sahlashdan iborat. Qo`riqxona hududlaridan xo`jalikda
foydalanish, hatto, pichan tayyorlash ov
qilish, baliq tutish, zamburug’ terish umuman taqiqlanadi. Qo`riqxonalar atrofi kam foydalanib,
muhsfaza qilinadigan zona bo`lishi kerak. Qo`riqxonalarning asosiy vazifa va maqsadlari
nimalardan iborat? Qo`riqxonalarning hududlaridagi majmular tabiiy holda saqlanadi. Ular inson
tomonidan o`zlashtirilgan va o`zlashtirilayotgan qo`shni hududlar uchun namuna bo`lib xizmat
qiladi. Qo`riqxonalarning vazifasi tabiatni bir butun holda o`rganishdir. Ular landshaft tarkibiy
qismlari o`rtasidagi uzviy bog’lanishlarni bilib olib, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
yo`llarini ishlab chiqish uchun zarur. Inson tomonidan o`zlashtirilgan landshaftlarga moslasha
olmagan hayvonlarni faqat qo`riqxonalarda saqlash mumkin bo`lmoqda. Bular zubr, qulon,
moral, begemot, yo`lbars, arslon, qoplon, ilvirs, suv kalamushi, turach, qizil g’oz, gagra va
boshqalardir. Shuningdek, bir qancha o`simlik turlari faqat qo`riqxonalarda saqlanmoqda.
Qo`riqxonalar ovlanadigan hayvonlarni saqlash va ularni ko`paytirishda ham katta rol’ o`ynaydi.
SHunday qilib, qo`riqxona hududlari turli xil hayvon va o`simlik turlarini, ovlanadigan
hayvonlarning miqdori va genetik fondini saqlash uchun xizmat qiladi. Mamlakatimizda hamma
qo`riqxonalar ilmiy muassasalar hisoblanadi. Qo`riqxonalarda minglab xodimlar tabiiy
majmularni va ularning ayrim tarkibiy qismlarini tekshiradilar.
Barqaror taraqqiyoti uchun tabiatni muhofaza qilish va biologik xilma-xillik
resurslarini saqlab qolish katga ahamiyatga ega bo`lganligi tufayli O`zbekiston
Respublikasi
1995 yilda Xalqaro biologik xilma-xillik to`g’risidagi Konventsiyaga (CBD, Rio-de-Janeyro)
qo`shildi. 1998 yilda hukumat tomonidan O`zbekiston Respublikasida
Biologik xilma-xillikni
saqlab qolish bo`yicha Milliy strategiya va Harakatlar rejasining tasdiqlanishi bioxilma-xillikni
saklab qolish yo`lidagi birinchi qadam bo`ldi. Bu strategiyaning asosiy vazifalaridan biri
mamlakat umumiy maydonining 10%gacha qismini qamrab oluvchi muhofaza etiladigan
tabiiy xududlar barkaror tizimini tashkil qilish hisoblanadi. O`zbekistan Respublikasida
bioxilma-xillikni muhofaza qilish aynan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda to`laqonli
amalga oshirilmokda. Muhofaza etiladigan tabiiy xududlarni tashkil qilish, muhofaza etish
va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi hukumat, joylardagi davlat hokimiyati organlari,
shuningdek maxsus vakolatga ega bo`lgan davlat organlari - O`zbekiston Respublikasi
Tabiatni muhofaza qilish davlat ko`mitasi, Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, Davlat geologiya
qo`mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Xalqaro darajada muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
tizimining taraqqiyoti Umumjahon tabiatni muhofaza etish uyushmasi, xususan, Umumjahon
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar komissiyasi (WCPA) tomonidan muvofiklashtiriladi.
Biroq muhofaza etiladigan tabiiy xududlar butligi va samarali menejmentini davlat
miqyosida ta`minlash muhofaza etiladigan tabiiy xududlarni boshqarishning birinchi
darajali vazifasi hisoblanadi. Muhofaza etiladigan hudud - bu biologik xilma-xillikni hamda
tabiiy resurslar va ular bilan bog’liq madaniyat elementlarini saqpab qolish uchun
mo`ljallangan, bunday maqsadga xos bo`lgan qonuniy va ma`muriy boshqaruv tartibiga
bo`ysungan kuruklik va
;
yoki dengiz qismi (IUCN1994). O`zbekistan Respublikasi tomonidan
Bonn Kon-ventsiyasi (CMS, Bonn, 1998), Ramsar Konventsiyasi (Ramsar, Convention on
Wetland), Yo`kolib ketish xavfi ostida bo`lgan yovvoyi fauna va flora
turlari bilan xalqaro
savdo qilish to`g’risidagi Konventsiya (CITES, Vashington, 1997), yaqin va uzoq xorij
davlatlar bilan tabiatni muhofaza qilish masalalari bo`yicha xalqaro bitimlar imzolangan. 1972
yilda YUNESKO tomonidan «Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza kilish
to`g’risida»gi Konventsiya qabul qilindi, unda birinchi marta jahon xalqlarining «Umumjahon
merosi»ni tashkil qiladigan universal kadriyatga ega bo`lgan ba`zi tabiiy za madaniy
boyliklarni himoya qilish va saklash mas`uliyati belgilab berildi. 1975 yilda ushbu
konventsiyani 21 davlat ratifikatsiya qildi, hozirgi paytda konventsiya tomonlariga aylangan
davlatlar umumiy soni 180 ga etdi. O`zbekiston Respublikasi bu konventsiyaga 13.01.93 yilda
ko`shildi. «Umumjahon merosi» ro`yxatiga takdim etilgan ob`yekt madaniyat yoki tabiat boyligi
merosi, madaniy landshaft bo`lishi mumkin. Tabiat boyliklari - bu yuksak estetik yoki ilmiy
kadriyatga ega bo`lgan tabiiy (jismoniy yoki biologik) tuzilmadir. O`zbekiston bo`yicha
«Umumjahon merosi» ro`yxatiga 4 ta (madaniy, tarixiy) ob`yekt kiritilgan: bular Xivadagi
Ichan kal`a (1990), Buxoro (1993) va SHaxrisabzning tarixiy markazlari (2000), Samarkand -
madaniyatlar chorrahasi (2001). Hozirgi paytda Davlat biologik nazorati (Dav-bionazorat)
tomonidan O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va YUNESKO ishlari bo`yicha
milliy komissiya ishtirokida O`zbekiston Respub-likasining tabiat boyliklari merosi dastlabki
ro`yxati tayyorlandi hamda «Umumjahon merosi» ko`mitasiga takdim etildi. «Umumjahon
merosi» ro`yxatiga 6 ta (tabiiy) ob`yekt: Tog’li Hisor, Chotqol biosfera ko`riqxonasi, Zomin
tog’lari (Zomin ko`rikxonasi va Zomin milliy bog’i), SHohimardon. Boysun tumani (qo`shma
sayt) va Sarmishsoy (ko`shma sayt) kiritildi. Ob`yektning mazkur ro`yxatga rasman kiritilishi
uning xalkaro nufuzini oshirib, keyinchalik uni saqlab qolish bo`yicha dolzarb masalalarni
hal kilish uchun mablag’ olish imkonini beradi. Ob`yekt rasmiy sertifikat oladi va o`z nomi,
chegara va axborot nashrlari va hokazolarda mazkur rasmiy nishonni joylashtirish imkoniyatiga
ega bo`ladi. Asosan suvda suzuvchi kushlar yashash joylari sifatida xalqaro ahamiyatga ega
bo`lgan suv-botqoq joylari to`g’risidagi Konventsiya (Ramsar konventsiyasi) 1971 yilda Ramsar
(Eron) shahrida imzolandi Uning asosiy maqsadi suv-botqoq joylari (ko`llar, dare vodiylari,
botqoqlashgan xududlar, dengiz qo`ltiqlari) va suvda suzuvchi qushlarni
aniklash va saqlab
qolishdan iborat. O`zbekistan Respublikasi 2001 yilda Ramsar konventsiyasiga qo`shildi.
O`zbekiston hududida suvda suzuvchi va suv atrofida yashaydigan qushlar to`planadigan
joylar sifatida juda muhim, suv organizmlari katta zahirasiga ega, muhofaza qilinishi va to`gri
barqaror foydalanilishini talab kiladigan taxminan 10 ta suv havzasi (asosiylari - Dengizko`l,
Sudoch’e, Arnasoy, To`dako`l, Achi’ ko`loblari, Qoraqir) mavjud. Ro`yxatga xalkaro
ahamiyatga ega bo`lgan suv-botqok joylari, masalan, Dengizko`l kiritilgan. Hozirgi paytda
ro`yxatga kiritilgan qisman o`zini-o`zi moliyaviy mablag’ bilan ta`minlash ko`zda tutilgan, bu
ekologik turizm, rekreatsiya tashkil etish, tabiat resurslaridan foydalanishga ruxsatnoma
berishdan tushgan foyda hisobiga amalga oshiriladi. «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
to`g’risida»gi Qonunga muvofiq, birinchi bor xususiy buyurtmaxonalar va parvarishxonalar
yaratish mumkinligi qonuniy ta`minlandi. Bu muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni
xususiylashtirishni anglatmaydi. Er maydonlari va boshqa tabiat ob`yektlari yuridik va jismoniy
shaxslarga faqat foydalanishga beriladi. Bu nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar mablag’larini
jalb etishga imkon beradi, shu jumladan tabiat ob`yektlari va
muhofaza etiladigan tabiiy
hududlarni sakdash, qayta tiklash va qayta ishlab chiqarishni ta`minlash uchun turli milliy va chet
ellik tabiatni muhofaza kilish tashkilotlarini jalb etishga yordam beradi. O`zbekiston
Respublikasida hozir ikkita xususiy pitomnik tashkil etildi: Buxoro viloyatida (Peshku tumani)
yo`rg’a-tuvaloqni ko`paytirish bo`yicha «Emirates Birds Breeding» MCHJ pitomnigi (2007 y.);
Navoiy viloyatida (Karmana) yo`rg’a tuvalokni ko`paytirish bo`yicha «Emirates Centre for
Conservation of Houbara» MCHJ pitomnigi (2008 y.). «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
to`g’risida»gi Qonun qabul kilingandan keyin ko`p sonli ob`yektlarga - o`rmon xo`jalik
korxonalari va ovchilik xo`jaliklariga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomi berilmokda.
Bu bioxilma-xillikni muhofaza qilishning xududiy jihatdan kamrab olingan maydonlarni ancha
ko`paytirish imkonini beradi.
O`zbekiston Respublikasida hozirda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimiga
umumiy maydoni 2164 km2 bo`lgan 9 ta davlat qo`riqxonasi, maydoni 6061 km2 bo`lgan 2 ta
milliy bog’, maydoni 12186,5 km2 bo`lgan 9 ta davlat buyurtmaxonasi va 1 ta noyob hayvon
turlarini kupaytirish bo`yicha Respublika markazi (Jayron ekomarkazi) kiradi. Muhofaza
qilinadigan tabiiy hududlar umumiy maydoni 20520 km
2
ni yoki respublika
umumiy hududining
5,2 foizini tashkil qiladi. Quyida ularga alohida to`xtalib o`tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: