladi.
Yirik va o`rta kattalikdagi materiallar ustiga turli qalinlikda aerob mikroorganizmli biologik
plyonka qoplanadi va iflos suv shu materiallardan o`tkaziladi. Natijada, biofil’tr suvdagi turli
zararli moddalarni olib qoladi va suvni toza holda chiqaradi. Suvni iflos chiqindilardan holi etish
va yana inson xizmatiga bo`ysundirish uchun yana o`nlab usullar ishlab chiqildi (suvdagi
chiqindilarni yoqish, maxsus maydonlarda suvni bug’latish, sho`r suvlarni muzlatish va
boshqalar). Har bir tozalash usulini amalda qo`llash uchun joyning tabiiy
sharoitini ilmiy asosda
juda yaxshi o`rganish kerak, shundagina qo`llanilgan usul xo`jaligimiz uchun katta foyda
keltiradi.
Er kurrasidagi okean va dengizlarning sho`r suvlaridan foydalanish muammosi ham
dolzarbdir. Er yuzasida milliondan ortik aholi suv tanqisligidan qiynaladi. quruqlikning 60%
qismida suv yo`q yoki etishmaydi. qadimdan inson sho`r suvni chuchuklashtirib, uni o`z ehtiyoji
uchun foydalanib kelgan. CHuchuk suv olish jarayoni oddiy: sho`r suv issiqlikda bug’latiladi,
bug’lar sovitilib chuchuk suv olinadi. Hozirgi vaqtda ba`zi davlatlarda sho`r
suvdan chuchuk suv
olish uchun turli majmualar qurilgan. Ulardan har biri sutkasiga 100 tonnadan ortiq chuchuk suv
beradi. Bunday qurilmalar O`rta SHarqda, AQSH, Qozog’iston kabi mamlakatlarda qurilmalar
minglab tonnagacha chuchuk suv etkazib beradi (Qozog’istondagi Mingqishloq yarim orolidagi
qurilma sutkasiga 12000 tonna chuchuk suv chiqaradi). Suv aholi iste`moliga yuborilmasdan
oldin suvdan foydalanish standartining qat`iy ilmiy talablariga javob
beradigan holga keltiriladi
(suv o`tlarining hidini yo`qotish uchun suv turli ko`mirlardan; suvda kal’tsiy karbonat hosil etish
uchun marmar parchalaridan o`tkaziladi hamda suvga turli tabiiy minerallar qo`shiladi).
Shunday qilib, hozirgi vaqtda suvdan, umuman tabiiy komponentlardan foydalanishdagi
barcha qiyinchiliklarga ob`yektiv baho berish va jamiyatimizning hozirgi
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish tendentsiyalarini hisobga olgan holda tabiat boyliklaridai to`g’ri foydalanishning
asosiy yo`lini belgilab olish muhim vazifalardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: