A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan ma


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI «QIZIL KITOB»I TO`G’RISIDA



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/150
Sana30.12.2021
Hajmi0,9 Mb.
#87931
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   150
Bog'liq
Ekologiya.maruza

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI «QIZIL KITOB»I TO`G’RISIDA.   1979  yilda 
O`zbekiston Fanlar akademiyasining Ilmiy Kengashi O`zbekiston «Qizil kitobi»ni ta`sis etdi. 
1983 yili nashr qilingan «Qizil kitob»ning birinchi jildiga 22 turdagi sutemizuvchilar, 33 tur 
qushlar, 5 tur sudralib yuruvchilar, 5 tur baliqlar kiritilgan edi. «Qizil kitob»da hayvonlar soni va 
uning o`zgarish sabablariga, ayrim turlarning ahvoli va ularning ko`payishiga, muhofaza qilish 
bo`yicha belgilangan hamda mo`ljallangan tadbirlarga alohida e`tibor berilgan. Shuningdek, 
biotexnik tadbirlar, qo`riqlanadigan zonalar va qo`riqxonalar barpo etish, brakon’erlarga qarshi 
kurash, kishilarning ekologik bilimini oshirish taklif etilgan. Respublikamiz «Qizil kitobi»ni har 


5 yilda yangilab turish ko`zda tutilgan. «Qizil kitob»ning hayvonot dunyosini o`rganish 
O`zbekiston Fanlar akademiyasining Zoologiya va Parazitologiya instituti zimmasiga 
yuklatilgan. Hozirgi kunda «Qizil kitob»ga kiritilgan ayrim turdagi sutemizuvchilar, qushlar, 
sudralib yuruvchilar va baliqlar alohida nazorat ostidadir. O`zbekiston hayvonot dunyosini 
chuqurroq o`rganish natijasida «Qi-zil kitob»ning keyingi nashriga olimlar qoshiqburun va 
qorabosh qulog’ichni kiritishni tavsiya etishmoqda. O`zbekiston «Qizil kitobi»da faqat umurtqali 
hayvonlar haqida ma`lumotlar keltirilgan. Qayta chop etiladigan «Qizil kitob»da umurtqasiz 
jonivorlar vakillarini ham kiritish maqsadga muvofiqdir. 
O`zbekiston «Qizil kitobi»ning ikkinchi jildya 1984 yilda nashr etildi. Unga davlat 
muhofazasiga olingan yovvoyi holdagi 163 tur o`simlik kiritilgan. Ushbu «Qizil kitob»dagi 
o`simlik turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan tasnifiga 
binoan 4 toifaga ajratildi. Ular quyidagilardan iborat: 
1. Yo`qolib ketgan yoki yo`qolish arafasidagn turlar. 
2. Yo`qolib borayotgan turlar.  
 3. Noyob turlar (ma`lum kichik maydonlarda o`zigaxos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez 
yo`qolib ketishi mumkin bo`lgan va jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar).  
 4. Kamayib borayotgan turlar. 
«Qizil kitob»ning yangi nashrida muhofazaga olingan o`simlik turlari soni 400 ga boradi. 
Unda o`simlik har bir turining nomi, qaysi oilaga mansubligi va qisqacha ta`rifi, tarqalishi haqida 
ma`lumotlar keltirilgan, sxematik xaritada ularning o`sish joyi ifodalangan. SHuningdek, ilmiy 
ma`lumotlar asosida ta-biatdagi miqdori va ushbu tur arealining o`zgarish sabablari, tabiiy 
sharoitda ko`payish yo`llari, muhofaza qilish chora-tadbirlari haqida ma`lumotlar bayon etilgan. 
SHunday qilib, «Qizil kitob»ning mohiyati shundaki, u nabotot va hayvonot olamining noyob, 
yo`qolib ketish xavfi ostida turgan turlar haqida ma`lumot beruvchi hujjatdir. Uning vazifasi 
jamoatchilik va . davlat ijroiya muassasalarini tabiat muhofazasi muammosiga jalb etishda va 
turlar genofondini saqlab qolishga ko`maklashishdan iborat. «Qizil kitob» lar Vatanimizda 
o`simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish borasidagi eng muhim xayrli ishlardan biri 
bo`lib hisoblanadi. 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish